2026-yil — Qizil Olovli Ot yili. U o‘zgarishlar, jasur qadamlar va katta imkoniyatlar ramzi hisoblanadi. U sizni oldinga harakatlanishga — yangilikdan qo‘rqmaslikka, sinab ko‘rishga, allaqachon ishlayotgan narsalarni yanada yaxshilashga undaydi. Imkoniyatlar bilan birga mas’uliyat ham oshadi — Ot jilovni o‘z qo‘lida mahkam ushlay oladiganlarga yordam beradi.
Taqdir har bir insonga imkoniyat beradi. Omadni qo‘ldan boy bermaslik uchun pulingizni qayerga sarflayotganingizni va ularni qanday ko‘paytirayotganingizni kuzatib boring. Har bir burj uchun 2026-yilni ishonch bilan kutib olishga yordam beradigan maslahatlarni tayyorladik.
Va doimo yodingizda bo‘lsin: yulduzlar faqat ishora qiladi, qarorni esa siz qabul qilasiz!
Qo‘y (21-mart – 19-aprel)
Yil juda shiddatli boshlanadi — ko‘proq pul topish bo‘yicha g‘oyalaringiz ko‘p bo‘ladi. Lekin yangi narsaga pul tikishdan oldin bir to‘xtab, bu ish o‘zini oqlay oladimi-yo‘qmi o‘ylab ko‘ring. Bahorda juda foydali takliflar keladi, darrov rozi bo‘lmang — mayda detallarni yaxshilab tekshiring.

Maslahat: biznes bo‘yicha tajribalar uchun alohida hisob oching, shunda faqat shu summa bilan tavakkal qilgan bo‘lasiz.
Buzoq (20-aprel – 20-may)
Buzoq burjining eng katta kuchi — barqarorlik. 2026-yilda aynan shu sifat sizga muvaffaqiyat olib keladi. Avvalo doimiy xarajatlaringizni ko‘zdan kechiring: albatta keraksiz chiqimlar topiladi. Bo‘shagan pulni esa jamg‘arib borishni boshlagan yaxshi. Masalan, formatni sinab ko‘rish va moliyaviy zaxira yaratish uchun 6 oylik AVO omonatini ochib ko‘rishingiz mumkin. Yozda esa yana qayerga sarmoya kiritib, passiv daromad olish mumkinligini yaxshilab o‘ylab ko‘ring.

Maslahat: jamg‘armaga avto-o‘tkazmani yoqib qo‘ying — oz bo‘lsa ham, muntazam pul yig‘ish haqiqatan ham natija beradi.
Egizaklar (21-may – 20-iyun)
2026-yil katta o‘zgarishlar olib keladi. Yozda o‘z ishingizni boshlash yoki ofisda doimiy ishga kirish o‘rtasida tanlov turishi mumkin. Ichki sezgingizga quloq soling, lekin sovuqqon hisob-kitobni ham unutmang.

Maslahat: 3–4 oylik xarajatga yetadigan pul yig‘ib qo‘ying — u xavfliroq qarorlarni zararsiz qabul qilishingizga yordam beradi.

2026-yilda kimning omadi keladi?
AVO bank’da kredit kartasini ochib — 1 daqiqada 100 mln so‘mgacha pul olganning
Qisqichbaqa (21-iyun – 22-iyul)
Yanvarda shartnomalaringizni qayta ko‘rib chiqib, ular siz uchun haqiqatan ham foydalimi-yo‘qmi, tekshirib oling. Bu sizga daromadli loyihalarga e’tibor qaratishga va ishdan bezor bo‘lmaslikka yordam beradi.
Maslahat: ko‘p topib, ko‘p sarflaganingiz uchun daromad va xarajatlarni jadvalga yozib boring. Jadval pulingiz qayerga ketayotganini aniq ko‘rsatadi.

Arslon (23-iyul – 22-avgust)
Sizni katta imkoniyatlar va kelajagi bor loyihalar kutyapti — hammasini uddalaysiz, faqat sovuqqonlik bilan yondashing. Qishda biznes rejalashtirish bilan shug‘ullaning, bahorga yaqin esa harakatni boshlang. Hamkorlardan ko‘nglingiz to‘q bo‘lsa, ish takliflariga bemalol rozi bo‘ling.
Maslahat: pullaringizni tartibga keltiring — usiz, dunyoni zabt etish rejangiz chippakka chiqadi.

