• AVO

  • AVO gap

  • Onlayn kredit: nima u va eng yaxshi taklifni tanlash yo'llari

Onlayn kredit: nima u va eng yaxshi taklifni tanlash yo'llari

Kredit — bu katta yoki tezkor xarajatlar uchun mablag‘ olish usuli bo‘lib, uni foizlar bilan bo‘lib-bo‘lib qaytarish imkonini beradi. U moliyaviy ehtiyojlarni, masalan, uy-joy, avtomobil sotib olish yoki tibbiy xarajatlarni qoplashda yordam beradi. Kreditdan maksimal foyda olish uchun uning turlari va shartlarini tushunib olish muhim.

Qanday kredit turlari mavjud?

Iste'mol krediti

Bu uy ta'miri, texnika sotib olish, oliy ta'lim yoki sayohatlar kabi shaxsiy ehtiyojlarga mo'ljallangan kredit. Asosan, minimal hujjatlar talab etilishi bois uni rasmiylashtirish oson.

Masalan, siz kvartiradagi eski mebellarni yangisiga almashtirishmoqchisiz. Shunda 12 oylik kredit rasmiylashtirib, har oy belgilangan summani to‘laysiz va interyeringizni tezda yangilab olishingiz mumkin bo'ladi.

Ipoteka

Bu uy-joy sotib olish uchun uzoq muddatli kredit turi. Foiz stavkalari odatda pastroq bo‘ladi, chunki kreditga olingan uy bank garovi ostida qoladi. Buning uchun daromad haqida ma’lumotnoma kabi qo‘shimcha hujjatlar talab qilinadi.

Masalan, Toshkentda kvartira sotib olishni xohlaysiz, lekin yetarlicha mablag‘ingiz yo‘q. Pul yig‘ish uchun yillar kerak bo‘ladi, yana daromadingiz ham yaxshi bo'lishi kerak. Qanday yechim bor? O'zingizga to'g'ri keladigan kvartirani topasiz, 10 yillik ipoteka rasmiylashtirasiz va qarzni bo‘lib-bo‘lib to‘laysiz.

Biznes uchun kredit

Bu kredit turi tadbirkorlarga mos keladi. U biznesni rivojlantirish, uskunalar sotib olish yoki yangi yo‘nalishlarni ochishda yordam beradi. Shartlar biznes daromadlari va kredit tarixiga bog‘liq.

Masalan, sizning novvoyxonangiz bor va siz taklif etilayotgan mahsulotlar turini kengaytirishga qaror qildingiz. Buning uchun yangi uskunalar sotib olishingiz kerak. Shu maqsadda kredit olasiz va bir oy ichida biznesingizni kuchaytirib, daromadingizni oshirasiz.

Avtokredit

Avtokredit avtomobil sotib olish uchun zarur. Banklar yangi avtomobillar uchun odatda maxsus shartlarni, jumladan, past foiz stavkalarini taklif qilishadi. Masalan, hozir elektromobillar uchun yaxshi takliflar mavjud.

Kredit olish jarayoni oddiy: avtosalonda avtomobil tanlaysiz, boshlang‘ich to‘lov bilan kredit rasmiylashtirasiz va avtomobildan darhol foydalana boshlaysiz. Qolgan qismini esa bosqichma-bosqich to‘laysiz.

Rassrochka

Bu kredit shakli bo‘lib, mahsulot yoki xizmat uchun to‘lov qismlarga bo‘lib amalga oshiriladi. Afzalligi — ortiqcha to‘lovlarning minimalligi yoki umuman mavjud emasligi.

Masalan, siz yangi smartfon sotib olasiz va uni foizsiz 6 oy davomida to‘lash imkoniga ega bo‘lasiz — shunda telefon karmoningizga og'irlik qilmaydi. Qancha telefon olgan bo'lsangiz, shuncha pul qaytarasiz.

Kredit kartasi

Ba’zi banklarda kredit kartasi kabi instrument ham taklif etiladi. U oddiy debet kartasi kabi rasmiylashtiriladi — onlayn yoki oflayn. Bank karta egasiga kredit limiti beradi va u pulni foizsiz muddat ichida qaytarib berishi mumkin.

Masalan, avtomobilingiz buzildi. Do‘stlar yoki qarindoshlardan qarz olish o‘rniga kredit kartadagi puldan foydalanib, ish haqi kelishi bilan qaytarishingiz mumkin.

Qanday qilib kredit olish mumkin?

  1. Hujjatlarni tayyorlang. Pasport, daromad haqida ma’lumotnoma. Ba’zan kafillik ham talab qilinishi mumkin.
  2. Bank kredit tarixingizni tekshiradi. Bank oldingi qarzlarni qanchalik mas’uliyat bilan qaytarganingizni o‘rganadi.
  3. Daromadingizni tasdiqlang. Barqaror daromadingiz borligini ko‘rsating.


Foiz stavkasi haqida nima bilishingiz kerak?

Foiz stavkasi — bu kredit uchun to‘lov. U bankdan olgan pulingiz ustiga qo'shib qaytaradigan summangizni ko‘rsatadi. Masalan, 500 000 so‘mni yillik 15% foiz bilan olsangiz, bir yilda 75 000 so‘m qo'shimcha to‘laysiz.

Kreditni onlayn rasmiylashtirish

Hozir ko‘pchilik banklar internet orqali kredit olish imkonini taqdim etadi. Bu tez va qulay, ammo ba'zi xavflarni hisobga olish muhim.

Ko'p beriladigan savollar

Kredit tanlashda foydali maslahatlar

  1. Maqsadni aniqlang. Kredit nima uchun kerakligini tushunish o'zingizga mos kredit turini tanlashga yordam beradi.
  2. Byudjetni rejalashtiring. Kreditni to‘lash hayot sifatini pasaytirmasligiga ishonch hosil qiling.
  3. Shartlarni o‘rganing. Birinchi qilingan taklifga rozi bo‘lmang, bir necha variantlarni taqqoslang.
  4. Shartnomani o‘qing. Barcha shartlar tushunarli ekanligiga ishonch hosil qiling.
  5. Muddatlarga rioya qiling. Kreditni vaqtida to‘lang, shunda jarimalarga uchramaysiz.

*Ushbu maqola faqat umumiy tushuncha va ma’lumot uchun. Material yuridik maslahat hisoblanmaydi: matn malakali yurist tomonidan tayyorlanmagan, unda soddalashtirishlar, noaniqliklar yoki eskirgan ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. Qaror qabul qilishda yoki qanday yo‘l tutishni tanlashda faqat ushbu materialga tayanmang. Professional huquqiy yordam kerak bo‘lsa, malakali mutaxassislarga murojaat qilganingiz ma’qul.

Kredit
19.12.2024
5 daqiqa
Аvoboy
Sariq moliyaviy yordamchingiz

Bosh sahifa

Moliya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
AVO gapBankomatlar

UZ

  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Bank haqida
+998 (78) 888-78-87
+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • Mikroqarz
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2026,«AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 24/02/2026

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.