1-iyul kuni Toshkentda Kursiv Uzbekistan tomonidan tashkil etilgan «O‘zbekistonda kapital bozori: investitsiyalar uchun yangi imkoniyatlar» konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Uchinchi sessiya alternativ investitsiya vositalariga bag‘ishlandi va unda AVO bank boshqaruv a’zosi, g‘aznachilik hamda bozor risklari departamenti direktori Konstantin Kirko bozorni amaliy nuqtayi nazardan tahlil qilib o‘tdi.
Mazkur sessiya banklar, qurilish va sug‘urta kompaniyalari vakillarini birlashtirdi. Ular bugun pulni oltin, kripto, ko‘chmas mulk yoki bank depozitlaridan qaysi biriga tikish ma’qulroq degan savolni muhokama qilishdi. AVO bank shunchaki marketing emas, balki beqaror iqtisodiy sharoitda albatta e’tibor qaratishga arzigulik vosita — yillik 25% gacha daromad keltiruvchi depozitlar haqida aniq va jonli tarzda so‘zlab berdi.
Konstantin AVO bank o‘z mahsulot stavkalarini qanday shakllantirayotgani, bunday takliflar uzoq muddatli istiqbolda qanchalik barqaror bo‘lishi va nega yuqori foiz stavkalari xavf emas, balki yangi raqobat muhitining natijasi ekaniga oid foydali ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi. Sessiyada shuningdek inflyatsiya kutilmalari, mijozlarning xatti-harakati va bozordagi kuchayib borayotgan raqobat masalalari ham ko‘tarildi.
Investitsiyaga bo‘lgan qiziqish sessiya moderatori, Kursiv Media direktori Anastasiya Novikova «O‘zbekiston fond birjasidagi savdo hajmi 2024-yilda 7 baravarga oshdi» deb ta’kidlaganidek mutlaqo tabiiy o‘sib bormoqda. Bu aholining investitsiya xatti-harakatida jiddiy tarkibiy o‘zgarishlar bo‘layotganidan dalolat beradi. Bunday sharoitda esa aynan mahsulotlarning raqobatbardoshligi asosiy tanlov omiliga aylanmoqda.
AVO bank vakili bilan birga ushbu sessiyada quyidagi ishtirokchilar ham qatnashdi:
AVO bank Kursiv Uzbekistan jamoasiga sifatli tashkilotchilik va moderatsiya uchun, shuningdek, investitsiya vositalarining keng ko‘lamida o‘z qarashlarini bildirish imkoniyati yaratgani uchun minnatdorlik bildiradi.

