Tasavvur qiling, sizda jamg‘arma bor. Masalan, 1 mln so‘m. Uni ko‘paytirish uchun bankka qo‘yasiz. Bir oy o‘tib bank sizni xursand qilib foiz beradi. Endi bank bu foizni cho‘ntagingizga emas, omonatga qo‘yishini tasavvur qiling. Keyingi oy bank foizni endi 1 mln dan emas, avvalgi foizlar ham qo‘shilgan yangi summadan hisoblaydi. Ya’ni pulingiz o‘z-o‘zidan ko‘paya boshlaydi.
Foizlar kapitalizatsiyasi aynan shunday ishlaydi.
Kapitalizatsiya nima
Odatda omonat ochganingizda bank sizga, masalan, yiliga 10% stavkani va’da qiladi. Odatiy ssenariy bo‘yicha foizlar muddat oxirida hisoblanadi — bank sizga pulingizni unga 10% qo‘shib qaytaradi.
Kapitalizatsiyada esa mexanizm biroz qiyinrog‘-u, lekin foydaliroq: bank foizni nafaqat qo‘ygan summangizga, balki avval hisoblangan foizlarga ham qo‘shib hisoblaydi. Ya’ni pul «foizga foiz» formulasi bo‘yicha o‘sadi.
Nima uchun bu foydaliroq
Asosiy afzalligi — oddiy omonatga nisbatan ko‘proq daromad olish imkoniyati. Shartnoma shartlariga ko‘ra kapitalizatsiya har oy yoki har chorakda amalga oshishi mumkin. Qanchalik ko‘p amalga oshsa, shunchalik ko‘p foyda olasiz.

💰 Kapitalizatsiya rejimini yoqing
Yillik 25% gacha daromadli onlayn omonat oching
Bu moliyaviy intizomni juda yaxshi chiniqtiradi: foizlarni keraksiz xaridlarga birdan yechib olishga qo‘lingiz bormaydi. Chunki ko‘proq foyda olish uchun foizlarga tegmasdan, ularni omonat ichida qoldirish kerak bo‘ladi. Bunday omonatlar o‘rta va uzoq muddatli jamg‘armalar uchun ayni muddao. Muddat qanchalik uzun bo‘lsa, foyda shunchalik sezilarli bo‘ladi.
Asosiy afzalligi — oddiy omonatga nisbatan ko‘proq daromad keltirishi. Foiz hisoblanadigan summa hatto hech qanday qo‘shimcha to‘lovlarsiz ham doimiy ravishda o‘sib boradi. Oylik kapitalizatsiya choraklikka qaraganda foydaliroq, chunki foizlar ko‘proq qo‘shiladi. Agar tez-tez pul yechib tursangiz, foyda kamayib ketadi — bu bo‘lar-bo‘lmas xaridlar uchun omonatdagi pulga teginavermaslikka turtki bo‘ladi. Shunday qilib moliyaviy intizomingiz chiniqadi.

E’tibor berishingiz kerak bo‘lgan jihatlar
Har bir bankning o‘z shartlari bo‘lishi mumkin. Masalan, qaysidir bank omonatdagi pulning bir qismini yechsangiz, kapitalizatsiya ishlamaydi degan shart qo‘yishi mumkin. Shuning uchun shartnomani diqqat bilan o‘qing!
Yuqori inflyatsiya olingan foydani yeb qo‘yishi mumkin, lekin bundan oddiy omonatlar ham himoyalanmagan.
Agar omonatni muddatidan oldin yopsangiz, jarima qo‘llanishi yoki stavka pasaytirilishi mumkin — natijada kapitalizatsiyaning samarasi bo‘lmaydi. Agar pul sizga muddat tugashidan oldin kerak bo‘lib qolishiga ishonchingiz komil bo‘lmasa, o‘zingizga qulay shartlarga ega omonatni tanlaganingiz yaxshi.
Kapitalizatsiya qanday hisoblanadi
Tasavvur qiling, 6 oylik, yiliga 22,5% li har oylik kapitalizatsiyali AVO omonatini ochib, 5 mln qo‘ymoqchisiz.

Unda daromadingiz har oy taxminan quyidagicha o‘sib boradi:
Oy | Oy boshidagi summa | Oylik daromad | Oy yakunida kapitalizatsiyalangan summa |
|---|---|---|---|
1 | 5 000 000 | 93 833 | 5 093 833 |
2 | 5 093 833 | 95 594 | 5 189 427 |
3 | 5 189 427 | 97 388 | 5 286 815 |
4 | 5 286 815 | 99 216 | 5 386 031 |
5 | 5 386 031 | 101 078 | 5 487 109 |
6 | 5 487 109 | 102 975 | 5 590 084 |
Agar 5 mln so‘m qo‘ysangiz, 6 oyda 590 000 so‘m sof foyda olasiz. Kapitalizatsiyasiz esa 563 000 so‘m bo‘lardi. Buni omonat kalkulyatorida oson hisoblab ko‘rish mumkin.
Kapitalizatsiyani hisobga olganda, daromadlilik yiliga 25% gacha yetishi mumkin. AVO omonatini ilovada ochish uchun bir daqiqa kifoya. Istagan payt omonatni to‘ldirish ham, qisman pul yechib olish ham mumkin.
*Maqolada keltirilgan ma’lumotlar saytga joylashtirilgan vaqt uchungina amal qiladi: fikrlar muallifning shaxsiy qarashlarini aks ettiradi va AVO bank'ning rasmiy nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin. Bank havola qilingan tashqi manbalar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi, ko‘rsatilgan narxlar esa taxminiy xarakterga ega. Qaror qabul qilishdan oldin eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.

AVO ilovasini yuklab oling
Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari 24/7 sizning smartfoningizda
