3 daqiqa

Texnologiyalar moliyani kuchliroq qilganda: HiveTech × AVO bank hamkorligi 

Bank sohasida raqamlar va algoritmlar ko‘p narsani hal qiladi. Lekin ular haqiqatan samarali bo‘lishi uchun jarayonlarni chuqur tushunish kerak. Aynan shu yondashuv bilan AVO bank o‘z qarzlarni undirish tizimini tekshirishga qaror qildi — shunchaki formal audit emas, balki haqiqiy tekshiruv o‘tkazdi.

Auditni moliya sohasidagi jarayonlarni raqamlashtirishga ixtisoslashgan mustaqil maslahatchi — HiveTech kompaniyasi o‘tkazdi. Maqsad esa oddiy «tekshirish» emas, balki tizimni tirik organizm sifatida ko‘rib chiqib, qayerda samarali ishlayotgani va qayerda kuchsizlashayotganini aniqlash edi. 

Boshqa burchakdan nazar 

Yangi Collection CRM tizimini ishga tushirishdan avval AVO jamoasi jarayonlarni to‘xtatib, qarzdor mijozning butun yo‘lini jarayonlar, mantiq va ma’lumotlar nuqtayi nazaridan qayta ko‘rib chiqishga qaror qildi. 

HiveTech bilan o‘tkazilgan audit o‘sish uchun muhim nuqtalarni ko‘rsatdi va aniq yo‘l xaritasini belgilab berdi. Bu oddiy hisobot emas, balki qarz undirishning yangi avlod strategiyasini yaratishga yordam beradigan haqiqiy amaliy vosita. Jamoa uchun bu « tizimni tuzatish» emas, balki nima uchun u shunday ishlayotgani va texnologiyalar bankning moslashuvchan, innovatsion va mijozga yo‘naltirilgan bo‘lish qobiliyatini qanday kuchaytirishi mumkinligini anglash imkoniyati bo‘ldi. 

Jarayon nimalardan iborat edi 

HiveTech auditi IT-infratuzilma va tizimlar orasidagi aloqadan hisobot va analitika, kol-markaz faoliyati va mijozlar bilan muloqot sifatigacha —  qarz undirish samaradorligini belgilovchi barcha tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oldi. Shuningdek, xodimlarni o‘qitish, nazorat tizimi va skiptrace — mijozlarning aloqa ma’lumotlarini aniqlash va yangilash jarayonlari ham o‘rganildi. Tadqiqot usullari jurnalistik tergovga o‘xshardi: biznes egalari bilan intervyular, skriptlarni tahlil qilish, «yashirin kuzatuvlar» va test qo‘ng‘iroqlar orqali jarayonlar chuqur o‘rganildi. . 

Biz muammolarni qayd qilish bilan cheklanmadik. Maqsadimiz — bank qaysi qadamlar ertadanoq natija berishini va qaysilari strategik yondashuvni talab qilishini tushunishi uchun rivojlanish yo‘nalishini belgilash edi.

Quick Wins’dan strategiya tomon yo‘l 

Audit yakunida qarz undirish tizimini rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqildi. Unda tezkor natija beruvchi (Quick Wins) o‘zgarishlar bilan bir qatorda, bankning uzoq muddatli strategiyasiga ta’sir qiluvchi tizimli yangilanishlar ham joy oldi. Bu xarita AVO bank hozirda HiveTech bilan birgalikda ishlab chiqayotgan yangi Collection CRM tizimining asosini tashkil etadi. 

Keyingi qadamlar 

Endi navbat yanada murakkab yo‘nalishlar — qarz undirish jarayoni faqat avtomatlashtirishni emas, balki yuqori darajadagi yuridik aniqlikni ham talab qiladigan Hard va Legal Collection bosqichlariga keldi. 

Biz HiveTech bilan hamkorlikni davom ettirishni va qarz undirish tizimini har bir bosqichi o‘lchanadigan, shaffof va boshqariladigan darajaga olib chiqishni rejalashtiryapmiz. 

Kontekst 

AVO bank O‘zbekistonning raqamli banking bozorida eng faol o‘yinchilardan biri hisoblanadi. Bank nafaqat to‘liq onlayn mahsulotlarni taklif etish, balki texnologiyalar va mijoz qulayligi birlashadigan zamonaviy moliyaviy xizmatni yaratishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

HiveTechIT Park Uzbekistan rezidenti bo‘lib, moliya sektoridagi biznes jarayonlarini avtomatlashtirishga ixtisoslashgan IT-kompaniya. Ularning low-code Hive Platform konstruktori biznesning aniq vazifalariga mos ravishda har qanday murakkablikdagi IT-tizimlarni tezkor va murakkab kodlarsiz yaratish imkonini beradi. 

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda