Biznes haqidagi filmlar faqat millionlar va birjalar to‘g‘risida emas. Bu g‘oyaga ishonib, bor-yo‘g‘ini tikadigan, xato qilib, yiqilib, ammo qayta oyoqqa turadigan odamlar haqidagi hikoyalardir. Butun dunyo sizga qarshi bo‘lsa-da, oxirigacha borishdan qo‘rqmaydigan insonlar haqida.
Siz uchun harakat qilishga undovchi filmlar to‘plamini tayyorlab qo‘ydim. Ularni chiroyli ofis va qimmatbaho kostyumlar uchun emas, balki har bir muvaffaqiyat ortida haqiqiy kurash, qiyin qarorlar va jonli insoniy dramatizm bo‘lgani uchun tanladim. Bu filmlarni ayniqsa ilhom yetishmayotgan yoki barcha harakatlaringiz behudadek tuyilgan paytlarda ko‘rishni tavsiya qilaman.
Aka-uka dueli. Adidas va Puma tarixi
Efirga chiqqan yili: 2016
Sur’atga olingan mamlakat: Germaniya
Davomiyligi: 1 soat 55 daqiqa
Treyler

Manba
Menga chuqur ta’sir qilgan film. U gina va raqobat tufayli nafaqat ikkita mashhur brendni yaratish mumkinligi, balki eng muhim narsa — ishonch va yaqinlikni yo‘qotish xavfi haqida hikoya qiladi.
Undan so‘ng menda turli xil hislar tug‘ildi. Bir tomondan — hayratlanish: ikki aka-uka, har biri o‘z yo‘lida, afsonaviy muvaffaqiyatga erishdi. Boshqa tomondan esa — g‘amginlik: mag‘rurlik hatto eng yaqin munosabatlarni ham qanchalik vayron qilishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Bu shunchaki biznes haqidagi emas, balki oila, tanlovlar va ba’zan muvaffaqiyat uchun tovon haqidagi hikoya. Juda hayotiy film bo‘lib, insonni o‘z qadriyatlarini qayta ko‘rib chiqishga undaydi.
Irodali ayol
Efirga chiqqan yili: 2015
Sur’atga olingan mamlakat: AQSH
Davomiyligi: 2 soat 4 daqiqa
Treyler

Manba
Bu film hamma narsa chappasiga ketib, hech qayerdan yordam kelmasa ham, oyoqda tik turib yo‘lni davom etish mumkinligi haqida haqiqiy eslatma bo‘ldi.
Joy superqahramon ayol emas edi. U charchardi, g‘azablanardi, adashardi, lekin shunga qaramay olg‘a intilishda davom etardi.
O‘zingizni izlayotgan va yo‘lingizni yo‘qotib qo‘ygan bo‘lsangiz — bu film aniq siz uchun. Bunday hikoyadan so‘ng o‘zingizga bo‘lgan ishonchingiz ancha oshadi.
Ijtimoiy tarmoq
Efirga chiqqan yili: 2010
Sur’atga olingan mamlakat: AQSH
Davomiyligi: 2 soat
Treyler

Manba
Bu film menga bir muhim narsani eslatdi: shov-shuvli muvaffaqiyat hikoyalarining ortida deyarli har doim yolg‘izlik, murakkab qarorlar va ko‘plab ichki ziddiyatlar yashiringan bo‘ladi.
Mark aqlli odam bo‘lib, maqsadini aniq bilardi, lekin baxtli emasdi. Filmni ko‘rgandan keyin, shuhratparastlik barcha insoniy fazilatlarni siqib chiqararkanda deb o‘ylab qoldim.
Beixtiyor o‘zingizga «orzularimga erishganimda ham hayotimdagi qanday munosabatlarni saqlab qolishni xohlayman», degan savollar berasiz. Bu hikoya shunchaki cho‘qqiga chiqish emas, balki yo‘l davomida o‘zligingizni yo‘qotmaslik ham muhimligini ko‘rsatadi.
Ish o‘rganuvchi
Efirga chiqqan yili: 2015
Sur’atga olingan mamlakat: AQSH
Davomiyligi: 2 soat 1 daqiqa
Treyler

Manba
Sovuq kunda issiq adyol kabi bu hikoya bilim olish, boshqalarga foydali bo‘lish va tajriba ulashish uchun hech qachon kech bo‘lmasligini eslatadi.
Ayniqsa, avlodlar o‘rtasidagi aloqa — bir-birimizni tinglash va ochiq qalbli bo‘lishning naqadar muhimligi e’tiborimni tortdi.
«Ish o‘rganuvchi» filmidan keyin, jasurroq, muloyimroq bo‘lish va yordam kutilmagan yerdan kelishi mumkinligini doimo yodda tutish istagi paydo bo‘ldi.
Stiv Jobs
Efirga chiqqan yili: 2015
Sur’atga olingan mamlakat: Buyuk Britaniya, AQSH, Yaponiya
Davomiyligi: 2 soat 2 daqiqa
Treyler

Manba
Film Jobsning nafaqat ambitsiyalari va daholigini, balki uning qiyin xarakterini ham yaqqol ko‘rsatdi. Ayniqsa, qizi, hamkasblari va yaqinlari bilan munosabatlari mavzusi chuqur taassurot qoldirdi.
U qat’iyatli edi, lekin ba’zan odamlardan uzoqlashib, sovuqqon bo‘lib qolardi. Shunga qaramay, filmda vaqt o‘tishi bilan uning o‘zgargani, odamlarga yaqinlashib borgani ko‘rsatilgan.
Filmda hatto eng buyuk insonlar ham mehr-muxabbatga muhtoj ekanligini ko‘rdim. Bundan tashqari, ulkan muvaffaqiyatlar ortida ko‘pincha nozik qalb va ichki kurash yashiringanini anglab yetasiz. Qisqasi, juda ta’sirli kino.
Xulosa
Ba’zan o‘zingizga ishonish uchun shunchaki yaxshi bir hikoya yetarli bo‘ladi. Ma’ruza yoki motivatsion nutq emas, balki charchagan, shubhalangan, xato qilgan, lekin shunga qaramay oldinga intilishda davom etgan inson haqidagi film.
Bu filmlarning har biri men uchun kerakli paytda berilgan kichkina turtki kabidir. Ba’zilari ilhomlantirdi, ba’zilari o‘ylantirdi, ba’zilari esa shunchaki har bir muvaffaqiyat ortida o‘z qo‘rquvlari, g‘ururi, orzulari va dard-alamlariga ega inson turishini eslatdi.
Agar hozir sizda qat’iyat yoki kuch yetishmayotgan bo‘lsa, kechqurun yaxshi kino ko‘rishni istasangiz — bu ro‘yxatni saqlab qo‘ying.
*Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz.
*Maqoladagi fikr — muharrirning shaxsiy fikri bo'lib, u AVO bank pozitsiyasini ko'rsatmaydi. Bank ma'lumotlar to'g'riligi va undan foydalanish oqibatlari uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.
*Maqolada tashqi resurslarga havolalar keltirilgan. AVO bank tashqi resurslardagi ma'lumotlar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.