«Agar lazzatli olamga sayohat qilishni va o’zingiz uchun gastronomiya mo’jizalarining yangi ta’mlarini kashf qilishni istasangiz, albatta, O’zbekistonga boring — Anqaradagi do’stlarimga shu so’zlarni doim takrorlayman. Chunki mahalliy oshxona dunyodagi eng mazali oshxonalardan biri nomini bejiz olmagan. Bunga sabablarni hozir aytib beraman...
O’zim Anqarada ishlab, o’sha yerda yashayman. Yaqinda meni ish yuzasidan jonajon shahrim Toshkentga yuborishdi. Men ham o’zi O’zbekistonni, ayniqsa, mazali va hamyonbop taomlarni juda sog’ingan edim.
Birinchi bo’lib qayerga borganligimni toping-chi! Yo’q, oshqozonim sushi so’rab hol-jonimga qo’ymadi. G’alati-a? Uzoq yillardan so’ng O’zbekistonga kelib, ovqatlanishni sushidan boshlash. Lekin oxirgi ikki yil ichida o’ta mazali, shu bilan birga kaloriyali taomlarimizni unutib qo’yganligim uchun uyqudagi oshqozonimni yog’li xonim bilan uyg’otishga qo’rqdim. Yengilroq nimadirdan boshlashga qaror qildim. Bundan tashqari, Anqarada mazali sushini karmonga og’irlik qilmaydigan narxlarda topish qiyin masala.
Shunday qilib poytaxtdagi birinchi kechki taomni sevimli Yaponamama’dan uyga buyurtma qilgan baliq va guruchdan boshladim. Ikki kishilik set narxi — 150 000 so’m. Mazasi esa kutganimdan-da a’lo. Restoran o’z brendi va taomlari sifatini yaxshi ushlaydi. Anqarada sushi ikki va hatto uch baravar qimmatga tushadi, yana ba’zida bir kishi ham to’ymay qoladi.
O’zbekiston — go’shtli taomlarni sevadiganlar makoni, undan yaxshisini topishingizga ishonmayman ham. Bozorda barra go’sht kilosi o’rtacha 100 000 so’m. Siz-u bizga yaxshi tanish bo’lgan kabob-u donerlarga qaramay, Turkiya O’zbekiston bilan solishtirilganda umuman go’shtxo’r emas. Bu yerda dukkakli ekinlarni ko’proq xush ko’rishadi, taniqli chechevitsali sho’rva merjemek — har bir tushlik uchun must have sanaladi. Bunga sabab, bir tomondan, go’sht narxining ko’kka ko’tarilishi bo’lsa, boshqa tomondan shunchaki mahalliy aholi yarim-vegancha ovqatlanishga o’rganib qolganligi bo’lishi mumkin. Nima bo’lganda ham, kabob, steyk va tandir go’sht haqida gap ketganda — O’zbekistonga yetadigani yo’q 😇
Uchib kelgan birinchi kunimdayoq kompaniyamizning yubileyini nishonlash bilan bank bo’ldim. Kechga kelib oyoqlarim poshnani bir chetga yechib, dam olishni so’radi, lekin hatto ular ham sevimli «Скандалистъ» bariga borib, zo’r-zo’r kokteyl va steyklardan lazzatlanishdan meni to’xtatib qola olishmadi. To’yimli kechki taom bizga 720 000 so’mga tushdi. Uni ichiga ikkita katta steyk bo’lagi, salat, choy va ikkita kokteyl kiradi. Bu bar arzon joylardan emas, lekin hammasi puliga yarasha, ishoning va o’zingiz tekshirib ko’ring. Lekin yonimdagi pul hamma xohishlarim uchun yetarli bo’lmaganligi sababli, xarajatlarimning bir qismini AVO platinum kredit kartasi bilan to’ladim — ishlatgan hamma pullarimni oyligimdan foizsiz qaytaraman.
Dasturxonning asosiy taomi
Dubayning yorqin bo’lagi — yangi qurilgan Toshkent City ana shunday tassurot uyg’otadi. Charog’on, go’zal, shinam. Vanihoyat shu yerda navbat palovjon bilan kabobga ham yetdi. City’ning chiroyli manzarasiga qarab «Бабай» restoranida ovqatlandik. Yoqimli oqshom, milliy oshxonamizning lazzatli taomlari, faqatgina bitta vaziyat... Ofitsiant tepamizda turib, keyingi mehmonlarga joy tayyorlash uchun ketishimizni kutib turdi. Kechki taom uchun ikki kishiga 400 000 so’m sarfladik (alkogol olmadik).
