• AVO

  • AVO gap

  • Donni saqlashdan zamonaviy omonatlargacha

Donni saqlashdan zamonaviy omonatlargacha

Omonatlar tarixi ibodatxonalardagi ilk don omborlaridan to zamonaviy fintex xizmatlarigacha — ming yillarni o‘z ichiga oladi. Ushbu maqolada Bobil shahrining birinchi bankiri kim bo‘lgani, foiz stavkalari qanday paydo bo‘lgani, Medichi banklari moliyaviy dunyoni nima uchun o‘zgartirganini va XX asr inqirozlari omonatlarni sug‘urtalashga qanday olib kelgani haqida gaplashamiz.

Lombarddagi savdo-sotiq. Kocharelli risolasi, taxminan 1330-yil. London, Britaniya kutubxonasi, 27695-sonli qo‘lyozma, 7-asr.

Вobil: ilk foizlar

Miloddan avvalgi VI asrda bobilliklar o‘z boyliklari — don va qimmatbaho buyumlarni ibodatxonalarda saqlashgan. Ibodatxonalar xalqning e’tiqodi tufayli talon-taroj qilinmagan, buning ustiga ular yaxshi qo‘riqlangan. Shunday qilib, zamonaviy banklar va omonatlarning dastlabki ko‘rinishlari paydo bo‘la boshlagan.

Omonatchilarning saqlagan boyliklariga foiz berilgan. Agar don topshirisha, kelishilgan muddatda ibodatxonaga topshirishganidan ozgina ko‘proq miqdorda qaytarib olishgan.

Iskandarning Bobilga kirishi, 1664-yil, Sharl Lebren.

Bobilning birinchi bankiri Nabu-ahhe-iddin bo‘lib, u Egibi bankini yaratgan. U yillik 13,3 foiz bilan kumush ko‘rinishida kredit bergan, xurmo va arpaga esa (garovsiz va kafillarsiz) 40 foizlik stavkada qarz bergan. Bobil savdogarlaridan biri Nabu-ahhe-iddinga 3 kg kumushni ishonib topshirgan — bu Egibi bankidagi eng katta omonat edi.

Qadimgi Rimda pulni qanday saqlashgan

Rimda bundan ikki ming yil avval ham omonatlar bor edi. Rim qonunchiligida «depositum» so‘zi saqlash shartnomasini anglatardi. Odamlar o‘z pulini yoki qimmatbaho buyumlarini mahalliy sarroflar — argentariylarga ishonib topshirib, evaziga tilxat olishardi.

Qadimgi Sharqning chek daftarchalari

Buyuk Ipak yo‘li Xitoy, O‘rta Osiyo, Fors va Yevropani bog‘laydigan savdo yo‘llari tarmog‘i bo‘lgan. VIII–IX asrlarda bu yerda savdogarlar ipak, ziravorlar va oltin bilan savdo qilishgan. Ular yo‘lda bo‘lganlarida tovarlarini saqlash uchun joy kerak bo‘lardi.

Odamlar ziravorlar, matolar yoki qimmatbaho buyumlarni omborxonalarga topshirardilar. Ularga savdogarning to‘lovga qodir ekanligini tasdiqlovchi qog‘oz — tilxat berilardi.

Bu o‘ziga xos omonatlar edi: tovar qimmatli qog‘ozlarga aylantirilib, ular bilan Buyuk Ipak yo‘lining asosiy manzillarida ayirboshlash va hisob-kitob qilish mumkin bo‘lgan.

Italiya, Toskana, Prato — Pratodagi San-Fransisko cherkovida Nikkolo Jerini freskasida tasvirlangan Toskana bankirlari, 1395-yil

O‘rta asr Yevropasi: Medichi banklari va ilk pul o‘tkazmalari

XIV–XVI asrlarda Rim qulashi natijasida bank tizimi yo‘q bo‘lib ketdi, lekin Yevropada savdo-sotiqning rivojlanishi bilan u qayta tiklandi.

Florensiyadagi Medichi oilasi ikki tomonlama buxgalteriya hisobini o‘ylab topdi, bu usuldan banklar haligacha foydalanishyapti. Ular pulni saqlar, qarz berar, turli shaharlardagi filiallar o‘rtasida cheklar yozib berardi — bu zamonaviy pul o‘tkazmalari tizimining ilk ko‘rinishi edi.

Barselonadagi Taula de Canvi shahar jamg‘arma kassalariga o‘xshash shahar banklari ham paydo bo‘ldi.
Venetsiya va Genuyadagi jirobanklar pulni saqlash uchun qabul qilar va bir hisobraqamdan boshqasiga o‘tkazar edi. Italyancha «giro» so‘zi «aylanma» degan ma’noni anglatadi.

Amsterdamdagi eski ratusha, 1657-yil, Piter Saenredam.

