• AVO

  • AVO gap

  • Gringotts O‘zbekistonda ochilganida, goblinlar qanchaga qamalgan bo‘lardi?

Gringotts O‘zbekistonda ochilganida, goblinlar qanchaga qamalgan bo‘lardi?

Faraz qilaylik, Nukus ko‘chasida to‘satdan Gringotts bankining filiali paydo bo‘ldi. Goblinlar biznesni kengaytirish, yangi bozorlarni egallash va o‘zbekistonliklarga ochilmaydigan seyflar va ajdaho ko‘rinishidagi qo‘riqchilarni taklif qilishga qaror qilishdi.

Kitob o‘qiganingizda yoki film tomosha qilganingizda, sehrli bank tabiiy narsadek tuyuladi. Lekin unga real hayot nuqtayi nazaridan qaralsa, hammasi haqiqiy kriminal detektivga aylanib ketadi. Gringotts O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini shunchalik ko‘p buzadiki, goblinlar ochilish kuni karnay-surnay sadolari tinishidan oldin Toshkent Azkabanasiga tushgan bo‘lardi.

Litsenziyaning yo‘qligi, daromadlarni legallashtirish, dalillarni yashirish va noqonuniy pul chop etish sehrli bank filialini iqtisodiy va huquqiy falokat markaziga aylantirgan bo‘lardi.

Goblinlar Toshkentda litsenziyasiz ishlayapti

190-modda. Faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish

Bu birinchi bo‘lib ko‘zga tashlanadi. Goblinlarning magllar qoidalari bilan ishi yo‘q, lekin O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 190-moddasining goblinlar bilan ishi juda ko‘p. Bunday sho‘xliklar uchun kamida BHMning 100 baravarigacha jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari ko‘zda tutilgan. Bankning hajmini hisobga olsak, jazo ancha jiddiyroq bo‘ladi.

176-modda. Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlarni tayyorlash va sotish

Gringotts — ham zarbxona, ham zaxira fondi, ham markaziy bank. Bu yerda goblinlar oltin galeonlar, kumush sikllar va bronza arqonlarni zarb qilishadi. Buning ustiga ular buni davlatning nazorati va ruxsatisiz qilishadi. Sehrgarlik vazirligi emissiya huquqi o‘tkir quloqli firibgarlar to‘dasi qo‘lida to‘planganiga ko‘z yumishga majbur. Mamlakatimizda bu pul belgilarini noqonuniy tayyorlash deb ataladi. Qonun Markaziy bankning valyuta chiqarishdagi mutlaq huquqini qat’iy himoya qiladi. Modda bo‘yicha sanksiya aniq: ularni Chirchiq Azkabanida 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishgan bo‘lardi.

Jodugarlar Toshkent bozorlarida

184-modda. Soliq to‘lashdan bosh tortish

Gringotts o‘z qoidalari bo‘yicha yashaydi va bu tizimdagi soliqlar magllar dunyosidagi qo‘rqinchli narsalardek ko‘rinadi. Na hisobotlar, na deklaratsiyalar, na soliq inspeksiyasining muhrlari bor. Goblinlar bemalol oltin tog‘larini ag‘dar-to‘ntar qilishadi, saqlash va o‘tkazish uchun komissiyalar olishadi, lekin byudjetga bir so‘m ham to‘lashmaydi. Daromad solig‘i? Foyda solig‘i? Oltin va qimmatbaho buyumlarni olib kirish uchun bojxona to‘lovlari? Pff! Yashirin iqtisodiyotning klassik ko‘rinishi. O‘zbekistonda bu soliq to‘lashdan bosh tortish deyiladi. Bu yerda sanksiya haddan tashqari qo‘rqinchli emas: goblinlarni jarimaga tortishlari yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishlari mumkin bo‘lardi.

243-modda. Jinoiy yo‘l bilan olingan daromadlarni legallashtirish

Gringotts — yashiradigan narsasi bo‘lgan har qanday qora sehrgarning orzusi. Bu yerda pullarning kelib chiqishi haqida hech qanday savol berishmaydi. Istasangiz, oltin galleonlar solingan chamadon, krestraj yoki la’natlangan artefaktlar solingan qop olib keling, goblinlar xazinani ortiqcha gap-so‘zsiz katta mamnuniyat bilan qabul qilishadi. Pullarning kelib chiqishi to‘g‘risida hech qanday deklaratsiya, tushuntirish yoki bank shakllari yo‘q. Bizning huquqimizga ko‘ra, bu jinoiy yo‘l bilan topilgan daromadlarni legallashtirish deyiladi — goblinlar 10 yilga ozodlikdan mahrum etilishi va mol-mulki musodara qilinishi mumkin.

