• AVO

  • AVO gap

  • Pulni to'g'ri yig'ish va ziqna bo'lib qolmaslik yo'llari

Pulni to'g'ri yig'ish va ziqna bo'lib qolmaslik yo'llari

Ertangi kunga ishonch bilan qarashni va kundalik zaruriy ehtiyojlardan ko‘ra ko‘proq narsalarni o‘zingizga ravo ko‘rishni istaysizmi? Unda siz ham, ehtimol, quyidagi muammoga duch kelgansiz: hayot lazzatlaridan voz kechmaslik bilan birga, xasisga ham aylanib qolmasdan qanday qilib pul jamg‘arish mumkin?

Ushbu maqolada men Tailand sayohatiga, individual rassomchilik darslariga va 30 Seconds to Mars guruhining konsertiga atigi bir yil ichida pul yig‘ishga yordam bergan hayotiy tajribalarimni sizlar bilan baham ko‘raman. Shuningdek, siz o‘zingizni qulay va ishonchli his qilishingiz uchun sog‘lom va to‘g‘ri moliyaviy xulq-atvorni qanday saqlash haqida bilib olasiz.

Ilhomlantiradigan moliyaviy maqsadlarni qanday qo‘yish mumkin?

Xo‘sh, pul yig‘ishni boshlashdan oldin, avvalo, moliyaviy maqsadlaringizni aniqlab olishingiz zarur. Axir siz motivatsiyangizni yo‘qotib, yarim yo‘lda to‘xtab qolishni istamaysiz-ku? Maqsadlar esa harakatlarimizga ma’no bag‘ishlaydi. Ularsiz harakat xuddi finish chizig‘i qayerdaligini bilmay marafon yugurish kabidir.

Moliyaviy maqsadni to‘g‘ri belgilash uchun o‘zingizga quyidagi bir necha savollarni bering:

1. Nimaga erishmoqchiman?
2. Buning uchun qancha mablag‘ kerak bo‘ladi?
3. Buni qachon amalga oshirmoqchiman?

Moliyaviy maqsad shunchaki mavhum g‘oya emas, balki sizni ruhlantiruvchi aniq voqea yoki xarid bo‘lishi lozim. Shaxsan men uchun bunday maqsadlardan biri sevimli guruhim 30 Seconds to Mars’ning jonli konsertiga tushish edi. Ko‘z oldimga muxlislar orasida turib, sevimli qo‘shiqlarimga raqsga tushayotganimni va har bir daqiqadan zavqlanayotganimni keltirdim. Bu tasavvur menga motivatsiyamni yo‘qotmaslikka yordam berdi.

Pulni to'g'ri yig'ish va ziqna bo'lib qolmaslik yo'llari

Vaqt sinovidan o‘tgan hayotiy maslahatlar

Tejash oson ko‘rinishi mumkin. Benjamin Franklinning o‘gitiga amal qilish kifoya: «Topgan pulingdan bir chaqa kam sarf qil». Lekin hammasi bunchalik oson emas. Bejiz emas, aql bilan tejash bo‘yicha ko‘plab maslahatlar va usullar mavjud. Turli yondashuvlarni sinab ko‘rib va ko‘p xatolar qilib, men o‘zim uchun tejashning eng samarali va mos keladigan uchta usulini topdim. Ularni siz bilan ham o‘rtoqlashmoqchiman:

Kirim-chiqimlar kundaligi

Men uchun eng foydali hayotiy ko‘nikmalardan biri barcha xarajatlarim va daromadlarimni yozib borish bo‘ldi. Xarajatlarimni tahlil qilib, Wildberries va Uzum Market’da impulsiv xaridlar qilish yoki beshtacha foydalanilmayotgan pulli obunalar kabi moliyaviy odatlarimni yaxshiroq tushunib yetdim.

Tan olishim kerak, meni xarajatlarni yon daftarga yozib qo‘yish yoki Excel’da murakkab jadvallar tuzishimga to‘g‘ri keladi degan qo‘rquv uzoq vaqt ushlab turgan edi. Yaxshiki, hozirgi kunda daromad va xarajatlarni qulay va tez hisobga olish uchun ko‘plab ilovalar mavjud. Shaxsan men CoinKeeper’dan foydalanaman, lekin MoneyManager, pro.financy, MoneyLover va boshqa ajoyib variantlar ham bor. Ilovalar orqali moliyaviy hisobotni yuritish tez orada odatga aylanadi. Bundan tashqari, ular istalgan davr uchun toifalar bo‘yicha batafsil statistikani taqdim etadi, bu esa moliyaviy rivojlanishni osongina kuzatib borish imkonini beradi.

Pulni to'g'ri yig'ish va ziqna bo'lib qolmaslik yo'llari

Chegirmalar, aksiyalar va bonuslar

Yana bir muhim hayotiy maslahat — chegirmalar va aksiyalardan foydalanish bo‘ldi. Sevimli do‘konlarimning xabarnomalariga obuna bo‘ldim va doimiy ravishda maxsus takliflarni kuzatib bordim. Bu menga sifatli narsalarni qulay narxda xarid qilish imkonini berdi. Misol uchun, men qatnashmoqchi bo‘lgan tasviriy san’at kurslariga «Barakali juma» kuni ajoyib chegirma taklif etildi. Shu tufayli 1 million so‘m mablag‘ni tejab qoldim va uni keyingi maqsadim — Tailand sayohatiga ajrata oldim.

