• AVO

  • AVO gap

  • Kelajak firibgarlari: sun’iy intellekt internetdagi tovlamachilarga qanday yordam berishi mumkin

Kelajak firibgarlari: sun’iy intellekt internetdagi tovlamachilarga qanday yordam berishi mumkin

2024-yil fevral oyida Gonkongda hayratlanarli voqea sodir bo‘ldi. Firibgarlar mahalliy korporatsiya rahbarlarining raqamli nusxalarini yaratib, kompaniya xodimi bilan videoqo‘ng‘iroq orqali bog‘lanishgan va unga o‘zlarining bank hisob raqamlariga 25 million dollar o‘tkazishni buyurishgan. Bu hodisa insoniyat tarixida sun’iy intellekt yordamida amalga oshirilgan dastlabki yirik o‘g‘irliklardan biri bo‘ldi. Bugun zamonaviy firibgarlar qanday ish yuritishini va sun’iy intellekt davrida ulardan qanday himoyalanishni o‘rganishni ko‘rib chiqamiz.

Internet allaqachon firibgarlar makoniga aylanib bo‘lgan. Karta ma’lumotlari, kodlar yoki SMS parollarini hech kimga bermaslik haqida juda ko‘p aytilgan — hatto banklar va to‘lov ilovalarining o‘zlari ham tasdiqlash kodi bilan birga doimo eslatma yuborishadi: raqamlarni hech kimga aytmang.

Biroq, zamonlar o‘zgarmoqda va endi pulingizni yo‘qotmaslik uchun faqat asosiy kiberxavfsizlik qoidalariga rioya qilishning o‘zi yetarli emas. Xo‘sh, unda nima qilish kerak? 

Ovozingizni ehtiyot qiling

Bunday vaziyatni tasavvur qiling: notanish raqamdan qo‘ng‘iroq keladi, go‘shakni ko‘tarasiz va sizdan qandaydir bema’ni narsalar haqida so‘rashadi: aksiya o‘tkazilmoqda, chegirmalar taklif qilinmoqda yoki «ijtimoiy so‘rovnomada qatnashishni xohlaysizmi?» degan gaplar.

Siz bu narsalar sizni qiziqtirmasligini aytasiz yoki mehribonligingiz tufayli ba’zi arzimas savollarga javob berasiz, o‘zingizni tanishtirаsiz, ismingizni aytasiz yoki odatdagi «Allo» o‘rniga shunchaki «Ha» deb javob berasiz.

Keyinchalik esa yaqinlaringizga sizning ovozingiz bilan audio xabar keladi. Unda siz qayg‘uli va xavotirli ohangda ulardan qandaydir kartaga tezroq pul o‘tkazishlarini so‘raysiz — go‘yo avtohalokatga uchragansiz, zudlik bilan pul topishingiz kerak, aks holda falokat yuz beradi, sudga tushgansiz, kaltaklanasiz yoki undan ham yomonroq ahvolga tushgansiz. Bularning barchasi qo‘ng‘iroqqa ehtiyotsizlik bilan javob berganingiz oqibati bo‘ladi.

Agar musiqani sevsangiz, vokalchining ovozi to‘liq sun’iy intellekt yordamida yaratilgan turli qo‘shiqlarni eshitgan bo‘lishingiz mumkin. Misol uchun, Linkin Park guruhining yangi qo‘shig‘iga ishlangan kaverda yangi vokalchining ovozi afsonaviy Chesterning ovozi bilan almashtirilgan. Firibgarlar xuddi shu texnologiyadan foydalanadilar: jabrlanuvchining ovozli xabarlari yoki videolarini topib, ovozni modellashtiruvchi sun’iy intellektga kiritadilar. Shundan so‘ng istalgan matnni yozib, uni jabrlanuvchining ovozi bilan talaffuz qildirishlari mumkin. Qurbon qanchalik taniqli bo‘lsa, uning raqamli avatarini yaratish shunchalik oson bo‘ladi va qalbaki ovoz ham shunchalik sifatli chiqadi. 

Himoyalanish usuli:

agar notanish shaxs qo‘ng‘iroq qilsa, undan o‘zini to‘liq va batafsil tanishtirishi hamda qo‘ng‘iroq sababini aytishini so‘rang. Odatda firibgarlar bonuslar, chegirmalar va aksiyalar taklif qiladi, bankda ishlashini yoki to‘lov tashkilotlari ofisidan qo‘ng‘iroq qilayotganini aytib, sizga bosim o‘tkazishni boshlaydi. Shubhali suhbatlarni darhol to‘xtating.

Yuzingiz tasvirini tarqatmang

Biz hammamiz ijtimoiy tarmoqlar davrida yashayapmiz. Qiziqarli joyga tashrif buyurish storis yoki selfilarsiz o‘tmaydi. Albatta, bu oddiy hol — hamma shunday qiladi. Ammo buning oqibatlari bor.

Bu yerda oddiy maslahat bo‘lishi mumkin edi: rasm va videolaringizni internetga yuklamang, lekin buni to‘xtatmasligingizni hammamiz yaxshi tushunamiz, shundaymi? Shuning uchun, keling, dipfeyklar (raqamli nusxalar) sizni va yaqinlaringizni aldamasligi uchun nima qilish kerakligi haqida o‘ylab ko‘raylik.

