• AVO

  • AVO gap

  • Ilk bor AVO connect yarim yillik ichki konferensiyamizni o'tkazdik

Ilk bor AVO connect yarim yillik ichki konferensiyamizni o'tkazdik

AVO bank 2024-yilning 12-iyulida AVO connect ilk yarim yillik ichki konferensiyasi bo'lib o'tganligini ma'lum qiladi. Tadbirda bank xodimlari birinchi yarim yillik natijalarini sarhisob qilish, korporativ KPI va kelgusi rejalarni muhokama qilish, shuningdek, eng yaxshi xodimlarni taqdirlash va jamoa ruhini mustahkamlash maqsadida yig'ildilar.

AVO connect konferensiyasi innovatsion raqamli bank tarixida muhim qadam bo'lib, barchaga o'z tajribalarini bo'lishish, strategiyalarni muhokama qilish va korporativ qadriyatlarni mustahkamlash uchun tengsiz imkoniyatni taqdim etdi. Kun davomida xodimlar bank direktorlar kengashi vakillarini tinglab, jamoani birlashtiruvchi fleshmob va viktorinalarda ishtirok etdilar.

Konferensiyaning muhim daqiqalari

• Birinchi yarim yillik sarhisobi: bank rahbariyati qo'lga kiritilgan natijalar bilan bo'lishib, kelgusida qaysi sohalarda yanada oldinga chiqishimiz mumkinligiga urg'u berib o'tdi.

• Kelajak rejalari: ikkinchi yarim yillik rejalari muhokama qilinib, moliyaviy ko'rsatkichlarni yuqoriga ko'tarish bosh maqsad qilib olindi.

• Eng yaxshi xodimlarning taqdirlanishi: tadbir doirasida bank rivojiga o'zining sezilarli hissasini qo'shgan xodimlar taqdirlandilar. Saralar orasida saralarga qimmatbaho sovrinlar sovg'a qilindi. Bir necha nominatsiyalarni sanab o'tamiz: «O'z vaqtida» — vazifalarni o'z vaqtida va to'g'ri bajarganlik uchun, «Jamoaviy o'yinchi» — kompaniya, jumladan, departamentidagi hamkasblarga doimiy ko'mak uchun, «Ilhom parisi» — jamoada do'stona muhit yaratishdagi yordam va kreativ g'oyalar uchun va boshqalar.

• O'yin-kulgi: konferensiya so'ngida ishtirokchilarni bayramona furshet va DJ musiqalari kutib oldi.

AVO bank yangidan-yangi texnologiyalarni singdirish va o'z mijozlari uchun xizmatni yaxshilash orqali rivojlanishda davom etib bormoqda. AVO connect singari ichki tadbirlar korporativ ruhni mustahkamlash va jamoa motivatsiyasini ko'tarishda muhim o'rin tutadi.

24.07.2024
3 daqiqa
AVO bank press-markazi
Yangililklar muharriri
+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • Mikroqarz
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar

Bosh sahifa

Moliya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
AVO gapBankomatlar

UZ

  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Bank haqida
+998 (78) 888-78-87
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2026,«AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 14/03/2026

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.