• AVO

  • AVO gap

  • Hayp yoki haqiqat: moliyaviy blogerlarga ishonsa bo‘ladimi 

Hayp yoki haqiqat: moliyaviy blogerlarga ishonsa bo‘ladimi 

Ba’zilar uchun Instagram va YouTube’dagi investitsiya haqidagi roliklar bilim manbai hisoblanadi. Boshqalar uchun esa bu shunchaki mashinalar va villalardan iborat chiroyli fon, xolos. Lekin aynan shu tasvirlar tufayli ko‘pchilik o‘z pulini yo‘qotadi.  

Bugungi kunda moliyaviy blogerlik butun boshli sanoatga aylangan. Ayrimlar aksiyalar va jamg‘armalarni tushunishni o‘rgatsa, boshqalari asosan «maxfiy qo‘llanmalar»ni sotadi. Keling, haqiqiy mutaxassisni tez muvaffaqiyatga erishish bo‘yicha kouchdan farqlay olishni o‘rganamiz 😏 

Moliyaviy bloger haqiqiy mutaxassis bo‘lganida 

Manba: forbes.com 

Suratda Vivian Tu tasvirlangan. U oldin Uoll-stritda treyderlik qilgan, hozirda esa tadbirkor va Your Rich BFF brendi asoschisi. Forbes jurnalining «30 yoshgacha bo‘lgan 30 talik» ro‘yxatiga kiritilgan. U o‘zining YouTube kanalidagi videolarida «bir oyda mln topish»ni va’da qilmaydi, aksincha oddiy va foydali maslahatlar beradi: qanday pul yig‘ish, qayerga sarmoya kiritish va ortiqcha xarajatlarsiz sayohat qilish yo‘llari haqida gapiradi. 

Manba: erica.com 

Uning hamkasbi Erika Kullberg undan o‘zib ketdi: u Georgetown universiteti bitiruvchisi bo‘lgan huquqshunos, Plug and Law startapi asoschisi va moliya sohasidagi ekspert. U qiyin ko‘rinadigan qonunlarni soddalashtirib, shartnomalardagi mayda yozuvlar ko‘pincha hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini tushuntirib beradi. Forbes uni 2025-yilning eng sara 50 ta muallifi ro‘yxatiga kiritgan. 

Manba: bestspeakers.ru 

Rossiyada Pavel Bagryantsev ismli tadbirkor va bloger mashhur. U haqda hatto Moliya vaziri ham gapirgan. U 2011-yildan beri o‘z-o‘zini rivojlantirish va moliya haqida yozib kelmoqda, uning so‘zlari ortida esa haqiqiy loyihalar va biznes tajribalari yotadi. 

Hayp biznesga aylanganda 

Endi boshqa guruhga qaraymiz. 

Manba: forbes.ru 

Pyotr Osipov va Mixail Dashkiyev «Бизнес Молодость» (Biznes Yoshlik) loyihasini ishga tushirishdi. Ular o‘tkazgan treninglarda tinglovchilarning hissiyotlariga ta’sir qilib, chakralarni ochish va muvaffaqiyatga ruhlantirishni va’da qilishardi. Odamlar bu loyihaga millionlab pul sarflashdi, OAV esa uni «muvaffaqiyat sektasi» deb atadi. 2020-yilga kelib, biznes raqobat va pandemiyaga dosh bera olmay faoliyatini to‘xtatdi. 

Manba: navika.pro 

Yana bir misol — «БМ» bitiruvchisi va «Like Центр» asoschisi Ayaz Shabutdinov tinglovchilariga kamida 1 mln daromad va’da qilgan. Uning «Миллиарды» (Milliardlar) va «Как выйти на 1,5 млн рублей» (1,5 mln rubl daromadga chiqish yo‘llari) kabi dabdabali nomlar ostidagi kurslari tez foyda keltirishini va’da bergan. Lekin, muvaffaqiyat o‘rniga odamlar ommaviy tarzda zarar ko‘rishgan. Prokuratura 113 nafar jabrlangan shaxsni va 57 mln rubldan ortiq zarar yetganligini aniqlagan. 

Mutaxassisni soxta ustozdan qanday farqlash mumkin 

Mutaxassis belgilari 
Soxta ustoz belgilari 
Risklarni yashirmasdan, ular haqida ochiq gapiradi 
Mehnatsiz daromadni va’da qiladi 
Daromad olishga «kafolat» bermaydi 
Oxirgi joylar qoldi, faqat bugun va shunga o‘xshash reklamalar bilan hissiyotlarga bosim o‘tkazadi 
Ta’lim va ish tajribasi haqida ishonchli ma’lumot beradi 
Yopiq ma’lumotlarni sotadi 
Manba va amaliy maslahatlar beradi 
Aniq gapirmaydi 

Qisqacha chek-list: kurs sotib olishdan oldin o‘zingizga quyidagi savollarni bering 

