Kredit karta — bu qulay moliyaviy vosita, biroq to‘lovlar nazoratdan chiqib ketsa, muammolarga duch kelish mumkin. Bir oy maoshgacha mablag‘ yetishmadi, keyingi oy kutilmagan xarajatlarni qoplashga to‘g‘ri keldi. Natijada qarz miqdori kattalashdi, foizlar yig‘ildi, jarimalar qo‘shildi va oxir-oqibat bu vaziyatdan chiqish ancha qiyinlashdi.
Kredit karta qarzidan butunlay qutulish mumkinmi? Ha, lekin barchaga ham bunday imkoniyat berilmaydi. Qaysi vaziyatda bank qarzni bekor qilishi mumkin, bu qanday qonunlar bilan tartibga solinadi va agar to‘lov qilishning imkoni bo‘lmasa, qarz yukini qanday yengillashtirish mumkin — bularni ko‘rib chiqamiz.
Qachon kredit karta qarzi bekor qilinishi mumkin?
Kredit qarzini to‘liq bekor qilish mumkin bo‘lgan uchta asosiy holat mavjud:
- Bankrotlik. Agar qarzdor o‘z majburiyatlarini bajara olmasa va uning sotiladigan mol-mulki bo‘lmasa, sud uni bankrot deb tan olishi mumkin. Biroq bu kredit tarixiga jiddiy zarar yetkazadi — kelgusi yillarda yangi kredit olish deyarli imkonsiz bo‘ladi.
- Da’vo muddati tugashi. O‘zbekistonda kredit qarzlari bo‘yicha da’vo muddati — 3 yil. Agar bank ushbu muddat ichida sudga murojaat qilmasa, u rasmiy ravishda qarzni undira olmaydi. Biroq muhim jihat bor: agar shu vaqt ichida hech bo‘lmaganda bitta to‘lov amalga oshirilsa, da’vo muddati qaytadan hisoblanadi.
- Bank bilan kelishuv. Ba’zan banklar mijozlarning moliyaviy ahvolini inobatga olib, ularga yordam berishga tayyor bo‘ladi. Bu odatda qarzni qayta tuzish (restrukturizatsiya) orqali amalga oshiriladi — bank foiz stavkasini pasaytirishi, to‘lov muddatini uzaytirishi yoki hatto jarimalarni bekor qilishi mumkin.
Kredit karta qarzidan qanday qutulish mumkin?
Agar siz qarzni to‘lashning imkoni yo‘qligini tushunsangiz, imkon qadar tezroq harakat qilishni boshlang. Vaqt o‘tishi bilan qarz miqdori yanada oshadi, shuning uchun quyidagi qadamlarni bajarish tavsiya etiladi:
Agar qarzni bekor qilishning imkoni bo‘lmasa, nima qilish kerak?
Agar bank qarzni bekor qilishga rozi bo‘lmasa, qarz yukini kamaytirishning boshqa usullarini ko‘rib chiqish mumkin:

Qo‘shimcha xarajatlarsiz moliyaviy tanaffus!
AVO platinum kartasi bilan to‘lov qiling va 45 kungacha foizsiz muddatdan foydalaning
Xulosa
O‘zbekistonda kredit karta qarzini to‘liq bekor qilish faqat ayrim hollarda — bankrotlik, da’vo muddati tugashi yoki bank bilan kelishuv asosida amalga oshirilishi mumkin. Agar bunday imkoniyat bo‘lmasa, vaziyatni cho‘zmaslik kerak: qarzni qayta tuzish (restrukturizatsiya) bo‘yicha bank bilan kelishish, qisman to‘lovlarni amalga oshirish yoki qo‘shimcha daromad manbalarini topish tavsiya etiladi. Eng muhimi — muammodan qochmaslik, chunki vaqt o‘tishi bilan qarz miqdori yanada oshib borishi mumkin.
*Ushbu maqola faqat umumiy tushuncha va ma’lumot uchun. Material yuridik maslahat hisoblanmaydi: matn malakali yurist tomonidan tayyorlanmagan, unda soddalashtirishlar, noaniqliklar yoki eskirgan ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. Qaror qabul qilishda yoki qanday yo‘l tutishni tanlashda faqat ushbu materialga tayanmang. Professional huquqiy yordam kerak bo‘lsa, malakali mutaxassislarga murojaat qilganingiz ma’qul.

