• AVO

  • AVO gap

  • Birinchi YTTimni qanday ochdim?

Birinchi YTTimni qanday ochdim?

2025-yil iyun oyida SMM agentligim 6 yoshga to‘ldi. Uni do‘stlarim bilan birga ochgandik: men buxgalteriya haqida o‘ylamasdan, operatsion ishlar bilan shug‘ullanardim. Bir payt hamkorlarim sohasini o‘zgartirishga qaror qilishdi va 2023-yil oktyabr oyida YTT ochdim. Bir tomondan endi agentlik meniki, endi qarorlarni hech kim bilan maslahatlashmasdan qabul qila olaman deb g‘ururlanardim. Boshqa tomondan, gumanitar soha vakili sifatida raqamlar bilan do‘stlashishga to‘g‘ri kelishini o‘ylab xavotirlanardim.

Ko‘plab maqolalar o‘qidim, byurokratiya mavzusiga kirib ketdim, lekin o‘zimga kerakli savollarga javob topolmadim. Ikki yil o‘tgach, o‘z mini-qo‘llanmamni tuzish fikri paydo bo‘ldi. Endi ushbu mini-qo‘llanma bilan sizni tanishtirmoqchiman.

YTT ochish, elektron hujjat aylanishini yuritish, raqamli imzodan foydalanish, hisobotlarni topshirish va soliqlarni to‘lash uchun nimalar kerakligini ko‘rib chiqamiz. Bundan tashqari, qanday qilib jarima to‘laganimni ham aytib beraman va soliq idorasi bilan ishlash tajribam bilan o‘rtoqlashaman.

Nima uchun aynan YTT ochishga qaror qildim

Mulkchilik shaklini tezda aniqlab oldim: MChJ ochish uchun sherik yo‘q edi, o‘zini o‘zi band qilish shakli esa jiddiy mijozlar bilan shartnoma tuzish imkoniyatini bermasdi. Men reklama ishlab chiqarish va joylashtirish faoliyatini tanladim, faoliyat turlarining to‘liq ro‘yxatini esa LEX.UZ saytidan topish mumkin.

YTT ochish uchun nima kerak

Barcha bosqichlardan o‘zim o‘tishni xohladim. YTTni ochish va uzoq kutilgan ro‘yxatdan o‘tish guvohnomasini olish uchun Davlat xizmatlari markazida 2 soat vaqtim ketdi.

Menga ID-karta, JSHSHIR va STIR kerak bo‘ldi. ERI ertasi kuni tayyor bo‘ldi, muhrni esa 2 kundan keyin oldim. Bankda hisobraqam ochish uchun yana bir necha kun sarfladim.
2023-yilda YTTni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 421 300 so‘m sarfladim, shundan 33 000 so‘mni ERIga berdim. 2025-yilda davlat boji 375 000 so‘m edi, YIDXPda elektron ro‘yxatdan o‘tib, 337 500 so‘m to‘lash mumkin. ERI narxi — 26 250 so‘m, portal orqali ariza topshirsangiz — 23 000 so‘m bo‘ladi.

Kimgadir onlayn usul qulayroq, kimgadir borib, hamma narsani joyida hal qilish oson — o‘zingizga ma’qulini tanlang. Batafsil yo‘riqnoma shu yerda.

Agar navbatda turib, bir dunyo qog‘ozlarni to‘ldirishni xohlamasangiz, konsalting kompaniyasi yordam beradi: YTT ochish uchun asosiy tarif 1 312 500 so‘mdan boshlanadi: sizga maslahat berishadi, barcha hujjatlarni tayyorlab, ro‘yxatdan o‘tkazib berishadi.

Buxgalteriyani o‘zim yurita olamanmi

Spoyler: buxgalteriyani bilsangiz yoki shu sohada tanishingiz bo‘lsa, o‘zingiz yurita olasiz. Mening aynan shunday do‘stim bor edi, biz bir necha marta birga qahva ichdik. U menga platformalarni ko‘rsatdi, hisobot topshirib, soliq to‘lashni o‘rgatdi.
Faoliyat yuritayotgan YTT uchun bir martalik maslahat narxi 400 000 so‘mdan boshlanadi.