Zamonaviy omonatlarning paydo bo‘lishi

XVI–XIX asrlarda Angliyada zargarlar mijozlardan pulini saqlash uchun qabul qilib, buning evaziga tilxat bera boshladilar. Lekin vaqt o‘tishi bilan, mijozlar o‘z omonatlarini uzoq vaqt olib ketmayotganini ko‘rdilar. Bu esa pulning bir qismini qarzga berish imkonini yaratdi — shunday qilib, banklar hozirgi kungacha qo‘llayotgan qisman zaxira tamoyili vujudga keldi.

1609-yilda Niderlandiyada Bank of Amsterdam ochildi. U omonatlarni qabul qilar va savdo uchun hisob-kitob birligi sifatida bank florinini muomalaga kiritdi. Omonatlar turli xil valyutalarda qabul qilinsa-da, hisob-kitoblar florinlarda yuritilardi. Bu holat AQSH dollari shunday birlikka aylangan yaqin o‘tmishni eslatadi, to‘g‘rimi?

XIX asrda aksiyadorlik banklari paydo bo‘ldi, ularning asosiy sarmoyasi aksiyadorlarning omonatlari edi. Bu pul sanoat va savdoni rivojlantirishga ishlatilardi. Aksiyadorlar tikkan puli hisobiga ochilgan korxonadan daromad olishardi.

XX asr: omonatchilar himoyasi

Banklar soni ko‘paygan bo‘lsa-da, inqiroz va urushlar tufayli omonatchilar pulini banklarda saqlashi xavfli bo‘lib qoldi. Odamlarni himoya qilish uchun davlat kafolatlari paydo bo‘ldi.

AQShda 1933-yilda Depozitlarni sug‘urtalash federal korporatsiyasi (FDIC) ochildi. Bank yopilsa, jamg‘arma mijozlarga pulini qaytarib berardi.

Keyinchalik Buyuk Britaniya, Kanada, Germaniya, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda shunga o‘xshash tizimlar paydo bo‘ldi. Bank xizmatlaridan foydalanish ancha ishonchliroq bo‘lib qoldi.

200 mln so‘mgacha omonat himoyasi

Hoziroq onlayn AVO omonatini oching

Omonat ochish

XXI asr: fintex rivoji

Qadimda odamlar o‘z boyliklarini saqlash uchun ularni ibodatxonalarga ishonib topshirar, sahrolar osha karvonlarda olib o‘tar yoki lombardlarning qalin eshiklari ortiga yashirar edilar. Keyinchalik Medichi banklari ikki yoqlama buxgalteriya hisobini yaratdi, gollandlar esa bank florinini o‘rnatdi. Bularning barchasi bugungi kunda biz biladigan omonatlarga asos bo‘ldi.

Endi omonat ochish uchun dengizlarni kesib o‘tish yoki shahar jamg‘arma kassasida navbatda turish shart emas. Smartfon va bir necha daqiqa yetadi. O‘zbekistonda, masalan, ilovaning o‘zida AVO omonatini ochish mumkin. U yillik 25% gacha daromad keltiradi, istagan paytda pul qo‘shish va yechib olish imkonini beradi hamda 200 mln so‘mgacha bo‘lgan summalar davlat kafolati ostida bo‘ladi. Ming yillar avvalgidek boylikni saqlab, ko‘paytiradi, lekin hozir u har qachongidan ham tezroq, qulayroq va ishonchliroq ishlayapti.

*Maqolada keltirilgan ma’lumotlar saytga joylashtirilgan vaqt uchungina amal qiladi: fikrlar muallifning shaxsiy qarashlarini aks ettiradi va AVO bank'ning rasmiy nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin. Bank havola qilingan tashqi manbalar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi, ko‘rsatilgan narxlar esa taxminiy xarakterga ega. Qaror qabul qilishdan oldin eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.

PulTa'lim
17.08.2025
11 daqiqa
Nasiba Kamilova
Maqola muharriri
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

AVO gapBankomatlar

UZ

+998 (78) 888-78-87

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fikr-mulohazalar
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
Qarzdorlikni so'ndirish
Bank haqida
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Bosh sahifa • 07.09

    Vaqt va pul tejashning yana bir yo‘li: aerogrilda tayyorlanadigan 1 kunlik taomnoma

    Nasiba Kamilova

  • Bosh sahifa • 03.09

    Hayp yoki haqiqat: moliyaviy blogerlarga ishonsa bo‘ladimi 

    Imana Irmanova

  • Bosh sahifa • 01.09

    Dunyoda fintex qayerga harakatlanyapti: SI, texnologiyalar va raqamli etika 

    Mariya Levina

  • Bosh sahifa • 29.08

    Toshkentda O‘RVI bilan kasallanish qanchaga tushadi

    S.Aydin

  • Bosh sahifa • 27.08

    Ta’tildan keyin byudjetni qanday tiklash mumkin: shaxsiy tajribam

    S.Aydin

  • Yangiliklar • 26.08

    Firibgarlar haqidagi mini-serialning ikkinchi mavsumini boshladik

    AVO press-markazi


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

61