• AVO

  • AVO gap

  • O‘zbekistondagi emitent bank: u nima va nima uchun kerak

O‘zbekistondagi emitent bank: u nima va nima uchun kerak

Agar sizda bank kartasi bo‘lsa — ehtimol, hozir ham bor, — demak, emitent bankingiz ham mavjud. Bu sizga debet yoki kredit kartasini bergan bank bo‘lib, u kartangizning soatdek aniq ishlashini ta’minlash uchun javobgardir. U to‘lovlarni tasdiqlaydi, tranzaksiyalar xavfsizligini nazorat qiladi, xarajatlarni kuzatish mumkin bo‘lgan ilovalarni yangilaydi va biror muammo yuzaga kelganda, kartani bloklaydi.

Soddaroq aytganda, emitent — bu kartangizni yaratgan, uning raqami va amal qilish muddatini belgilagan, CVV kodini tayinlagan hamda sizga naqd pulsiz dunyoga kirish imkonini bergan bank. Endi esa u karta uchun to‘liq mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan.

Emitent bank aynan nima bilan shug‘ullanadi?

Aytaylik, qahva sotib olishga qaror qildingiz va telefon orqali to‘lov qilmoqchisiz. Shu vaqtda emitent bank hisobingizda yetarli mablag‘ borligini, kartangiz bilan hamma narsa joyidaligini tekshiradi va shundagina pul yechishga ruxsat beradi. Agar hammasi joyida bo‘lsa, qahva sizniki. Aks holda, to‘lov rad etiladi. Bularning barchasi bir soniyada sodir bo‘ladi.

Bundan tashqari, emitent bank elektron hamyonlarni chiqaradi, sizni xalqaro to‘lov tizimlariga (masalan, Mastercard yoki Visa) ulaydi, ma’lumotlarni shifrlaydi, ilovani yangilaydi va moliyaviy xavfsizligingizni ta’minlaydi.

2025-yilda O‘zbekistonda emitent banklar qanday ishlaydi?

Birinchidan, naqd pulsiz hisob-kitoblar kundan kunga rivojlanib bormoqda. Deyarli hammada bank kartasi bor va bu bilan hech kimni lol qoldirib bo‘lmaydi — hatto bozorda ham telefon orqali to‘lov qilish mumkin bo‘lib qoldi.

Ikkinchidan, banklar xalqaro to‘lov tizimlari bilan tobora ko‘proq hamkorlik qilmoqda. Bu esa xorijda ortiqcha qiyinchiliklarsiz sayohat qilish va onlayn xarid qilish imkonini bermoqda. Misol uchun, Netflix obunasini to‘lashingiz yoki Turkiyadan buyurtma berishingiz mumkin — kartangiz buni bemalol uddalaydi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda biometriya texnologiyalari tobora faol joriy etilmoqda. Hozirning o‘zidayoq ko‘plab banklarda parol o‘rniga barmoq izi yoki yuz tasviri orqali tizimga kirishingiz mumkin.

Emitent — bu kartani chiqaruvchi bank

AVO esa buni tez, qulay va keshbek bilan amalga oshiradi

Kartani olish

Xulosa

Emitent bank shunchaki «karta beruvchi» emas. U sizning moliyaviy hamkoringiz bo‘lib, u bilan har kuni to‘lov qilasiz, pul olasiz, o‘tkazasiz va tejaysiz. U mablag‘laringizni qo‘riqlaydi va to‘lovlaringiz tez hamda xavfsiz o‘tishi uchun barcha choralarni ko‘radi.

Emitent bank qanday ishlashini tushunib olsangiz, bank mahsulotlaridan foydalanish osonlashadi, natijada hayotingiz ham osoyishta kechadi. Shuning uchun, keyingi safar telefon orqali tushlik uchun hisob-kitob qilayotganingizda, shuni yodda tutingki: internetning narigi tomonida emitent bank siz uchun hamma narsani tekshirib, ruxsat bergan bo‘ladi.

Bank kartasi
28.05.2025
3 daqiqa
Аvoboy
Sariq moliyaviy yordamchingiz
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar
AVO gapBankomatlar

UZ

  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Bank haqida
+998 (78) 888-78-87
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 20/11/2025

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Bosh sahifa • 05.12

    Oziq-ovqatga qanday kamroq sarflash mumkin: shaxsiy tajribam

    Dilnoza Uralova

  • Bosh sahifa • 03.12

    Oltin va qimmatbaho toshli bezaklar: dunyodagi 5 ta eng qimmat archa

    Islam Osmanovich Roziev

  • Bosh sahifa • 01.12

    Arzon Yangi yil sayohatlari bo‘yicha qo‘llanma: qayerda yashash, nimada yurish va nima yeyish mumkin

    Yuna Korostelyova

  • Yangiliklar • 27.11

    AVO bank Boshqaruv raisi o‘z faoliyatini yakunlab, yangi professional bosqichga o'tmoqda 

    AVO press-markazi

  • Bosh sahifa • 25.11

    Korporatsiyalar yangi yil kayfiyatingizdan qanday pul ishlashadi

    Rustam Mansurov

  • Bosh sahifa • 23.11

    Skamerlar internetda bolalar va o‘smirlarni qanday aldashadi

    Nasiba Kamilova


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

211