Dipfeyklar texnologiyasi ancha rivojlanib ketganiga qaramay, agar siz yetarlicha e’tiborli bo‘lsangiz, uni aniqlay olishingiz mumkin. Birinchidan, mukammal kirish ma’lumotlarisiz dipfeyk hech qachon mukammal chiqmaydi. Soddaroq qilib aytganda, agar sizda to‘g‘ri yoritilgan, to‘g‘ri kamera va to‘g‘ri qo‘llar bilan olingan juda yuqori sifatli professional suratlar va videolar bo‘lmasa, sizning dipfeykingiz eng yaxshi holatda o‘rtacha sifatli bo‘lishi mumkin. Demak, unda kamchiliklar bo‘ladi, masalan:

  • ovoz lablar harakati bilan mos kelmasligi mumkin: agar tanishingiz to‘satdan g‘alati video va g‘alati iltimos yuborsa, ovoz va lablar sinxron ishlayotganini diqqat bilan tekshiring;
  • umuman olganda, tasvirning o‘zi g‘ayritabiiy tuyulishi mumkin: ko‘z harakatlari, ter rangi, tana holati, yuz ifodalariga e’tibor bering — agar suhbatdoshingiz robotga o‘xshab gapirayotgan yoki harakatlanayotgan bo‘lsa, bu hushyor bo‘lishingiz uchun sabab;
  • agar yangi iPhone’li tanishingiz birdan sizga sifatsiz video yoki shovqin va qarsillash eshitiladigan audio xabar yuborsa — bu o‘z kamchiliklarini past sifat ortiga yashirishga urinayotgan sun’iy video bo‘lishi mumkin;
  • tasvir uzilgan bo‘lishi mumkin: masalan, bo‘yin chizig‘i qayerdadir uziladi yoki yo‘qoladi, tasvir lipillab yoki silkinib ketishi mumkin — xuddi oddiy Instagram filtrlari kabi;
  • yoritilishga e’tibor bering: atrofi qorong‘i-yu, yuz haddan tashqari yoritilganmi? Yoki aksincha, atrofi yorug‘ bo‘lsa-da, yuz negadir soyada qolganmi?

Bularning barchasi tanishingiz firibgarlar qurboniga aylanganini va ular sizni ham o‘sha safga tortmoqchi ekanligining belgisi bo‘lishi mumkin. Qo‘ng‘iroqni darhol tugatib, tanishingizga qo‘ng‘iroq qiling, unga vaziyat haqida xabar bering va barcha umumiy do‘stlaringizni ogohlantirib qo‘ying.

Texnik qismni yodda tuting

Hatto eng zamonaviy firibgarliklar ham aldov va manipulyatsiyaning asosiy usullaridan foydalanishni davom etmoqda — masalan, qo‘rquv uyg‘otish, xavotirga solish, vahima qo‘zg‘atish va boshqalar.

Firibgarning ovozli xabari «imkon bo‘lsa» qarz berishni so‘raydigan muloyim iltimos bo‘lishi ehtimoldan yiroq. Ko‘pincha bu yordam so‘rab qichqiriq bo‘ladi, chunki go‘yo falokat, avariya, halokat yoki fojia yuz bergan. Sevimli mushugi o‘layotgan emish. Tanishni mashina urib ketibdi. Qamoqqa tushib qolibdi va zudlik bilan garov puli kerak emish.

Tanqidiy vaziyatlar shuning uchun ham tanqidiy hisoblanadiki, ular kamdan-kam uchraydi. Shuning uchun, hatto eng yaqin va qadrdon insoningiz to‘satdan qo‘ng‘iroq qilib yoki sizga hoziroq pul yordam so‘rab yozgan bo‘lsa ham, bir necha soniya nafas olib, ushbu maqolani eslang va odam bilan shaxsan uchrashishga harakat qiling. Xudoga shukr, bunday dipfeyk hali o‘ylab topilmagan.

Va albatta, barcha yaqinlaringizni oldindan ogohlantirishni unutmang. Shunda, agar sizning raqamli nusxangiz firibgarlarning quroliga aylansa, ular ham nima qilish kerakligini bilishadi.

*Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz.

*Maqoladagi fikr — muharrirning shaxsiy fikri bo'lib, u AVO bank pozitsiyasini ko'rsatmaydi. Bank ma'lumotlar to'g'riligi va undan foydalanish oqibatlari uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

*Maqolada tashqi resurslarga havolalar keltirilgan. AVO bank tashqi resurslardagi ma'lumotlar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

Ta'lim
29.04.2025
10 daqiqa
Said Nazrillayev
Maqola muharriri
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

AVO gapBankomatlar

UZ

+998 (78) 888-78-87

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fikr-mulohazalar
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
Qarzdorlikni so'ndirish
Bank haqida
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Bosh sahifa • 07.09

    Vaqt va pul tejashning yana bir yo‘li: aerogrilda tayyorlanadigan 1 kunlik taomnoma

    Nasiba Kamilova

  • Bosh sahifa • 03.09

    Hayp yoki haqiqat: moliyaviy blogerlarga ishonsa bo‘ladimi 

    Imana Irmanova

  • Bosh sahifa • 01.09

    Dunyoda fintex qayerga harakatlanyapti: SI, texnologiyalar va raqamli etika 

    Mariya Levina

  • Bosh sahifa • 29.08

    Toshkentda O‘RVI bilan kasallanish qanchaga tushadi

    S.Aydin

  • Bosh sahifa • 27.08

    Ta’tildan keyin byudjetni qanday tiklash mumkin: shaxsiy tajribam

    S.Aydin

  • Yangiliklar • 26.08

    Firibgarlar haqidagi mini-serialning ikkinchi mavsumini boshladik

    AVO press-markazi


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

105