• AVO

  • AVO gap

  • Tejamli romantika: sevgilingizni 14-fevralda qanday tabriklash mumkin?

Tejamli romantika: sevgilingizni 14-fevralda qanday tabriklash mumkin?

14-fevral — bu faqat qimmatbaho sovg’a yoki yoqimli amallarnigina emas, balki xotirangizda saqlanib qoladigan iliq lahzalarni ham nazarda tutadi. Bunda eng muhimi syurpriz emas, ushbu kun sizga bag’ishlangan kun ekanligini, faqat ikkalangizga tegishli g’amxo’rlik, quvonch va so’z bilan tushuntirib bo’lmaydigan hissiyotlarni tuyishdir.

Menga bayramni birgalikda yaratish ko’proq yoqadi. Shunda hissiyotlar yorqinroq, xotiralar esa qadrliroq bo’ladi. Agar sizga ham bu g’oya yoqqan bo’lsa, ushbu kunni tejamli va odatdagidan o’zgacha nishonlash uchun bir nechta takliflar bilan bo’lishaman.

Birga nonushta tayyorlang

Tejamli romantika: sevgilingizni 14-fevralda qanday tabriklash mumkin?

Barvaqtroq uyg’oning va ishga ketishdan oldin asal va kekik (chabrets)dan xushbo’y choy damlang, shokoladli kruassanlarni isiting, dasturxonni yong’oq, pishloq va chiroyli vazadagi yovvoyi gullar bilan bezating, yana iforli shamlarni yoqing (kunduzi ham yoqsa bo’ladi 😌). Agar yanada original bo’lishini xohlasangiz, kichik pirojniylar sotib olishingiz yoki malinali murabbo qo’shilgan biskvitli quymoq pishirishingiz mumkin. Muhimi, shunchaki ovqatlanish emas, tongni birgalikda, shoshmasdan, dildan suhbatlashib, bir-biringizga yoqimli so’zlardan aytib o’tkazish.

Bunday nonushta sizga 100 000 so’mdan qimmatga tushmaydi, lekin qalbingizda iliq hislar uyg’otadi.

Tushlik — tashvishlar ichida sokin lahza

Tejamli romantika: sevgilingizni 14-fevralda qanday tabriklash mumkin?

Odatda kunduzi birga tushlik qilishga vaqt topish qiyin, lekin ish va boshqa tashvishlar qalashib yotganda bir soatgina vaqt topa olsangiz, u siz uchun mo’jizali vaqtga aylanadi. Erim bilan kunduzgi uchrashuvlarimizni o’zgacha qadrlayman: birga Roni yoki Giotto’da tushlik qilishni, kichik desert bilan kayfiyatimizni ko’tarishni yaxshi ko’raman. Tushlikdan keyin esa Taras Shevchenko ko’chasida birga sayr qilish juda yoqadi, ayniqsa hozir u yerda chiroyli turistik ko’cha qurilgan. Bu yerda tushlik ikki kishiga 200-300 mingga tushadi.

Kunduzi uchrashishga vaqtingiz bo’lmasa, bir-biringizga dil izhorlaringiz yozilgan tabriknomalarni yuborishingiz mumkin — yurakdan aytilgan gaplar albatta yurakka yetib boradi.

Romantik oqshom

Tejamli romantika: sevgilingizni 14-fevralda qanday tabriklash mumkin?

Oqshom uchun qiziqarli g’oyalar ko’p, bunga ko’p pul sarflash ham shart emas. Masalan, Dolce Italia’dan muzqaymoq yoki Cake Club, Safia’dan sevimli shirinliklaringizni (15 dan 50 ming so’mgacha mo’ljal qilsangiz bo’ladi) sotib olishingiz, sevimli musiqangizni yoqib, raqsga tushishingiz yoki shunchaki ikkalangiz yaxshi ko’rgan mavzularda gaplashingiz mumkin. 

Yana bitta variant — o’zingiz bilan kakao yoki choy olib, (kechki payt qahva ichmaganingiz yaxshi, yo bo’lmasa faqat ertasi kuni uxlashga yotasiz) Ecopark’da sayr qilib, yam-yashil daraxtlar va yoqimli muhitdan bahra olishingiz mumkin. Bularning bari ikki kishiga bor-yo’g’i 50–70 ming so’mga tushadi.

Hamma xarajatlarni oldindan rejalashtirib bo’lmaydi

Lekin AVO platinum kredit kartasi bilan hech nimadan qo’rqmasangiz ham bo’ladi

Kartani olish

Qancha qimmat bo’lsa, shuncha yaxshimi?

Bir kunlik bayramona kayfiyatni 300-400 ming so’m bilan amallasa bo’ladi. Agar bayramga pul yig’ib qo’yishga ulgurmagan bo’lsangiz-u, lekin sevgilingizni baribir quvontirishni istasangiz, AVO platinum kredit kartasi sizga yordam beradi. Virtual kartani onlayn bepul ochishingiz va hisobingizga bir necha daqiqa ichida 50 mln so’mgacha pul olishingiz mumkin.

Asosiysi, gap pulda emas, bir-biringizga ulashadigan iliqlik va e’tiborda ekanligini yoddan chiqarmang 🫶

*Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladoi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz.

*Maqoladagi fikr — muharrirning shaxsiy fikri bo'lib, u AVO bank pozitsiyasini ko'rsatmaydi. Bank ma'lumotlar to'g'riligi va undan foydalanish oqibatlari uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi

*Narxlar taxminiy va faqat nashr etilgan vaqtdagina amal qiladi

🏄🏻‍♂️ Layfstayl
10.02.2025
3 daqiqa
Barno Sharipova
Maqola muharriri
+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • Mikroqarz
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar

Bosh sahifa

Moliya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
AVO gapBankomatlar

UZ

  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Bank haqida
+998 (78) 888-78-87
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2026,«AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 14/03/2026

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.