E-imzo nima va u nima uchun kerak

ERI bo‘lmaganida, hujjatbozlik bizni qiynab yuborgan bo‘lar edi. Ikki yilga beriladigan elektron raqamli imzo hujjatlarni imzolash va soliqlarni to‘lash uchun kerak. Men Yagona davlat xizmatlari markaziga bordim: ular menga sertifikat va fleshkadagi kalitni berishdi.

ERIni hech qayerga bormasdan YIDXP orqali yoki E-imzo saytidan onlayn olsa ham bo‘lardi. Faollashtirish ko‘p vaqtimni olmadi: fleshkani USB-portga uladim, saytga kirdim va rasmiy E-IMZO dasturini yuklab o‘rnatdim. Har safar kerakli platformaning shaxsiy kabinetiga kirish yoki hujjatlarni imzolash uchun 8 xonali kalitni kiritishim kerak. Avvalo fleshkani ulashim shart, chunki sertifikat usiz ishlamaydi.

Didox’dan qanday foydalaniladi

Ushbu platformada shartnomalar, hisob-fakturalar va dalolatnomalarni joylashtiraman. Tariflarni saytda ko‘rishingiz mumkin, oyiga 10 tagacha hujjatni bepul jo‘natish mumkin.

Asosiy hujjatlarni yaratish bo‘yicha kichik qo‘llanma:

Shartnoma

1. Kabinetga kiring;

2. «Yaratish» tugmasini bosing;

3. Hujjat turini tanlang: «Erkin shakldagi hujjat»;

4. Shaklni to‘ldiring:

  • Sizning ma’lumotlaringiz: 1 marta kiritsangiz, keyingi safar avtomatik ravishda kiritiladi;
  • Kontragent ma’lumotlari: STIRini kiritsangiz, qolgan ma’lumotlar avtomatik ravishda to‘ldiriladi.

5. PDF formatdagi faylni kiriting;

6. «Imzolash» tugmasini bosing.

Hisob-faktura

  1. Kabinetga kiring;
  2. «Yaratish» tugmasini bosing;
  3. Hujjat turini tanlang: «Hisob-faktura aktsiz»;
  4. Shaklni to‘ldiring:

  • Sizning ma’lumotlaringiz: 1 marta kiritsangiz, keyingi safar avtomatik ravishda kiritiladi;
  • Kontragent ma’lumotlari: STIRini kiritsangiz, qolgan ma’lumotlar avtomatik ravishda to‘ldiriladi.
  1. Jadval: barchasi faoliyat va xizmat turiga bog‘liq. MXIK (mahsulot va xizmatlar identifikatsiya kodi)ni saytda ko‘rishingiz mumkin. Mening MXIKim SMM-agentlik uchun mos keladi: reklama tayyorlash va joylashtirish.
  2.  «Imzolash» tugmasini bosing. 

Bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi akt

Bu yerda hammasi oson: yuborilgan hisob-fakturaga kiramiz, «Hujjat yaratish» tugmasini bosamiz.

«Аkt»ni tanlaymiz (hamma maydon avtomatik ravishda to‘ldiriladi), «Imzolash»ni bosamiz.
Soliqlar bo‘yicha qisqa qo‘llanma (to‘liq qismi bu yerda)

Qanday soliqlarni to‘lash kerakligi tadbirkorning yillik daromadi va faoliyat turiga bog‘liq bo‘ladi.