Gringotts Toshkent

246-modda. Kontrabanda

Noma’lum xususiyatlarga ega toshlar, qorong‘i marosimlar uchun noyob ingredientlar va ba’zan tirik mavjudotlar deklaratsiyalar va kvitansiyalarsiz chegaralarni to‘siqsiz kesib o‘tadilar. Goblinlar uchun bu yana bir saqlash predmetidir. O‘zbekiston qonunchiligi esa tovarlar va buyumlarni bojxona nazoratini chetlab o‘tib, chegaradan olib o‘tishni haqiqiy kontrabanda deb hisoblaydi. Buning uchun 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi. Goblinlar faoliyatining ko‘lamini hisobga olsak, gap juda katta hajm haqida borgan bo‘lardi.

Goblinlar Toshkentda pul chiqarishyapti

228-modda. Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish

Goblinlar o‘z-o‘zidan yonib ketadigan sehrli shartnomalar va faqat qonuniy seyflarni ochadigan kalitlarni yaxshi ko‘rishadi. Sehrli olamda bu so‘zsiz kafolatga o‘xshaydi: pergamentga imzo qo‘ydingiz va sehrning o‘zi hamma narsani kuzatib boradi. O‘zbekistonda bunday qog‘ozlar hech qanday yuridik kuchga ega bo‘lmasdi. Bundan tashqari, ularni qalbaki hujjatlar, muhrlar va shtamplar sifatida tasniflash mumkin. Axir Bleklar urug‘ining gerbi tushirilgan, sehrlangan pergament nima o‘zi? Rasmiy reyestrlar va notariatga hech qanday aloqasi bo‘lmagan mulk huquqini tasdiqlashning qo‘lbola shakli.

Bunday hujjatlarni qalbakilashtirish yoki ulardan foydalanish 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Agar goblinlar uchun boshqalarning kalitlari yoki qog‘ozlariga egalik qilish bank ishlarining bir qismi bo‘lsa, bizning tergovchimiz uchun bu soxtalashtirishning klassik sxemasi bo‘lib ko‘rinadi.

169 va 205-moddalar. O‘g‘rilik va mansab vakolatini suiiste’mol qilish

Agar goblin artefakt bankka tegishli deb qaror qilgan bo‘lsa, bahslashish befoyda. Lekin mahalliy yurisprudensiyada bunday tartib sof o‘g‘rilik deb hisoblanardi. Agar goblinlar bankning rasmiy vakili sifatida ishlashini hisobga olsak, bu xizmat vakolatini suiiste’mol qilish bo‘ladi. Umumiy hisobda bu mol-mulk musodara qilinib, 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishga olib kelishi mumkin.

Toshkentda Goblin qo'lga tushdi

135-modda. Odam savdosi

Garri Potter olamidagi uy elflarini sehrli iqtisodiyotdagi eng mavhum mavjudotlar desak xato bo‘lmaydi. Ularni mol-mulkning bir qismi sifatida qabul qilishadi: elfni meros qilib qoldirish, sovg‘a qilish yoki hatto mulk bilan birga sotib olish mumkin. Magllar olamida uy elflari kulrang zonaga kiradi. Ularni odamlar qatoriga qo‘shish qiyin-u, lekin elflarda aql, his-tuyg‘ular, til, madaniyat va kelishuv qobiliyati bor. Agar bizda shunday mavjudotlar paydo bo‘lganida, huquqshunoslar va BMT ularni o‘zlarining asosiy huquqlari bilan odamsimon mavjudotlar toifasiga kiritgan bo‘lar edi. Agar Gringotts bunday «aktivlarni» saqlasa yoki ularni birovga berishda qatnashsa, bu odam savdosi hisoblanadi. Bunday amaliyotlar uchun jazo og‘ir: 8 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishadi.

155-modda. Terrorizm

Gringottsning eng hayratlanarli detali — yerto‘ladagi ajdaho. Kitoblarda u kuch ramzi va shou elementi sifatida ishlaydi, agar eshik ortida olovli maxluq nafas olayotganini bilsa, kamdan-kam odam seyfni buzishga jur’at etadi. O‘zbekiston qonunchiligida bunday himoya ekzotika sifatida emas, balki insonlar hayoti va xavfsizligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid sifatida qabul qilinadi. Terrorizm uchun sanksiya maksimal darajada qattiq: bir umrga ozodlikdan mahrum qilishlari mumkin.

