• AVO

  • AVO gap

  • Ustozlar bayramiga sovg‘a: 250 000 so‘mgacha gullar

Ustozlar bayramiga sovg‘a: 250 000 so‘mgacha gullar

1-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuniga ozgina qoldi. Narxlar ko‘tarilib ketmasidan, guldastani hozirdan tanlab qo‘ygan ma’qul. Shaharda har qanday hamyon va didga mos gul do‘konlari yetarli. Sizlarga gullari sifatli, chiroyli guldasta yasaydigan, narx va xizmat ko‘rsatishi ham yoqqan gul do‘konlari haqida aytib bermoqchiman.

Asparagus

Gullarga ehtiyotkor munosabatda bo‘ladigan ustaxona. Tabiiy va tartibli ko‘rinishga ega guldastalarni qog‘oz va skotchsiz tayyorlashadi. To‘yimga yasab berishgan guldastam naqt 2 hafta turdi. Siz uchun soddalik va ekologiya muhim bo‘lsa, bemalol shu yerdan buyurtma qilishingiz mumkin.

Rasmdagi gullar narxi — 250 000 so‘m.

Gul bozori

Yaqinda Sergelidagi mashina bozori ichida ochildi. Har kuni turli xil yangi gullar keladi. 50 000 so‘mlik gerbera guldastasini 45 000 ga oldim. Agar savdolashishga usta bo‘lsangiz, 40 000 ga ham olishingiz mumkin. Boshqa do‘konlarda shunga o‘xshash guldastalar 150 000–200 000 so‘m turadi.

Rasmdagi gullar narxi — 80 000 so‘m.

Flowers by Baha

Studiya floristlari dizaynerlik kompozitsiyalarini yaratishadi. Kichik bir guldasta va qahvadan iborat to‘plam bor. U sevimli ustozingizga ajoyib tonggi hadya bo‘ladi. Narxi 190 000 so‘mdan boshlanadi. 

Rasmdagi to‘plam narxi — 250 000 so‘m.

Le Bouton

Premium floristika studiyasi. Sentyabrda bu yerda mavsumi bo‘lmasa ham lola va kallarni topsa bo‘ladi. Dekor va gullar tanlovi katta. Narxlar biroz balandroq, lekin 200 000 so‘mga ham chiroyli guldasta yig‘ib berishadi.

Rasmdagi guldasta narxi — 250 000 so‘m.

Toshkent gullari

Brendning 3 ta filiali bor, manzillarini Instagram’da ko‘ring. O‘z qo‘lingiz bilan hamyoningizga mos guldasta yasashingiz mumkin. 31.12.2025 gacha AVO platinum Mastercard kredit kartasi bilan to‘lasangiz guldasta va xonaki o‘simliklarga 10% chegirma olasiz. Tejagan pulga guldasta yoniga shirinlik ham olishingiz mumkin.

Rasmdagi gullar narxi — 90 000 so‘m.

*Maqolada keltirilgan ma’lumotlar saytga joylashtirilgan vaqt uchungina amal qiladi: fikrlar muallifning shaxsiy qarashlarini aks ettiradi va AVO bank'ning rasmiy nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin. Bank havola qilingan tashqi manbalar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi, ko‘rsatilgan narxlar esa taxminiy xarakterga ega. Qaror qabul qilishdan oldin eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.

Narxlar qo‘rqitmasin

AVO platinum Mastercard bilan ham gulga, ham shirinlikka yetadi

Karta ochish
🏄🏻‍♂️ Layfstayl
27.09.2025
3 daqiqa
Dilnoza Uralova
Maqola muharriri
+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • Mikroqarz
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar

Bosh sahifa

Moliya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
AVO gapBankomatlar

UZ

  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Bank haqida
+998 (78) 888-78-87
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2026,«AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 07/03/2026

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.