  1. Muallif kim? 
    Faqat ijaraga olingan sportkar va Karib orollaridagi villada tushirilgan suratlar bilan bezatilgan chiroyli Instagramga aldanib qolmang. Haqiqiy mutaxassis haqida oson ma’lumot olish mumkin: u moliya, huquqshunoslik yoki iqtisod sohasida bilim yoki tajribaga ega bo‘ladi. U nafaqat o‘quvchisining natijalari bilan bo‘lishadi, balki o‘zining ham muvaffaqiyatli loyihalari bo‘ladi. Uning tarjimai holida aniq ma’lumotlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchalik yaxshi. 
  2. Dasturda nimalar bor? 
    Normal kurslarda amaliyotni ko‘rasiz: topshiriqlar, tahlillar, manbalarga havolalar va ishchi jadvallar. Agar dastur «jasur bo‘ling», «o‘zingizga ishoning», «ertaga boyib ketasiz» kabi umumiy gaplardan iborat bo‘lsa, bu ta’lim emas, balki motivatsion stendap. 
  3. Shartnoma shartlari va qoidalarni yaxshilab o‘qing 
    Shartnomani sinchiklab o‘qing. O‘zini hurmat qiladigan muallif doimo shartlarni aniq belgilaydi: kurs mos kelmasa, pulni qaytarish mumkinligi, materiallardan foydalanish muddati qancha davom etishi, qanday qo‘shimcha to‘lovlar bo‘lishi mumkinligi haqida batafsil yozadi. Agar pulni qaytarish imkoniyati bo‘lmasa va barcha shartlar noaniq ifodalangan bo‘lsa, bu qizil bayroq hisoblanadi. 
  4. Fikr-mulohazalar bilan tanishing 
    Forumlar, mustaqil fikrlar, YouTube tahlillari kabi boshqa platformalarda haqiqiy izohlarni izlang. Ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan storislaridagi skrinshotlarni soxtalashtirish juda oson. Agar internetda shikoyatlar, muhokamalar yoki hatto sud jarayonlari bor bo‘lsa, bu haqida jiddiy o‘ylab ko‘rish kerak bo‘ladi. 
  5. Boshqa variant bormi? 
    Maxfiy bilimlar uchun minglab pul to‘lashdan avval, uni kitoblar, bepul ma’ruzalar, universitet kurslari yoki YouTube’dagi kontentlar bilan solishtiring. Ko‘pincha asosiy ma’lumotlarni bepul yoki kichik narxda olish mumkin bo‘ladi. Kurs to‘lagan pulingizga loyiq bo‘lishi kerak. 

Asosiy savol: moliyaviy blogerlarga ishonsa bo‘ladimi? 

Moliyaviy savodxonlik — tezda boyib ketishning sehrli tugmasi emas. Bu bir tizim: byudjetni rejalashtirish, pul yig‘ishni bilish, xatarlarni tushunish va bosqichma-bosqich sarmoya kiritish. Mutaxassislar bu yo‘ldan ishonchliroq yurishingizga yordam beradi, soxta ustozlar esa xom xayollarni sotadi.  

Asosiy xulosa: bilimni haypdan ajrata olishni o‘rganing. Pul — sizning mas’uliyatingiz. Boshqalarning va’dalariga qanchalik tanqidiy yondashsangiz, pulingiz boshqalarning biznesiga emas, o‘z foydangizga ishlashi mumkin bo‘ladi. 

*Maqolada keltirilgan ma’lumotlar saytga joylashtirilgan vaqt uchungina amal qiladi: fikrlar muallifning shaxsiy qarashlarini aks ettiradi va AVO bank'ning rasmiy nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin. Bank havola qilingan tashqi manbalar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi, ko‘rsatilgan narxlar esa taxminiy xarakterga ega. Qaror qabul qilishdan oldin eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.

PulTa'lim
03.09.2025
6 daqiqa
Imana Irmanova
Maqola muharriri
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fikr-mulohazalar
AVO gapBankomatlar

UZ

+998 (78) 888-78-87
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
Qarzdorlikni so'ndirish
Bank haqida
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Bosh sahifa • 07.09

    Vaqt va pul tejashning yana bir yo‘li: aerogrilda tayyorlanadigan 1 kunlik taomnoma

    Nasiba Kamilova

  • Bosh sahifa • 01.09

    Dunyoda fintex qayerga harakatlanyapti: SI, texnologiyalar va raqamli etika 

    Mariya Levina

  • Bosh sahifa • 29.08

    Toshkentda O‘RVI bilan kasallanish qanchaga tushadi

    S.Aydin

  • Bosh sahifa • 27.08

    Ta’tildan keyin byudjetni qanday tiklash mumkin: shaxsiy tajribam

    S.Aydin

  • Yangiliklar • 26.08

    Firibgarlar haqidagi mini-serialning ikkinchi mavsumini boshladik

    AVO press-markazi

  • Bosh sahifa • 25.08

    Tug‘uruqxonaga tayyorgarlik: bo‘lajak onalar uchun chek-list

    Olga Vislinseva


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

18