Soliq turi
Tavsif va foiz stavkasi
O‘zgarmas
Haqiqiy daromadingizdan qat’i nazar to‘laydigan soliq. Stavka hudud va faoliyat turiga qarab o‘zgaradi (2026-yildan boshlab bekor qilinadi)
Deklaratsiya bo‘yicha JSHDS
Umumiy daromaddan 12%
Ijtimoiy soliq
Pensiya fondiga yo‘naltiriladigan soliq. Stavkasi — 1 BHM (bazaviy hisoblash miqdori)
Daromaddan olinadigan soliq
Daromaddan 4% (elektron savdo uchun 3%)
QQS
Aylanmadan 12%
Foyda solig‘i
10% dan

Agar yillik aylanmangiz 100 mln so‘mdan oshmasa, qat’iy belgilangan soliq yoki jismoniy shaxs daromad solig‘ini tanlashingiz mumkin. Ijtimoiy soliqlar bilan esa vaziyat butunlay boshqacha: ularni har qanday holatda ham to‘lashimiz shart.

Aylanmam 100 mln so‘mdan oshganini sezmay qoldim va soliq idorasidan qo‘ng‘iroq qilishmaguncha, qat’iy belgilangan va ijtimoiy soliqlarni muntazam to‘lab yuraverdim. «Anna Alekseevna, hisobotlaringiz yo‘q va aylanma solig‘i bo‘yicha qarzdorlik bor, iltimos, jarimalarni va soliqning o‘zini to‘lab qo‘ying,» deya xushmuomalalik bilan quvonchli xabarni yetkazdi tuman inspektori. Soliq idorasiga borishga to‘g‘ri keldi. Bekorga xavotirlanibman, hech kim urshmadi, shunchaki jarimalarni to‘lash uchun kvitansiyalar berishdi va keyingi qadamlarni batafsil tushuntirishdi.

Iltimos, mening xatomni takrorlamang: limitdan oshmaganingizni aniq bilish uchun barcha daromadlaringizni hisoblab boring.
Aylanmangiz 100 mln so‘mdan oshgach, qat’iy belgilangan soliq yoki jismoniy shaxs daromad solig‘idan 4% lik aylanma solig‘iga o‘tasiz.

Agar biznesingiz yanada rivojlanib, yillik aylanmangiz 1 mlrd dan oshsa, bu holatda buxgaltersiz ish bitmaydi: foyda solig‘i va qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashingiz kerak bo‘ladi. Mening daromadim hali mlrd ga yetmadi, shuning uchun faoliyatingiz boshida duch keladigan soliqlar haqida gapirib beraman.

Hisobotlarni qanday topshirish kerak

Hisobotlarni faqat aylanma solig‘i bo‘yicha (qat’iy belgilangan va ijtimoiy soliqlar buni talab qilmaydi) har oyning 15-sanasigacha MY.SOLIQ.UZ onlayn platformasida topshirishimiz kerak:

  1. YTT kabinetiga kiring;
  2. «YTTlarning tovar aylanmalari bo‘yicha hisobot shakllari»ni tanlang;

3. «Elektron shakllar» bo‘limini ochib, «Aylanmadan olinadigan soliq»ni tanlang;

4. Aylanma soliqni hisoblashning eng oxirgi shaklini tanlang (joriy yil uchun);

  1. Shaklni to‘ldiring;
  2. Hujjatlar ro‘yxatini yuklab oling;
  3. Excel’dagi summa Didox’da yuborilgan hisob-fakturalardagi summa bilan bir xilligini tekshiring;
  4. «Yuborish» tugmasini bosing.

Tayyor!

P.S. Hatto tushum bo‘lmagan taqdirda ham, nollik hisobotni topshirish kerak. Pul yo‘q bo‘lsa, soliq to‘lamaymiz.

Birinchi hisobotni topshirayotganimda, qo‘llarim qaltirab, klaviaturani bosardim va hamma maydonni yuz marta qayta-qayta tekshirardim. Bir necha oydan keyin esa bu men uchun oddiy kundalik ishga aylanib qoldi.