Parizod (23-avgust – 22-sentyabr)
Mayda-chuydaga e’tiboringiz pulni nazoratda ushlashga yordam beradi. Odatda siz byudjetni sinchiklab rejalashtirasiz va ortiqcha xarajat qilmaslikka harakat qilasiz. Bu yil ham xuddi shu tarzda ta’tilingizni rejalashtirib, dam oling. Ish hech qayerga qochib ketmaydi.
Maslahat: aslida nimani xohlashingizni o‘ylab ko‘ring va daromadingizning bir qismini shu orzu uchun yig‘ib boring.

Tarozi (23-sentyabr – 22-oktyabr)
Bu yilda sizning eng katta vazifangiz — barcha kreditlarni yopish va o‘zingizga mos moliyaviy muvozanatni topish. Uzoq muddatli loyihalarni tanlang. Sportni ham unutmang — bu sog‘liq va samaradorlikka kiritgan sarmoyangiz bo‘lsin.
Maslahat: o‘ylamasdan qilingan xaridlarni nazorat qiling — ularning dastidan qandaydir muhim narsaga pul yetmay qolishi mumkin.

Chayon (23-oktyabr – 21-noyabr)
2026-yilda xarajatlaringizni tahlil qilsangiz, moliyangizni yangi bosqichga olib chiqishingiz mumkin. Ko‘pincha mayda xarajatlar butun byudjetni yeb bitiradi. Kuzga borib natijani aniq sezasiz.
Maslahat: haftasiga bir marta, masalan chorshanba kuni, o‘zingizga xarajatsiz kun e’lon qiling va majburiy bo‘lmagan hech qanday xarid qilmang. Shunda pul qayerga oqib ketayotganini ko‘rasiz.

O‘qotar (22-noyabr – 21-dekabr)
Yanvar boshidayoq xarajatlarni taqsimlab, maqsadlarni qo‘yib oling — keyinroq kengayish uchun imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Yilning ikkinchi yarmi esa — ishni o‘zgartirish yoki sarmoya kiritish kabi jiddiy qarorlar vaqti.
Maslahat: bir oy daromadingizni 3 qismga bo‘lib ko‘ring: 50% — yashash uchun, 30% — xohishlaringiz uchun, 20% — moliyaviy zaxira uchun ajrating. Natija sizni ilhomlantirib, keyin ham hamyoningizni shu qoida bo‘yicha yuritishga undashi mumkin.

Tog‘ echkisi (22-dekabr – 19-yanvar)
Siz strategik odamsiz. Moliyaviy rejalashtirish — sizning kuchli tomoningiz. Maqsadlaringiz sari sokin va izchil yurishda davom eting — oldinda ish yeringizdagi lavozimingiz oshadi va qo‘shimcha daromad manbalaringiz paydo bo‘ladi.
Maslahat: kutilmagan xarajatlarga emas, sayohat uchun pul yig‘ing.

Qovg‘a (20-yanvar – 18-fevral)
2026-yilda pul topishga sizning noodatiy g‘oyalaringiz yordam beradi. Agar startap ochishni o‘ylab yurgan bo‘lsangiz, vaqti keldi. Yangi moliyaviy vositalarni sinab ko‘rishdan qo‘rqmang — AVO platinum kredit kartasi kundalik masalalarni hal qilishga va zararga kirib ketmaslikka yordam beradi.
Maslahat: soliq va kommunal to‘lovlarni avtomatlashtiring. To‘lovni unutmasangiz — jarima ham bo‘lmaydi.

Baliq (19-fevral – 20-mart)
Siz uchun 2026-yil — ijod va o‘sish yili. Bahorda o‘zingizga sarmoya kiritish foydali bo‘ladi. Kurslarga borib, ko‘nikmalaringizni kuchaytiring, hatto yangi kasbni o‘rganib ko‘ring. Kuzda qiziqarli takliflar chiqadi va bu o‘rganganlaringiz albatta asqatadi.
Maslahat: moliyaviy maqsad qo‘ying va unga erishish uchun har oy nimalar qilish kerakligini aniq yozib chiqing.

*Maqolada keltirilgan ma’lumotlar saytga joylashtirilgan vaqt uchungina amal qiladi: fikrlar muallifning shaxsiy qarashlarini aks ettiradi va AVO bank'ning rasmiy nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin. Bank havola qilingan tashqi manbalar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi, ko‘rsatilgan narxlar esa taxminiy xarakterga ega. Qaror qabul qilishdan oldin eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.

AVO ilovasini yuklab oling
Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari 24/7 sizning smartfoningizda
