• AVO

  • AVO gap

  • Bolani pul bilan muomalaga qanday o'rgatish mumkin

Bolani pul bilan muomalaga qanday o'rgatish mumkin

Pulga bo’lgan munosabat bolalikdan shakllanadi: siz pulni pala-partish sarflaydiganlar yoki tejab ishlatadiganlar turidanmi? Impulsiv xaridlarni yoqtirasizmi yoki oylar va yillar davomida aniq bir maqsad uchun pul yig’ishga odatlanganmisiz? Ha, bu yerda ko’p narsa yoshlikda olingan moliyaviy tarbiyaga bog’liq. Bolalarning moliyaviy savodxonligini oshirishga yordam beradigan bir nechta usullarni aytib beramiz.

«Xohlayman yoki kerak» o’yini

Ushbu mashg'ulot farzandingizda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga yordam beradi va doimo o’ziga quyidagi savolni berishga odatlantiradi: «Bu menga hozir rostanam kerakmi yoki shunchaki xohlayapmanmi?». O’yin qoidasi juda oson: har safar kichkintoy sizdan biror narsa so’raganda, unga savol bering: bu «xohlaymanmi» yoki «kerakmi»? Masalan, «ovqat yegim kelyapti» standart ehtiyojlar ro'yxatiga, «muzqaymoq olib bering» esa, aksincha, qo’shimcha istaklar ro'yxatiga kiradi.

Bolani pul bilan to’g’ri muomala qilishga qanday o’rgatish mumkin — 5 ta oddiy usul

Kechiktirilgan qoniqish

Bolani sabr-toqatli bo’lishga undaydigan yana bir samarali usul — unga hozir kichik sovg'ani yoki kelajakda kattaroq mukofotni tanlash imkoniyatini taqdim etish. Bu qanday ishlaydi: tasavvur qiling, kichkintoy bilan do’konga chiqdiz, va u kichkina o’yinchoq mashinani ko’rib qoldi. Bolangiz uni sotib olishni iltimos qildi, siz esa unga tanlashni taklif qildiz: hozir shu mashinachani olamiz yoki hafta oxirida o'yinchoqlar do'konidan kattarog’ini xarid qilamiz. Yaxshiroq va tanlovga arzirli variantlarni taklif qiling, shunda bolada shu yerda va hozirning o’zida sotib olmaslik uchun motivatsiya paydo bo’ladi. Bu esa o’z o’rnida sabr va uzoqni ko’zlab ish tutish qobiliyatini rivojlantiradi.

Bolani pul bilan to’g’ri muomala qilishga qanday o’rgatish mumkin — 5 ta oddiy usul

Bittasini tanlash kerak

Kichkintoylar har doim nimanidir xohlashadi: shirinlik, o’yinchoq, kartoshkali chipslarni yoki atraksionda uchishni. Albatta, ularga doimo yo’q deyish kerak emas. Lekin prioritetlarni to’g’ri qo’yishni o’rgatsangiz, bu kelajakda ularga yaxshigina foyda keltiradi. Shunchaki uydan chiqishdan oldin, bolangiz bilan kelishib oling — u sayr paytida faqat bitta narsaga pul sarflashi mumkin. Agar u hozir muzqaymoq sotib olsa ,unda o'yinchoq sotib ololmaydi. Bu mashq bolangizga pulni joy-joyiga qo’yib sarflashni o’rgatadi — kelajakda unga aniq bir moliyaviy maqsadni tanlash oson kechadi.

Bolani pul bilan to’g’ri muomala qilishga qanday o’rgatish mumkin — 5 ta oddiy usul

«O’zing ishlab ol» o’yini

Pul va mehnat chambarchas bog’liq: kattalar shunchaki oylik maosh olishmaydi — bolalar bilan ham shunday bo'lishi kerak. Farzandingiz bajara oladigan uy-ro'zg'or ishlari va foydali mashg'ulotlarning narxlarini yozib chiqing. Masalan, xonasini tozalagani uchun 15 000 so‘m ishlab olishi mumkinligini, hafta davomida barcha fanlardan 5 olgani uchun 50 000 so‘m berishingizni ayting. Yana bir muhim qoida: bolangizga «bepul» pul bermang. Barcha ehtiyojlarini o'z cho'ntagidan to'lashga o’rgating, agar balansida 0 bo'lsa, hisobini uy ishlarini qilganlik uchun olgan pullari bilan to'ldirishini kuting.

Buni bolalar ham biladi

AVO platinum — eng yaxshi moliyaviy yordamchingiz!

Kartani olish

Oilaviy kreditlar

Agar bolangizning puli bo’lmasa va kutishga sabri yetmasa, u bilan «oilaviy kredit» o’yinini o’ynashingiz mumkin. Aytaylik, kassada navbatda turibsiz, bola barmog’i bilan muzqaymoqni ko'rsatib, olib berishingizni so’rayapti. Ammo uning hisobida puli qolmagan. Bunday holda, siz unga «qarz berib turishingiz» mumkin — men senga muzqaymoq olib beraman, sen esa qo'shimcha yarim kitob o'qishing kerak bo’ladi.

«Kredit»ning o'z muddati borligini va kechikkanlik qanday oqibatlarga olib kelishini tushuntiring. Misol uchun, bugun kitob o'qishga kelishgandingiz, lekin bolangiz unutib qo’ydi / uxlab qoldi / oxirigacha bajarmadi. Demak, endi yarim soat emas, balki 40 daqiqa o’qishi kerak bo’ladi. Shunday qilib, fazandingiz ulg‘aygach, kredit kartasi qanday ishlashini tushunadi va undan to’g’ri foydalana oladi.

*Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz.

*Maqolada tashqi resurslarga havolalar keltirilgan. AVO bank tashqi resurslardagi ma'lumotlar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

*Maqoladagi fikr — muharrirning shaxsiy fikri bo'lib, u AVO bank pozitsiyasini ko'rsatmaydi. Bank ma'lumotlar to'g'riligi va undan foydalanish oqibatlari uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

*Narxlar taxminiy va faqat nashr etilgan vaqtdagina amal qiladi.

📖 Ta'lim💸 Pul
07.08.2024
7 daqiqa
Said Nazrillayev
Maqola muharriri

Bosh sahifa

Moliya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
AVO gapBankomatlar

UZ

  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Bank haqida
+998 (78) 888-78-87

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • Mikroqarz
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar
+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2026,«AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 14/03/2026

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.