Bunga kredit kartalaridan foydalanish bonuslari ham kiradi, masalan, hamkorlik chegirmalari, keshbek va sodiqlik dasturlari. Xususan, AVO platinum kredit kartasini rasmiylashtirganingizda 25 000 so‘m bonus olasiz, so‘ngra AVO‘ga taklif qilgan har bir do‘stingiz uchun yana 25 000 so‘mdan qo‘lga kiritasiz.

«50/30/20» usuli

Yana bir samarali vosita — «50/30/20» usulidir. Bu usul tufayli men har oy ma’lum miqdordagi mablag‘ni jamg‘arib, uni turli toifalarga taqsimlayman.

Ushbu usulning mohiyati quyidagicha:

  • Daromadning 50 foizi asosiy ehtiyojlarga (turar joy, oziq-ovqat, kommunal xizmatlar) sarflanadi.
  • 30 foizi shaxsiy xarajatlarga (hordiq chiqarish, xizmatlar va ko‘ngil uchun xaridlar) ajratiladi.
  • 20 foizi jamg‘arma va investitsiyalarga yo‘naltiriladi.

Misol uchun, kecha Seoul Mundagi rejadan tashqari kechki ovqatdan so‘ng o‘zimni aybdor his qilishim mumkin edi. Ammo unday bo‘lmadi, chunki bu kechki ovqat «ko‘ngilochar tadbirlar uchun 30 foiz» xarajat bo‘limiga kirishini bilaman.

Byudjet tuzishning bu oddiy va tushunarli usuli xarajatlarimga ustuvorlik berishimda yordam beradi. Bundan tashqari, jamg‘armalarim ko‘payib borgani sari intizomli bo‘lishim tobora osonlashib bormoqda.

Pulni to'g'ri yig'ish va ziqna bo'lib qolmaslik yo'llari

O‘zimni xafa qilmasdan motivatsiyani qanday saqlab qoldim?

Motivatsiyani saqlab qolish uchun tejamkorlik — lazzatlardan voz kechish emas, balki oddiy narsalardan zavq olish va oqilona xarid qilish mahoratini kerakligini tushunish muhimdir. Bundan tashqari, o‘zingiz uchun nimani tejash kerak emasligini aniqlab olishingiz lozim. Masalan, men hech qanday tejamkorlik aqliy va jismoniy salomatlikka zarar keltirmasligi kerak degan tamoyilga amal qilaman. Shu sababli, tibbiyot va psixologiya sohasidagi xizmatlar hamda mutaxassislardan tejab qolmayman.

Yoki yaqinda bo‘lib o‘tgan kundalik hayotdan misol: manikyurni uyda qildim va tejalgan pulga Ayollar Stand-up’iga bordim. Yana bir misol: Korzinkadagi xaridlarni minimallashtirdim. Oziq-ovqat mahsulotlarini bozordan xarid qila boshladim va bir oy ichida 2,5 million so‘mdan ortiq mablag‘ tejadim. Bunda o‘zimni xafa qilayotganim yo‘q. Men shunchaki muvozanatni saqlashga va ayni paytda farovonligim uchun muhim bo‘lgan narsalarni tanlashga harakat qilaman, bunda pirovard maqsadni ham unutmayman.

AVO platinum bilan jamg'armalar haqida unuting

Kartani bir daqiqada oching va rejalaringizni amalga oshiring

Kartani olish

Xulosa

Xulosa qilib aytganda, moliyaviy mablag‘larni oqilona boshqarish — bu har bir inson o‘zlashtira oladigan mahoratdir. O‘zingiz uchun ilhomlantiradigan maqsadlarni belgilang, daromad va xarajatlaringizni hisobga oling, byudjetni samarali taqsimlash usullaridan foydalaning va chegirmalar hamda aksiyalarni nazardan qochirmang. Motivatsiyangizni saqlab qoling va shuni yodda tutingki, tejamkorlik — bu hayot quvonchlaridan voz kechish emas, balki moliyaviy erkinlikka erishish yo‘lidir. Bugundan boshlab o‘z yo‘lingizni boshlang va maqsadlaringizga erishish qanchalik osonlashganini ko‘rib, hayratda qolasiz!

Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz

*Maqoladagi fikr — muharrirning shaxsiy fikri bo'lib, u AVO bank pozitsiyasini ko'rsatmaydi. Bank ma'lumotlar to'g'riligi va undan foydalanish oqibatlari uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

*Narxlar taxminiy va faqat nashr etilgan vaqtdagina amal qiladi.

Pul
02.10.2024
10 daqiqa
Tatyana Nitchenko
Maqola muharriri
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

AVO gapBankomatlar

UZ

+998 (78) 888-78-87

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
Qarzdorlikni so'ndirish
Bank haqida
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fikr-mulohazalar
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Bosh sahifa • 07.09

    Vaqt va pul tejashning yana bir yo‘li: aerogrilda tayyorlanadigan 1 kunlik taomnoma

    Nasiba Kamilova

  • Bosh sahifa • 03.09

    Hayp yoki haqiqat: moliyaviy blogerlarga ishonsa bo‘ladimi 

    Imana Irmanova

  • Bosh sahifa • 01.09

    Dunyoda fintex qayerga harakatlanyapti: SI, texnologiyalar va raqamli etika 

    Mariya Levina

  • Bosh sahifa • 29.08

    Toshkentda O‘RVI bilan kasallanish qanchaga tushadi

    S.Aydin

  • Bosh sahifa • 27.08

    Ta’tildan keyin byudjetni qanday tiklash mumkin: shaxsiy tajribam

    S.Aydin

  • Yangiliklar • 26.08

    Firibgarlar haqidagi mini-serialning ikkinchi mavsumini boshladik

    AVO press-markazi


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar