• AVO

  • AVO gap

  • Mikroqarzni to‘lamasangiz nima bo‘ladi: ko‘rinmas va ko‘rinadigan oqibatlari

Mikroqarzni to‘lamasangiz nima bo‘ladi: ko‘rinmas va ko‘rinadigan oqibatlari

Tasavvur qiling, kechiktirib bo‘lmaydigan masalani hal qilish — masalan, davolanish yoki ta’mirlov xarajatlarini yopish yoki shunchaki maoshgacha yetib olish uchun mikroqarz oldingiz. Pulni olayotgan paytda hamma narsa juda oson tuyuladi: kartangizga pul bir necha daqiqada tushadi, qo‘shimcha to‘lov unchalik katta emasdek ko‘rinadi, pulni esa «atigi» ikki haftada qaytish kerak. Lekin hayotda ba’zan kutilmagan vaziyatlar ham bo‘lib turadi va belgilangan kun yetib kelganda pul topilmaydi.

Shu yerda asosiy savol tug‘iladi: mikroqarzni to‘lamasangiz nima bo‘ladi? Garchi biroz kutsa bo‘ladigandek tuyulsa-da, oqibatlar ko‘pincha kutilganidan ham jiddiyroq bo‘lib chiqadi. Keling, barchasini bosqichma-bosqich ko‘rib chiqamiz.

To‘lovni kechiktirganingiz uchun jarima va foizlar

To‘lov muddatini o‘tkazib yuborsangiz, qo‘shimcha xarajatlar hisoblagichi darhol ishga tushadi. Ko‘pchilik mikrokredit tashkilotlari (MKT) shartnomalarida qarz summasining kuniga 0,1 foizidan 2 foizigacha bo‘lgan miqdorda penya ko‘zda tutilgan. Bu shunchaki bir martalik to‘lov emas: foizlar har kuni hisoblanadi, buning ustiga, ular shu paytgacha yig‘ilgan qarzga ham qo‘shilishi mumkin.

Natijada, vaziyat quyidagicha bo‘lishi mumkin: aytaylik, 2 mln so‘m olgan bo‘lsangiz, bir-ikki oydan keyin qarzingiz ikki-uch baravarga oshib ketishi mumkin. Barchasi birinchi oyda «biroz kutib turaman» deb o‘ylaganingiz tufayli sodir bo‘ladi. Shuning uchun quyidagi oddiy qoidani eslab qoling: agar vaqtida to‘lay olmasligingizni bilsangiz, zudlik bilan kreditor bilan bog‘lanib, yechim izlashga kirishing.

Buzilgan kredit tarixi

MKTlar kredit tarixi byurolari (KTB) bilan hamkorlik qiladi va har qanday to‘lov kechikishi darhol kredit tarixingizda ko‘rinadi. Bu esa kelajakda banklarning sizga bo‘lgan munosabati o‘zgarishini bildiradi: kredit tasdiqlari kamayadi, shartlar qattiqroq, foiz stavkalari esa yuqoriroq bo‘ladi.

Yomon kredit tarixi afsona emas. Bu — ipoteka olish, muddatli to‘lovga texnika xarid qilish,hatto ba’zi kompaniyalarga ishga joylashishga xalaqit qiladigan haqiqiy to‘siq. To‘lovni qanchalik ko‘p kechiktirsangiz, uning izi shunchalik chuqur va tuzatish shunchalik qiyin bo‘ladi.

💵 100 000 000

Hoziroq maksimal limit olish imkoniyatingiz bor

Karta ochish

Sud aralashuvi xavfi

Agar qarz o‘sib borsa-yu, siz unga e’tibor bermasangiz, MKT sizni sudga berish huquqiga ega. Bu endi shunchaki qo‘ng‘iroqlar va xatlar bilan cheklanmaydi. Sud sizni qarzni foiz va jarimalari bilan qaytarishga majbur qilishi, bank hisoblaringizdagi pulni undirib olishi, mol-mulkingizni xatlashi yoki hatto chet elga chiqishingizni cheklashi mumkin.

Ha, bu oxirgi chora, lekin ko‘pincha qo‘llaniladi — agar qarzingiz katta bo‘lsa yoki siz bilan bog‘lana olishmasa, MKT ishni sudga oshiradi.

Muammolarning oldini olish yo‘llari

To‘lashga pulingiz yo‘q bo‘lsa, eng muhimi — yashirinmang. MKTga qo‘ng‘iroq qiling yoki xabar yozing, vaziyatni tushuntiring va to‘lovni kechiktirish, qarzni qayta tuzish, oylik to‘lovni kamaytirish kabi yechim variantlarini taklif qiling. Ba’zida yuklamangizni kamaytirib, qarzni asta-sekin uzishga ruxsat berishadi.

Agar kreditor kelishuvga rozi bo‘lmasa va vaziyat jiddiy tus olsa, huquqshunosga murojaat qiling. Mutaxassis huquqlaringizni baholashga yordam beradi va bosimni hamda ortiqcha to‘lovlarni qonuniy yo‘l bilan kamaytirish usullarini taklif qiladi.

Xulosa

Mikroqarz — bu tez pul olish usuli, lekin sehrli tayoqcha emas. Agar qarzni qaytarishdan bosh tortsangiz yoki kechiktirsangiz, bu nafaqat jarima va foizlarga olib keladi, balki kredit tarixingizni buzadi, sud jarayonlari boshlanishi va hatto harakatlanish erkinligingiz cheklanishi mumkin.

Shuning uchun, shartnomani imzolashdan oldin o‘z imkoniyatlaringiz va shartlarni sovuqqonlik bilan baholab chiqing. Agar qiyinchiliklar yuzaga kelsa, ularni darhol hal qilishga kirishing, shunda nafaqat pulingizni, balki asablaringizni ham asragan bo‘lasiz.

QarzOdamlar uchun
08.08.2025
4 daqiqa
Аvoshka
Sariq moliyaviy yordamchingiz
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fikr-mulohazalar
AVO gapBankomatlar

UZ

+998 (78) 888-78-87
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
Qarzdorlikni so'ndirish
Bank haqida
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Bosh sahifa • 07.09

    Vaqt va pul tejashning yana bir yo‘li: aerogrilda tayyorlanadigan 1 kunlik taomnoma

    Nasiba Kamilova

  • Bosh sahifa • 03.09

    Hayp yoki haqiqat: moliyaviy blogerlarga ishonsa bo‘ladimi 

    Imana Irmanova

  • Bosh sahifa • 01.09

    Dunyoda fintex qayerga harakatlanyapti: SI, texnologiyalar va raqamli etika 

    Mariya Levina

  • Bosh sahifa • 29.08

    Toshkentda O‘RVI bilan kasallanish qanchaga tushadi

    S.Aydin

  • Bosh sahifa • 27.08

    Ta’tildan keyin byudjetni qanday tiklash mumkin: shaxsiy tajribam

    S.Aydin

  • Yangiliklar • 26.08

    Firibgarlar haqidagi mini-serialning ikkinchi mavsumini boshladik

    AVO press-markazi


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

26