Goblin-bezori Toshkentda

Goblinlarni nima kutgan bo‘lardi: umumiy jazo muddati

Bank direktori bir umrga qamalgan bo‘lardi. Oddiy xodimlar esa jinoyatlardagi aniq ishtirokiga qarab 20–25 yildan ko‘proq muddat olishardi.

Gringottsning eng katta jinoyati esa — 100 mln so‘mgacha bo‘lgan limitga ega premium kredit kartasining yo‘qligi. Lekin bunday karta AVO bankda bor.

Goblin kredit karta bilan

Gringottsni qonuniylashtirish uchun nima qilish kerak

Sehrgarlik jamiyati iqtisodiy jihatdan zamonaviy O‘zbekistonga ozgina bo‘lsa-da o‘xshash bo‘lishi uchun Sehrgarlik vazirligi katta mehnat qilishi kerak bo‘lardi:

  1. Sehrli dunyo Markaziy bankini ochish;
  2. Soliq solish va hisobotlarni joriy etish;
  3. Gringotts monopoliyasini cheklash;
  4. Valyuta va bojxona nazoratini o‘rnatish;
  5. Sehrgarlik jinoyatlari uchun jinoiy normalarni yozish.

Xulosaga kelsak…

O‘zbekistondagi Gringotts sehrli dunyoning faxri emas, balki iqtisodiy jinoyatlar bo‘yicha haqiqy darslikdir. Buni tuzatish uchun zudlik bilan soliq qo‘mitasini ochish va qonunlarni qayta ko‘rib chiqish, goblinlarni esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri Azkabanga jo‘natish kerak bo‘ladi. Haqiqiy, ishonchli bankni goblin omboridan farqlash uchun quyidagilarga e’tibor berish kerak:

  1. Markaziy bank litsenziyasi borligi;
  2. Shaffof hisobot va soliqlarni to‘lash;
  3. Ichki va tashqi audit tizimi;
  4. Mijozlar omonatlarini sug‘urtalash;
  5. Shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish normalariga rioya qilish;
  6. Operatsiyalar ustidan davlat nazorati;
  7. Komplayens xizmati va firibgarlikka qarshi choralarning borligi;
  8. Bankning milliy elektron to‘lovlar tizimidagi ishtiroki;
  9. Rasmiy shartnomalar va yuridik kuchga ega bo‘lgan hujjatlar;
  10. Yerto‘lada ajdarning yo‘qligi — garchi bu juda ta’sirli ko‘ringan bo‘lardi.

*Maqolada keltirilgan ma’lumotlar saytga joylashtirilgan vaqt uchungina amal qiladi: fikrlar muallifning shaxsiy qarashlarini aks ettiradi va AVO bank'ning rasmiy nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin. Bank havola qilingan tashqi manbalar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi, ko‘rsatilgan narxlar esa taxminiy xarakterga ega. Qaror qabul qilishdan oldin eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.

AVO ilovasini yuklab oling

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari 24/7 sizning smartfoningizda

Yuklab olish
🏄🏻‍♂️ Layfstayl📖 Ta'lim
20.11.2025
5 daqiqa
Rustam Mansurov
Maqola muharriri
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar
AVO gapBankomatlar

UZ

  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Bank haqida
+998 (78) 888-78-87
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 20/11/2025

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Bosh sahifa • 23.11

    Skamerlar internetda bolalar va o‘smirlarni qanday aldashadi

    Nasiba Kamilova

  • Bosh sahifa • 17.11

    Kelajak kasblari: hozir qaysi sohaga o‘qigan ma’qul?

    S.Aydin

  • Bosh sahifa • 13.11

    Bayramlar mavsumidan qarzsiz chiqib olish: Yangi yil sovg‘alarini olishda kredit karta qanday yordam bergani haqida

    Nasiba Kamilova

  • Yangiliklar • 13.11

    Texnologiyalar moliyani kuchliroq qilganda: HiveTech × AVO bank hamkorligi 

    AVO press-markazi

  • Bosh sahifa • 10.11

    Iqtisodiyotning ko‘rinmas tarmog‘i: O‘zbekistonda logistika qanday ishlaydi?

    Yuna Korostelyova

  • Yangiliklar • 10.11

    AVO afyon marafon start oldi: bosh sovrin — uchta Ayfon 17 Pro Max

    AVO press-markazi


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

142