• AVO

  • AVO gap

  • AVO bank: korrupsiyaga qarshi kurashish va shaffoflikni qo’llab-quvvatlash davr talabi 

AVO bank: korrupsiyaga qarshi kurashish va shaffoflikni qo’llab-quvvatlash davr talabi 

Hozirgi zamonda moliya institutlariga bo‘lgan ishonch faqat bank mahsulotlari va xizmatlari orqali emas, balki uning biznesni yuritish siyosatiga muvofiq shakllanadi. Transparency International korrupsiyaga qarshi kurashish va butun dunyoda korrupsiya darajasini tadqiq qilish xalqaro nodavlat tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, korrupsiya sababli dunyo iqtisodiyoti har yili 2,6 trillion dollargacha zarar ko’radi. Bu nafaqat moliyaviy tashkilotlar obro‘-e’tiboriga, balki ularning barqarorligiga ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid qilishi mumkin. 

Rasmiyatchilik o'rniga shaffoflik 

AVO bank’da korrupsiyaga qarshi kurash hisobot yuritish bilangina yakunlanmaydi. Bu strategik yo‘nalish. Bank maxsus antikorrupsiya siyosatini joriy qildi. U manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish, xodimlarni bosimdan himoya qilish va halollik standart hisoblanadigan madaniyatni shakllantirishga qaratilgan. 

Bugun dunyoning yetakchi banklari aynan shunday modelni faol singdirib, compliance tizimlari hamda qonunbuzarliklar haqida xabar berishuvchi mustaqil aloqa kanallariga millionlab investitsiyalar kiritishmoqda. O‘zbekiston ham xuddi shu yo‘nalishda harakatlanmoqda: Markaziy bank talablari kuchaymoqda, benefitsiarlar registrlari ishga tushmoqda, korporativ boshqaruvning roli ortmoqda. 

2025: korrupsiyaga qarshi murosasiz yil 

2025-yilda AVO bank antikorrupsiya bo’yicha tashabbuslar yo‘l xaritasi doirasida chora-tadbirlarni yanada kuchaytiradi. Bu barcha jarayonlar «ikki asos» tamoyili asosida verifikatsiyadan o’tkazilishini anglatadi. Mijoz va hamkor qonunbuzarliklar haqida xavfsiz va maxfiy ravishda xabar qilishi mumkin. Tranzaksiyalar nazorati esa yangi IT-yechimlar yordamida real vaqt rejimida amalga oshiriladi. 

Xatarlarga qarshi birlashamiz 

Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, xodimlar va mijozlar biznes jarayonlariga jalb etilgan joyda antikorrupsiya tizimi samaraliroq ishlaydi. Deloitte tadqiqotlariga ko‘ra, kompaniyalardagi firibgarlik holatlarining 43% aynan ichki xabarlar orqali aniqlanadi. 

AVO bank ham shu yo‘nalishda oldinga harakatlanmoqda. Biz murojaatlar uchun kanallar yaratibgina qolmay, muammo haqida ochiq-oydin gapirishni mas’uliyat belgisiga aylantirmoqdamiz. 

Nima sababdan bu hammaga tegishli 

Korrupsiya ishonchni yemiradi. Ishonch esa moliya sektorining asosiy kapitali. Mijozlar uchun bu ularning mablag’i ishonchli qo‘llarda ekanligini kafolatlaydi. Hamkorlar uchun — qoidalar halolligiga ishonchni orttiradi. Jamiyat uchun esa — moliya tizimi yetuklik va barqarorlik sari intilayotganligini ko’rsatadi. 

Biz haqiqat bosh aktiv sifatida ishlaydigan va hammaga foyda keltiradigan moliyaviy kelajakni qurish yo’lidamiz. 

11.09.2025
1 daqiqa
Artyom Popov

Bosh sahifa

Moliya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • Mikroqarz
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar
AVO gapBankomatlar

UZ

  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Bank haqida
+998 (78) 888-78-87
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2026,«AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 14/03/2026

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.