«Limitni qanday olish mumkin?»
«Keshbek rostdan ham 100% mi?»
«Kartani qayerdan olsa bo‘ladi?»
«U qancha turadi?»
Bizga har kuni shunday savollar keladi va bu juda ajoyib! Barcha savollarga shu yerda va hoziroq rasmiy tarzda emas, balki xalq tilida va samimiy ohangda javob berishga qaror qildik.
AVO platinum kartasi nima?
Eng muhimidan boshlaymiz. AVO platinum — foizsiz muddat va ko‘plab bonuslarga ega kredit kartasi. Uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri smartfoningiz orqali ochishingiz mumkin. Karta 100 mln so‘mgacha kredit limitiga ega bo‘lishi mumkin, undan xuddi o‘z pulingizday foydalanib, xaridlar qilish, pul o‘tkazish yoki xizmatlar uchun to‘lov qilishingiz mumkin.
Debet (oddiy bank) kartasidan asosiy farqi shundaki, nafaqat o‘z pulingizni, balki keyinchalik qaytaradigan bank pulini ham ishlatishingiz mumkin. Agar bank pulini imtiyozli davr ichida qaytarsangiz, hech qanday foiz to‘lashingiz shart emas.
Qanday kartani ochib, limit olish mumkin?
AVO ilovasini o‘rnatish va tezkor ro‘yxatdan o‘tish kifoya. Sizdan pasport rasmini yuklash va selfi suratga olishni so‘rashadi — bu jarayon atigi bir necha daqiqa vaqtingizni oladi. Shundan keyin, tizim ma’lumotlaringizni tekshirib, sizga qancha kredit limiti ajratilishi mumkinligini ko‘rsatadi. 100 mln so‘mgacha pul olish imkoniyati bor.

Hoziroq AVO platinum kartasini oching
Pul ishlating va 45 kungacha foizsiz qaytaring
Agar shartlarga rozi bo‘lsangiz, « Qabul qilish» tugmasini bosishingiz kifoya, pul darhol kredit kartangizga tushadi. Lekin, limitdan faqat bankning aloqa markaziga qo‘ng‘iroq qilib (48 soat ichida qilishingiz kerak), shaxsingizni tasdiqlaganingizdan keyin foydalanishingiz mumkin bo‘ladi — bu qaror Markaziy bank tomonidan xavfsizligingizni ta’minlash maqsadida qabul qilingan. Shundan keyin, bu pul bilan telefoningizdagi virtual karta orqali ham istagan xaridlarni to‘lashingiz mumkin bo‘ladi.
Agar jismoniy karta olishni xohlasangiz, uni ilovada buyurtma qiling va eng yaqin AVO kartomatidan oling. Bu kartadan oddiy kartadek — do‘konlarda, internetda va umuman xohlagan joyingizda bemalol foydalana olasiz.
Imtiyozli davr qanday tuzilgan?
Bu kartaning asosiy afzalliklaridan biri. AVO’da 45 kungacha imtiyozli davr bor bo‘lib, bu davrda ishlatgan pulingizni foizsiz qaytarishingiz mumkin.
Bu amalda qanday ishlashini ko‘rib chiqamiz: faraz qilaylik, 1-iyun kuni kartani ochdingiz, limit oldingiz va darhol xarid qildingiz. Agar bu pulni 15-iyulgacha qaytarsangiz, bank sizdan ishlatgan pulingizdan tashqari bir tiyin ham olmaydi. Foizlar faqat imtiyozli davr tugagandan keyin yoki hamma pulni qaytarmaganingizda hisoblanadi.
Shuni yodda tutish kerakki, imtiyozli davr hisobi har doim xarid kunidan emas, balki kredit limitini olgan kundan boshlanadi va qarzingiz bo‘lmasa har 45 kunda yangilanadi.
Ilovada doimo hamma sana va summalar ko‘rinib turadi, shuning uchun qachon va qancha to‘lashingiz kerakligini aniq bilasiz.
AVO haqiqatan ham 100% keshbek beradimi?
AVO kredit limitini faollashtirganingizdan keyin birinchi xaridingiz uchun haqiqatan ham 100% gacha keshbek beradi. Masalan, 80 000 so‘mga biror narsa sotib olsangiz, shu pulni to‘liq qaytarib olasiz. Faqat bir shart bor — maksimal keshbek miqdori 100 000 so‘m bilan cheklangan.
Shunday qilib, siz nafaqat kartani sinab ko‘rasiz, balki darhol sezilarli foyda ham olasiz. Pul bonus hisobingizga bonus sifatida qaytadi, lekin uni ilovaning o‘zida haqiqiy pulga birga bir almashtirishingiz mumkin.
Birinchi xariddan keyingi keshbek-chi?
U saqlanib qoladi. Shunchaki «boshlang‘ich» emas, balki oddiy bonus bo‘ladi. Birinchi xariddan keyin ham, AVO kredit limiti hisobidan barcha keyingi xarajatlaringizga standart shartlar asosida keshbek hisoblashni davom etadi.
Masalan, agar Korzinka’da 2 mln so‘mlik xarid qilib, butun summani kredit limiti hisobidan to‘lagan bo‘lsangiz, sizga 20 000 so‘m miqdorda keshbek hisoblanadi.

