• AVO

  • AVO gap

  • Erkinlik va yanada ko‘proq mas’uliyat: mustaqil hayot haqida

Erkinlik va yanada ko‘proq mas’uliyat: mustaqil hayot haqida

23 yoshimda ota-onamdan alohida yashashni boshlaganman. Hozir «Qancha uzoqlashsang, shuncha yaqinlashasan» degan maqol aynan men uchun to'qilganga o'xshaydi. Biroq, ota-onamdan alohida yashash menga mustaqillik va erkinlik tuyg‘usi bilan birga, ular bilan yashaganda xayolimga kelmagan ko‘plab masalalarni mustaqil hal qilish zaruratini ham keltirib chiqardi.

Men ham juft bo‘lib, ham yolg‘iz yashab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldim. Albatta, bular orasida farq bor. Har ikki holatda ham qaror qabul qilishni va muammolarni hal etishni o‘rganasiz. Ammo juft bo‘lib yashaganda, agar munosabatlar sog‘lom bo‘lsa, ko‘plab tashvishlar ikkiga taqsimlanadi. Yolg‘iz yashash esa butunlay boshqacha tajriba — uning ko‘plab afzalliklari bor, lekin kamchiliklari ham yetarlicha. Bugun men o‘z tajribam bilan o‘rtoqlashaman — ehtimol, u kimgadir foydali bo‘lar. 

Pul 

Avvaliga tajriba, jumladan, moliyaviy tajriba har kimda har xil ekanligini aytib o'tish kerak. Bu esa his-tuyg‘ularingizga, onglilik va mas’uliyatingiz darajasiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Kimdir o‘z uyida, kimdir ijarada yashaydi; ba'zilar faqat o‘zi uchun javobgar, boshqalar esa yaqinlariga ham yordam beradi, yana boshqalarda esa, aksincha, ularni ota-onasi qo‘llab-quvvatlaydi. Sherigim bilan biz o‘z uyimizda yashardik, bu hayotimizni ancha yengillashtirardi — hatto moliyaviy qiyinchiliklar bo‘lsa ham, doimo yashash joyimiz borligidan xotirjam edik.

Shundan so‘ng 2 yil davomida bir o'zim ijarada yashadim. O‘zimni to‘liq ta’minlab, hech kimni boqishim shart emas edi. Shu sababli ancha tinch yashardim — ya'ni o'zimga o'zim javobgar edim. Lekin ba’zida sendan biror narsa kutadigan odaming bo'lmasa, ancha shalpayib ketarkansan.

Dastlabki yarim yil davomida do‘stlarimning uyida bepul yashadim, chunki ijara uchun pulim yo‘q edi, ota-onamning uyiga esa qaytishni xohlamasdim. O‘sha paytda omadim kelib, do‘stlarim mening qo'limdan tutishdi. Faqat kvartira bo‘yicha faqat kommunal xarajatlarni va ular bo‘yicha to‘planib qolgan qarzlarni to'lardim. Moliyaviy ahvolim yaxshilangach, ijara haqini to‘lay boshladim. Summa bozordagi narxlarga nisbatan juda kichik edi, lekin baribir maoshimning chorak qismini tashkil etardi. Bu pulni xohlasam ham, xohlamasam ham to‘lashim kerakligini tushunish meni doimo tetik tutardi.

Hayotimning aynan shu davrida men o‘z daromadlarim va xarajatlarim hisobini yuritishni boshladim. Avvaliga hamma narsani daftarlarga yozib bordim, keyin turli ilovalarni sinab ko‘rdim va oxir-oqibat Coinkeeper tanlovida to‘xtadim. Boshida ba’zi narsalarni yozishni unutib qo‘yardim, lekin asta-sekin bu odatga aylandi va hozir har bir kirim va chiqimni qayd etaman. Daromadlarimni toifalarga ajrataman: doimiy ish haqi, bir martalik tushumlar, sovg‘alar, keshbeklar, qarzlar. Asta-sekin o‘zim uchun qulay xarajat toifalarini shakllantirdim: ijara, oziq-ovqat savati, ovqat yetkazib berish va tashqarida ovqatlanish, kiyim-kechak, tibbiyot, kreditlar, to‘lovlar (telefon, internet, kommunal xizmatlar, obunalar), sovg‘alar, sport va sevimli mashg‘ulotlar va boshqalar.

Moliyaviy hisobotlar menga qancha va nimaga pul sarflayotganimni tushunishga, qayerda xarajatlarni qisqartirishim mumkinligini ko‘rishga hamda keyingi oylarda keraksiz xarajatlardan qochish uchun nimalarga e’tibor qaratishim kerakligini anglab olishga yordam beradi. Yaqinda esa kelajak oylar uchun ham rejalar tuza boshladim.

Mustaqil hayotning moliyaviy tizimi bo‘yicha o‘zim uchun o‘rgangan bir nechta muhim saboqlarni sizlar bilan bo'lishmoqchiman:

Turmush 

Bolaligimdan o'zimga yoqadigan birdan-bir narsa — ovqat tayyorlash edi. Uy yig‘ishtirish, kir yuvish, derazalarni tozalash va shunga o‘xshash ishlar juda g'ashimni keltirardi. Shu sababli ko‘pincha onam bilan tortishib-urushub turardik. Alohida yashay boshlaganimdan so‘ng, o‘zimga qulay tarzda turmush kechirishga imkon berdim. O‘zimga kerak bo‘lgan darajada tozalash, narsalarni taxlash yoki polga tashlash, uyni o‘z didimga ko'ra jihozlash bilan shug'ullana boshladim.

Vaqt o‘tishi bilan qaysarligim bosildi, bolaligimda g‘ashimga tegadigan qoidalar nima uchun kerakligini tushuna boshladim va shaxsiy turmush tarzimda bir nechta muhim jihatlar paydo bo‘ldi:

Men yolg‘iz yashay boshlaganimda, tumbochkam g‘aladonlarida fen va kolgotkalar yonida ish qurollari paydo bo‘ldi. Kvartiradagi romlar yog‘ochdan bo‘lgani uchun, derazalarga yozgi to‘rni eskicha usulda: bolg‘a va mixlar bilan qoqishga to‘g‘ri kelardi. Ba’zida biror narsani burab chiqarish yoki otvyortka bilan mahkamlash kerak bo‘lardi.

Bir kuni kvartira eshigini ochayotganimda, kalit dastasi shunchaki uzilib tushdi va uyga yaqin do‘konchadan xarid qilingan ombirlar yordam berdi.

Bo‘yim 1,58 metr bo‘lgani uchun kuygan lampochkalarni narvonsiz almashtirish alohida chellenjga aylanar edi. Bir oy davomida qo‘lda kir yuvganimdan so‘ng, yarim avtomat kir yuvish mashinasini qanday ulashni o‘zim tushunib yetganimda, o‘zimdan qanchalar g‘ururlanganim hali-hanuz yodimda.

Turmush. Level up

Kvartira ijaraga olganingiz yoki o‘z uyingizda yashayotganingizdan qat’i nazar, xizmat ko‘rsatish masalalarini hech bo‘lmaganda eng keraklilarini bilishingiz kerak bo‘ladi. Avvalo, gaz, elektr energiyasi, suv va boshqalar uchun shaxsiy hisoblarni aniqlash va ularni to‘lashning qulay usulini topish lozim. Men, masalan, hamma narsani AVO orqali to‘lardim, garchi JEKka borishimga va tuman suv xo‘jaligiga tashrif buyurishimga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa-da. Qolaversa, shaxta va elektr shit qayerdaligini, kalitlar kimda ekanligini bilib olish foydadan xoli emas. Bu ma’lumot biror narsani ta’mirlash kerak bo‘lganda jarayonni tezlashtiradi.

Aytgancha, tanish elektrchi va santexnik bo'lgani juda foydali. Odatda, bunday ustalar boshqaruv kompaniyasiga biriktirilgan bo‘ladi, ammo men ularga unchalik ishonmagan bo‘lardim. Elektr bilan bog‘liq muammolarga duch kelganimda, podyezddagi shitda xususiy elektrchining raqamini topdim Santexnik kerak bo‘lib, JEKka biriktirilgan odam kelolmay qolganda esa, OLX.uz orqali mahallada ishlaydigan usta bilan bog‘landim.

Bir kuni gaz bilan shug‘ullanishga to‘g‘ri keldi. Plitadagi nuqson tufayli konforkani o‘chira olmadim, quvurdagi jo‘mrak ishlamagani uchun gazni to‘xtata olmadim (aytgancha, gaz quvurida xonadonga gaz kelishini to‘xtatuvchi ventil bo‘lishi kerak). Soat taxminan 22:30 edi. Gaz xizmati raqamini internetdan topib, qo‘ng‘iroq qildim va arizamni brigadaga uzatishdi. Menga deyarli darhol javob qaytarishdi va yarim soat ichida yetib kelishdi.

Muammo texnikada ekanligi ma’lum bo‘ldi va dastlab gazni yo'lini to'sib, plita ishlab chiqarilgan kompaniyaga murojaat qilishim kerakligini aytishdi. Biroq usta o'zi tuzatib berishini aytdi — garchi bu uning vazifasiga kirmasa-da, konforkani tuzatib, xavfsizlik bo‘yicha bir nechta maslahatlar berdi: albatta, ishlaydigan ventilli gaz quvurini o‘rnatish va doimo oshxonadan men uxlaydigan xonaga olib boradigan eshikni yopib qo‘yish kerakligini aytdi. Men oshxona bilan tutash joylashgan bir xonali uyda yashar edim. Chaqiruvning o‘zi bepul edi, lekin usta o'zining majburiyatiga kirmaydigan ishni qilib bergani uchun unga ozgina pul berdim.

Maslahatim, qo‘shnilaringizdan biri bilan tanishib, yaxshi munosabatda bo‘ling. Ba’zan uyda yoki podyezdda yashovchilarning Telegram-guruhlari bo‘ladi. Bu favqulodda vaziyatlarda juda asqatishi mumkin. 

O‘zingizga g‘amxo‘rlik qilish

Alohida yashashga qaror qilsangiz, o‘zingizga g‘amxo‘rlik qilishga tayyor bo‘ling. Ertalab vaqtida uyg‘onish (va uxlab qolmaslik), kiyimlarni yuvish va dazmollash, ish kunidan so‘ng o‘zingizga nonushta, tushlik va kechki ovqat tayyorlash kabi kundalik ishlar, ishoning, ancha vaqtingizni oladi. Albatta, har kimning mustaqillik darajasi turlicha, lekin agar ota-onangiz bilan yashab, ertalabki uyg‘otgich ovozini o‘tkazib yuborish yoki bir finjon qahva ichish haqida qayg‘urmaslikka o‘rganib qolgan bo‘lsangiz, endi bularning barchasi faqat sizning zimmangizda ekanligini unutmang.

Endi kasal bo‘lganingizda ham o‘zingizga o‘zingiz qarashingizni hisobga oling. O‘zingizga sho‘rva va murabboli choy tayyorlaysiz, kasallik varaqasini olasiz, shifokorlarni qidirasiz, tahlillarni topshirib, natijalarini olasiz, shifokorlar va dorixonalarga borasiz, dori-darmonlarni ichasiz.

Tajribamdan kelib chiqqan yana bir maslahat: yashash joyingizga eng yaqin bo‘lgan, tun-u kun ishlaydigan yoki navbatchi shifokorlari bor xususiy va davlat klinikalari haqida oldindan bilib oling. Men tez yordam chaqirishimga to‘g‘ri kelmagan bo‘lsa-da, dam olish kunida ko‘zimning keskin yallig‘lanishi bilan davlat ko‘z klinikasiga, appenditsitga shubha bilan davlat shifoxonasiga murojaat qilganman. Shuningdek, koronavirus pandemiyasi davrida ko‘p marta 24/7 ishlaydigan xususiy LOR klinikalari va laboratoriyalari xizmatlaridan foydalanganman. Yaxshiyamki, hozirgi kunda bunday klinikalar ko‘p, ba’zilarida tahlil natijalarini onlayn yoki Telegram-bot orqali olish mumkin. Bu hayotni ancha yengillashtiradi.

Xulosa qilib aytmoqchimanki, menga yolg‘iz yashash juda yoqardi. Shaxsiy hududingizning bo‘lishi, hayotingizni o‘zingiz xohlagan tuzishingiz juda ajoyib. Ammo shu 2 yil davomida «yolg‘iz yashash osonroq» degan xomxayollardan xalos bo‘ldim. Bu qiyin, siz bilgandan boshqacha. O'rganishni xohlamagan ko‘plab narsalarni o'rgandim va ancha ulg‘aydim. Umid qilamanki, mening tajribam kimningdir hayotini biroz bo'lsada yengillashtiradi.

*Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz.

*Maqoladagi fikr — muharrirning shaxsiy fikri bo'lib, u AVO bank pozitsiyasini ko'rsatmaydi. Bank ma'lumotlar to'g'riligi va undan foydalanish oqibatlari uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

🏄🏻‍♂️ Layfstayl
07.05.2025
10 daqiqa
Viktoriya Yerofeyeva
Maqola muharriri
+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2026,«AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 07/03/2026

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • Mikroqarz
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar

Bosh sahifa

Moliya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
AVO gapBankomatlar

UZ

  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Bank haqida
+998 (78) 888-78-87
  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.