Hisobotni-ku topshirdik, to‘lovni qanday qilish kerak

Soliqlarni har oyning 15-sanasigacha MYSOLIQ onlayn platformasida to‘laymiz:

  1. YTT kabinetiga kiring;
  2. «Xizmatlar» bo‘limidan «Yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlarini to‘lash»ni, keyin «Yangi to‘lov topshiriqnomasi»ni tanlang;
  3. Shaklni to‘ldiring;
  4. «Imzolash» tugmasini bosing.

Tayyor!

Eslatma

  • Qat’iy belgilangan va ijtimoiy soliqlarni har oyda yoki bir yilda bir marta to‘lash mumkin, lekin stavkalar o‘zgarsa, yil oxirida qayta hisoblash kerak bo‘ladi;
  • Aylanmadan olinadigan soliq quyidagicha hisoblanadi: Excel’dagi summa 4 foizga ko‘paytiriladi;
  • Agar soliqni o‘z vaqtida to‘lamasangiz, summa hisobingizdagi puldan avtomatik ravishda yechib olinadi.

Men shunday qilaman: tushumlardan o‘tgan oyning soliqlarini to‘layman va keyingi oy uchun summani ajratib qo‘yaman. Shunda ko‘nglim xotirjam bo‘ladi — mijozlar pul o‘tkazmasa ham, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lay olaman.

Bu yil YTTlar uchun maxsus rejim o‘rnatilishi rejalashtirilyapti. U yagona raqamli platforma orqali faoliyatni rasmiylashtirish, hisobraqamlar bilan ishlash va soliqlarni to‘lash imkonini beradi. Elektron hamyon bank hisobraqami o‘rnini egallaydi, hujjatlarni esa ERIsiz imzolash mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, 2026-yil 1-yanvardan aylanmasi 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan YTTlar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foizgacha pasaytiriladi. Bularning barchasi biznesni boshqarishni ancha osonlashtiradi.

Endi siz YTTni ochish va yuritishning asosiy jarayonlaridan xabardorsiz. Dadil harakat qiling: soliqlar qo‘rqinchli emas, hisobotlarga ko‘nikib ketasiz. Buxgalteriyani ehtiyotkorlik bilan yuritsangiz, barcha ishlarni uddalaysiz.

Yengil parvoz va yirik bitimlar tilayman!

AVO bilan foizsiz imkoniyatlar

100 mln so‘mgacha kredit limiti va 45 kungacha foizsiz davr

Kartani olish

*Maqolada keltirilgan ma’lumotlar saytga joylashtirilgan vaqt uchungina amal qiladi: fikrlar muallifning shaxsiy qarashlarini aks ettiradi va AVO bank'ning rasmiy nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin. Bank havola qilingan tashqi manbalar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi, ko‘rsatilgan narxlar esa taxminiy xarakterga ega. Qaror qabul qilishdan oldin eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.

Ta'limPul
11.08.2025
14 daqiqa
Anna Sheremetyeva
Maqola muharriri
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

AVO gapBankomatlar

UZ

+998 (78) 888-78-87

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fikr-mulohazalar
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
Qarzdorlikni so'ndirish
Bank haqida
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Bosh sahifa • 07.09

    Vaqt va pul tejashning yana bir yo‘li: aerogrilda tayyorlanadigan 1 kunlik taomnoma

    Nasiba Kamilova

  • Bosh sahifa • 03.09

    Hayp yoki haqiqat: moliyaviy blogerlarga ishonsa bo‘ladimi 

    Imana Irmanova

  • Bosh sahifa • 01.09

    Dunyoda fintex qayerga harakatlanyapti: SI, texnologiyalar va raqamli etika 

    Mariya Levina

  • Bosh sahifa • 29.08

    Toshkentda O‘RVI bilan kasallanish qanchaga tushadi

    S.Aydin

  • Bosh sahifa • 27.08

    Ta’tildan keyin byudjetni qanday tiklash mumkin: shaxsiy tajribam

    S.Aydin

  • Yangiliklar • 26.08

    Firibgarlar haqidagi mini-serialning ikkinchi mavsumini boshladik

    AVO press-markazi


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

80