Kredit kartasi qancha turadi?
AVO platinum virtual kartasi tasdiqlash jarayoni yakunlanishi bilanoq bepul ochiladi— undan onlayn to‘lovlar va pul o‘tkazmalari uchun foydalanishingiz mumkin. Agar jismoniy karta olishni istasangiz, uni ikki xil yo‘l bilan ochishingiz mumkin:
- kartani bepul olib, keyin xizmat ko‘rsatish uchun oyiga 4 990 so‘m to‘lash;
- yoki 1 marta 59 000 so‘m to‘lab, keyinchalik qo‘shimcha to‘lovlarsiz foydalanish.
Ikkala variant ham qulay: o‘zingizga eng ma’qul keladiganini tanlang!
Qo‘shimcha to‘lovlar bormi?
Agar oyiga 180 000 so‘mgacha sarflasangiz, xizmat ko‘rsatish uchun hech qanday to‘lov olinmaydi.
Agarda bundan ko‘proq sarflasangiz, oyiga 18 000 so‘m miqdorida komissiya to‘lashingiz kerak bo‘ladi.
Bu haqda barcha shartlarda aniq yozilgan — shartlarda yozilgandan tashqari pul yechilmaydi.
Pulni naqdlashtirish yoki o‘tkazish mumkinmi?
AVO platinum bilan kredit pulini yechib olish va o‘tkazish mumkin, lekin bu yerda quyidagi nozik jihatlar bor:
- Naqd pul yechib olish — mumkin, lekin komissiyasi bo‘lishi mumkin. U so‘rov paytida amalda bo‘lgan miqdor va shartlarga bog‘liq.
- AVO ichidagi o‘tkazmalar bepul.
- Boshqa bank kartalariga pul o‘tkazish mumkin, lekin odatda boshqa kartalarga qaraganda komissiya yuqori bo‘ladi.
Tasdiqlashdan oldin har bir operatsiya komissiya bilan birga yakuniy summani ko‘rsatadi — hech qanday « kutilmagan holat» yuz bermaydi.

Ofisingiz bormi?
Bosh ofisimiz bor, lekin bank xizmatlari filiallaridan farqli o‘laroq, bu yerda mijozlarga maslahat berilmaydi va xizmat ko‘rsatilmaydi. Karta va stikerlarni ochish va buyurtma qilish, limit olish, to‘lov qilish kabi barcha bank masalalarini joyingizdan turib AVO ilovasida hal qilishingiz mumkin. Qo‘llab-quvvatlash xizmatidan Telegram-bot yoki aloqa markazi orqali foydalanishingiz mumkin.
AVO merchini qanday olish mumkin?
Bu alohida mavzu
Futbolka, xudi va kepkalarimiz sifat va uslub borasida kichik afsonaga aylanishga ulgurdi. Ularni sotib olish imkonsiz — faqat bizdan olishingiz mumkin.
Ularni qanday qilib olsa bo‘ladi?
- Tanlovlarda ishtirok eting.
- AVO’ning qiziqarli maqolalari bilan bo‘lishing.
- Faol bo‘ling.
Ijtimoiy tarmoqlarni, ayniqsa Instagram va Telegram’ni kuzatib boring. U yerda vaqti-vaqti bilan mamlakatimiz ko‘chalarida tanishadigan noyob futbolka yoki xudi qo‘lga kiritish imkoniyatlari paydo bo‘lib turadi.
Savollaringiz qoldimi?
Agar nimanidir tushunmagan bo‘lsangiz, Telegram-botimizga, Instagramdagi Direct’imizga yozing yoki aloqa markazimizga qo‘ng‘iroq qiling. Biz har bir insonning savoliga javob beramiz, chunki hamma narsa sodda, aniq va tushunarli bo‘lishi biz uchun juda muhim 💛
*Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz.