• AVO

  • AVO gap

  • Imtiyozli davr: bankka foizlarni to’lamaslikning iloji bormi?

Imtiyozli davr: bankka foizlarni to’lamaslikning iloji bormi?

Bankdan kredit olsangiz, uni albatta foizlar bilan qaytarishingizga to’g’ri keladi. Lekin kredit kartangiz bor bo’lsa, bankning pullaridan bepul foydalanishingiz mumkin: shunchaki ularni belgilangan davr ichida sarflashingiz va qaytarishingiz kerak. Bu davr “Imtiyozli” yoki “Foizsiz” davr deb nomlanadi.

Kredit kartasi bo’yicha imtiyozli davr — bu kredit pullarini sarflasangiz ham sizga foiz hisoblanmaydigan muddat.

U qanday ishlaydi? 

Bank sizga pul beradi va imtiyozli davrni belgilaydi. Agar siz sarflangan pullarni shu davr ichida qaytarsangiz, bank sizni komissiyalardan ozod qiladi. Aks holda u sizga kechikkanlik uchun foiz hisoblaydi.

Imtiyozli davr: bankka foizlarni to’lamaslikning iloji bormi?

Odatda imtiyozli davr 20dan 60 kungacha davom etadi, ammo shartlar bank va karta turiga qarab farq qilishi mumkin. AVO bankda ushbu davr 45 kalendar kunni tashlik qiladi: 30 kun xaridlar uchun va 15 kun sarflangan pullarni qaytarish uchun. Lekin siz birinchi 30 kun ichida pullarni sarflab, qaytarsangiz ham bo’ladi.

AVO’da imtiyozli davr hisobi bankdan kredit kartasiga pul o’tkazilgan kundan boshlanadi. Boshqa banklarda shartlar farq qilishi mumkin. Masalan, AVO bank 1-aprel kuni sizga kredit limitini ma’qulladi. Demak, imtiyozli davr 15-maygacha davom etadi. Agar siz birinchi xaridni 1-aprelda amalga oshirsangiz, qaytarish uchun yana 45 kun vaqtingiz bo’ladi. Lekin siz 30-aprelda sarflaydigan bo’lsangiz, pullarni qolgan 15 kun ichida qaytarishingizga to’g’ri keladi.

Imtiyozli davr: bankka foizlarni to’lamaslikning iloji bormi?

Imtiyozli davrning foydasi nimada? 

Tasavvur qiling, ertaga ayolingizning tug’ilgan kuni va siz sovg’a olishingiz kerak. Xuddi atay qilgandek sovg’a uchun yig’ib yurgan pulingizni tishingiz og’riganda, uni davolash uchun sarflab qo’ydingiz. Uncha katta bo’lmagan xarajat uchun kredit olish — arzimaydi. Vaqtni yo’qotmasdan AVO platinum kredit kartasini rasmiylashtirishga kirishasiz. Bank 45 kungacha imtiyozli davr bilan sizga 1 million so’mni ma’qullaydi. Shu kuniyoq zo’r sovg’a olib, ayolingizni xursand qilasiz. 14 kundan keyin esa kartangizga oylik ish haqingiz tushadi va kredit kartasidan qancha sarflagan bo’lsangiz, roppa-rosa shuncha qaytarasiz.

AVO platinum kredit kartasi

Kartangizga 100 mln so'mgacha pul oling — 45 kungacha 0%

Bepul ochish

Imtiyozli davr nimalarga amal qiladi?

Imtiyozli davr onlayn va oflayn xarid hamda xizmatlar uchun to’lovlarga amal qiladi. Ammo siz naqd pul qilishni yoki boshqa kartaga o’tkazishni istasangiz, bank o’z xizmatlari uchun komissiya ushlab qoladi. Komissiya miqdori bank tariflariga bog’liq.

Imtiyozli davr: bankka foizlarni to’lamaslikning iloji bormi?
Imtiyozli davrda komissiyalarsiz
Imtiyozli davrda komissiyalar bilan
Oziq-ovqat, kiyim, maishiy texnika va boshqalarni plastik kredit kartasi orqali xarid qilish
Kredit pullarni bankomatlardan naqdlashtirish
Kiyim, texnika, gullar va boshqalarni onlayn buyurtma qilish
Mobil ilova orqali boshqa kartaga pul o’tkazish
Internet, uy to’lovlari, taksi va boshqalarni AVO ilovasi orqali to’lash



Imtiyozli davrda pullarni qaytarishga ulgurmasangiz nima bo'ladi?

Bank sizga foiz hisoblashni boshlamasligi uchun hech bo’lmaganda majburiy to’lovni to’lab qo’ying. Ushbu to’lov miqdorini bank sayti yoki mobil ilovasida, masalan, AVO ilovasidagi  maxsus jadvalda ko’rishingiz mumkin.

Imtiyozli davr: bankka foizlarni to’lamaslikning iloji bormi?

Nimalarni eslab qolish muhim? 

  1. Kredit kartasi bo’yicha imtiyozli davrda siz kredit pullarini sarflashingiz va bankka foizlarsiz qaytarishingiz mumkin;
  2. Imtiyozli davrni yana foizsiz yoki greys-davr deb ham atashadi;
  3. AVO’da imtiyozli davr hisobi bank tomonidan kartangizga pul o’tkazilgan kundan boshlanadi, boshqa banklarda boshqacha bo’lishi mumkin;
  4. Imtiyozli davr mobaynida bemalol onlayn va oflayn xaridlar qilishingiz mumkin. Agar sarflangan pullarni shu davrda qaytarsangiz, hech qanday komissiya to’lamaysiz;
  5. Imtiyozli davr mobaynida ham o’tkazma va naqd pul qilishga yuqori komissiya va foizlar hisoblanadi. Kredit kartasidan naqd pul yechish ko’pincha foydadan ko’ra xarajat keltiradi;
  6. Agar qarzdorlikni imtiyozli davrda so’ndirishga ulgurmayotgan bo’lsangiz, majburiy to’lovni qiling — bu bank sizga yuqori foizlarni hisoblashini oldini oladi. 

*Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz.

📖 Ta'lim💳 AVOlogiya
10.05.2024
1 daqiqa
Аvoboy
Sariq moliyaviy yordamchingiz
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fikr-mulohazalar
AVO gapBankomatlar

UZ

+998 (78) 888-78-87
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
Qarzdorlikni so'ndirish
Bank haqida
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 21/10/2025

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Yangiliklar • 21.10

    AVO platinum tariflaridagi o‘zgarishlar

    AVO press-markazi

  • Bosh sahifa • 21.10

    O‘zbekistonda qanday qilib styuardessa bo‘lish mumkin? Osmon sari karyera zinapoyasi

    Nina Cherednikova

  • Bosh sahifa • 19.10

    O‘zbekistonda yosh oila qanday qilib uy sotib olishi mumkin?

    Yuna Korostelyova

  • Bosh sahifa • 17.10

    🍵 Uyda kuzgi shifobaxsh choylar damlaymiz 

    Kamilla

  • Bosh sahifa • 15.10

    Firibgarlar siz kutmagan yerdan chiqadi: aldanib qolishingiz mumkin bo‘lgan sohalar

    Nina Cherednikova

  • Yangiliklar • 14.10

    AVO sayohat finali 🎉

    Аvoboy


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

2 870