• AVO

  • AVO gap

  • AVO.uz strategik investor — Fonte Hedge Fund OEIC Ltd kompaniyasini jalb qildi

AVO.uz strategik investor — Fonte Hedge Fund OEIC Ltd kompaniyasini jalb qildi

Toshkent, 2025-yil 14-avgust  

AVO.uz’ga yangi xalqaro hamkor qo‘shildi. Fonte Capital Ltd boshqaruvidagi Fonte Hedge Fund OEIC Ltd AVO bank AJ’ning 100% aksiyalariga egalik qiluvchi AVO.uz kompaniyasining ustav kapitalidagi 50% ulushini sotib oldi.

Mijozlar uchun bu yangilik rivojlanish sur’atlarini tezlashtirilishi, texnologiyalar takomillashtirilishi va raqamli mahsulotlar ro‘yxati kengaytirilishini anglatadi.  

AVO bank — O‘zbekistondagi birinchi to‘liq raqamli banklardan biri bo‘lib, u qulay mobil ilova orqali self-service formatini jonli va professional qo‘llab-quvvatlash bilan uyg‘unlashtiradi. Bank odamlar va biznesga moliyaviy masalalarini ortiqcha qiyinchilik va navbatlarsiz boshqarishga yordam beradigan xizmatlarni yaratadi.

«Fonte Hedge Fund OEIC Ltd bilan hamkorlik — bu jahonning ilg‘or fintex amaliyotlarini joriy etish uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etadigan strategik qadam. Birgalikda biz innovatsion g‘oyalarni qisqa vaqt ichida hayotga tatbiq etishimiz, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashimiz va mijozlarimizga yanada qulay hamda zamonaviy yechimlarni taklif qilishimiz mumkin», — deya ta’kidlashdi AVO bank vakillari.

Hamkorlikning moliya bozoridagi ahamiyati  

Hozirda O‘zbekistonda fintex sohasida o‘zgarishlar katta: onlayn-banking qamrovi kengaymoqda, to‘lov tizimlari rivojlanmoqda, kreditlash esa raqamli formatga o‘tmoqda. Texnologik jihatdan rivojlangan yosh va faol aholi, shuningdek, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan imkoniyatlar iqtisodiyotning raqamli o‘zgarishi uchun qulay sharoit yaratmoqda.

Fonte Hedge Fund OEIC Ltd bosh direktori Yerjan Musin quyidagilarni ta’kidladi:  

AVO bank’ga qilingan sarmoya — istiqbolli sohalarda barqaror portfelni shakllantirish bo‘yicha uzoq muddatli strategiyamizning bir qismi. Biz O‘zbekistonda fintex va raqamli banking sohasining yuqori salohiyatini ko‘ryapmiz va ularning taraqqiyotiga ishonamiz. Biz kompaniyalarni har tomonlama ekspertizadan o‘tkazdik, mustaqil baholovchi tomonidan baholash xulosasini oldik va tartibga soluvchi organlar bilan barcha zarur kelishuvlarni amalga oshirdik. Bu esa o‘z o‘rnida tanlovimizga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamladi. Men AVO bank jamoasi va mahsulotlari bilan yaxshi tanishman. Bu bozor talabiga mos zamonaviy yechimlarni yaratayotgan kuchli va professional jamoa. Aynan shu sababli sarmoya kiritishga qaror qildik — hamkorlik bank salohiyatiga va ushbu sohaga keng ko‘lamli yangiliklar kiritishiga ishonamiz

Yerjan MusinFonte Hedge Fund OEIC Ltd bosh direktori

Fonte Capital Ltd haqida  

Fonte Capital Ltd — 2022-yil yanvar oyida «Ostona» Xalqaro Moliya Markazida ro‘yxatdan o‘tgan boshqaruvchi xususiy investitsiya kompaniyasi. Kompaniya investitsiya fondlarining diversifikatsiyalangan portfelini boshqarib, turli aktivlar sinflarida kapitalning barqaror o‘sishini ta’minlaydi.  

14.08.2025
3 daqiqa
AVO press-markazi
Yangililklar muharriri
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

AVO gapBankomatlar

UZ

+998 (78) 888-78-87

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fikr-mulohazalar
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
Qarzdorlikni so'ndirish
Bank haqida
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 21/10/2025

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Yangiliklar • 21.10

    AVO platinum tariflaridagi o‘zgarishlar

    AVO press-markazi

  • Bosh sahifa • 21.10

    O‘zbekistonda qanday qilib styuardessa bo‘lish mumkin? Osmon sari karyera zinapoyasi

    Nina Cherednikova

  • Bosh sahifa • 19.10

    O‘zbekistonda yosh oila qanday qilib uy sotib olishi mumkin?

    Yuna Korostelyova

  • Bosh sahifa • 17.10

    🍵 Uyda kuzgi shifobaxsh choylar damlaymiz 

    Kamilla

  • Bosh sahifa • 15.10

    Firibgarlar siz kutmagan yerdan chiqadi: aldanib qolishingiz mumkin bo‘lgan sohalar

    Nina Cherednikova

  • Yangiliklar • 14.10

    AVO sayohat finali 🎉

    Аvoboy


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

79