Oddiygina gastro-shodliklar
Turli mamlakatlarning restoran, bistro va kafelari ko’pligiga qaramay, stritfudni gastroturizm san’atining alohida turi deb bilaman. Ayniqsa, shunday joylarni bilsangiz. Masalan, Ekobozorga kiraverishdagi bosh darvoza yonida olot somsa tayyorlaydigan mini-vagoncha bor. Mayin yupqa xamid, bo’laklangan go’sht va sabzavotlardan tayyorlangan suvli qiyma — chempionlarning nonushtasi va tamaddisi. Faqat unga, albatta, yangi pomidor va sarimsoqli sous ham oling. Ikkita somsa va sous uchun atigi 18 000 so’m to’ladik.
Toshkentda 35 yil yashab, biror marta ham (!) dong’i dunyoga yetgan Chorsu qatorlaridagi xonimdan tatib ko’rmagan odamni ko’rganmisiz? O’sha men bo’laman. Bunday yo’qotish o’rnini tezda to’ldirish kerak edi. Axir hatto taniqli ingliz blogeri Will Eggerton ham xonimimizdan tatib ko’rganda, shu yerda tug’ilib, o’sgan fuqaro sifatida yurtdoshlarim oldidagi o’z burchimni bajarishim shart deb o’ylayman. O'ylab qarasangiz, shunchaki, kartoshka-piyozni xamir ichiga o’rab, ustidan tomat quyishgan — lekin mazasiga gap bo’lishi mumkin emas! Yana donasi bor-yo'g’i 7 000 so'mdan.
Poytaxt yuragidagi xorazm oshxonasi
Bir necha yillar avval Xorazm bo’ylab sayohat qilgandim va o’sha yerda xorazm taomlarini tatib ko’rgandim. O’zimizning an’anaviy taomlarga o’xshamasligi meni ham hayratga soldi, ham yoqimli taassurot qoldirdi.
Oradan ancha vaqt o’tibgina Toshkentda «Сазанчик» xorazm taomlari restoranlari tarmog’i borligini bildim. Bu yerda O’zbekiston janubidagi milliy taomlarni, ayniqsa, baliqni grilda yoki dudlab, qoyillatib pishirishadi. Mana masalan, tuxumbarak (tuxumli vareniklar), shivit osh (yashil lag’mon hamda go’sht va sabzavotli vadju sousi. Yana ishtahaochar chuchvara — mitti chuchvaralar sho’rva bilan yoki qovurilgan holda dasturxonga tortiladi.
Ikkita porsiya tuxumbarak, bitta shivit osh, salat va ichimliklar 430 000 so’mga tushdi.
Uyda ovqat tayyorlashni yaxshi ko’radiganlar uchun Toshkentda millionlab variantlar topiladi. Bozorlar mahalliy va import mahsulotlarga limmo-lim. Pishloq, kolbasa, go’sht, baliq va dengiz mahsulotlati — hozirgi davrda poytaxtda ta’bingizga mos mahsulotni topish qiyinchilik tug’dirmaydi. Anqarada esa, eh...
O’zbekiston bo’ylab yanayam arzonroqqa sayohat qilishingiz mumkin, buning uchun yaxshi joylarni bilsangiz va google bilan do’stlashib olsangiz bo’ldi. Kvartiralar booking’da, taksi Yandex’da, zo’r-zo’r restoranlar — tanishlar yoki shunchaki ko’chadagi o’tkinchilarning maslahati bilan topiladi. Gap ochishdan qo’rqmang, bu yerda odamlardan yordam so’rasangiz, sizni yordamsiz qoldirishmaydi.
Sayohatga ta’til va boshqa to’lovlarni kutmasdan, AVO platinum kredit kartasi bilan chiqsangiz bo’ladi. Uni onlayn ochib, jismoniy kartani AVO kartomatlaridan birida olishingiz mumkin. Tizim juda qulay, 45 kungacha imtiyozli davr — hozir va shu joyda yashashni istaydiganlar uchun ajoyib sovg’a. Sayohatga chiqing, xaridlar qiling va, albatta, yangi hamda sevimli taomlaringizdan lazzatlaning.