Ayollar tanasidagi ortiqcha tuk bilan qadimgi Misr zamonidan beri kurashib keladi. Avval ip bilan olishgan, ustara, pinset, mum va shugaringdan foydalanishgan. Keyin elektroepilyator paydo bo‘ldi, lekin u tukning yana o‘sib chiqishi muammosini hal qilmadi.
Texnologiya rivojlanib, epilyatsiyalarning lazer, elektro, foto va elos usullari paydo bo‘ldi. Har birining o‘ziga xos samaradorligi, ko‘rsatmalari, afzallik va kamchiliklari bor. Menga lazer mos tushdi.
Hozir 5 ta lazerli epilyatsiya studiyasi haqida aytib bermoqchiman. Ulardagi narxlarni solishtiraman, xizmat ko‘rsatish darajasini baholayman va kursdan keyingi taassurotlarim bilan o‘rtoqlashaman 💅
Lazerli epilyatsiyaning gashti nimada
Tuklar bilan kurashni ancha oldin boshlaganman: avval ustara ishlatdim, keyin Toshkentda mum va shugaring paydo bo‘lishi bilan ularni sinashga o‘tdim. oxir-oqibat tuklarning tez o‘sishi, tanamga botishi va muolajadan 2 hafta ham o‘tmay, yubka kiyolmay qolishimdan charchadim. Shunda bu muammoni ildizi bilan bartaraf etishning boshqa usullarini o‘rganishga kirishdim.
Tukni butunlay yo‘q qiladigan yagona usul bo‘lsa ham elektroepilyatsiyadan voz kechdim. Chunki qanchalik samarali bo‘lmasin, uning og‘rig‘iga men chiday olmayman. Elos’ning foydasini sezmaganimdan keyin lazerni sinab ko‘rdim. Kursdan keyin har 6 oyda bir marta profilaktik muolajalar yetadi, deb va’da qilishdi. Menga shu eng maqbul yechim bo‘lib tuyuldi.

Qaysi biri yaxshiroq: aleksandrit yoki diod?
Lazerning asosan 2 turi bor — diodli va aleksandritli. Diodli lazer og‘riqsiz, ko‘proq fototiplarga mos tushadi, teriga muloyimroq ta’sir qiladi, lekin quvvati biroz pastroq.
Mutaxassis bilan maslahatlashganimdan keyin aleksandritli lazerni tanladim. Chunki terimning rangi o‘rtacha, tuklarim to‘q, kontrast yuqori bo‘lgani uchun lazer tuklarni yaxshiroq oladi va kerakli natijaga tezroq erishiladi. Qarshi ko‘rsatmalarni oldindan dermatolog bilan muhokama qilib oling.
Kamchiliklari — faqat qimmat va og‘riqliligi. Men og‘riqqa chidamliman, ba’zi joylarda yoqimsiz og‘risa ham, chidasa bo‘ladi. Studiyalarning ko‘pi Candela apparatlarida ishlaydi, lekin Lutronic, DEKA va boshqalar ham bor. Apparatlarning har yangi avlodida og‘riq darajasi pasayib boryapti, lekin hozircha butunlay yo‘q bo‘lib ketgani yo‘q.
Afzalliklaridan esa tanam ustara yoki mum yordamida erishib bo‘lmaydigan darajada silliq bo‘lib qoldi, tuklar esa deyarli o‘sishda to‘xtadi. Kurs davomida seanslar orasida tanam taxminan 2 oy silliq bo‘lib turadi.

💄 Go‘zallik sarmoya talab qiladi va biz uni beramiz
AVO platinum kredit kartasi — 100 mln so‘mgacha limit va 45 kungacha 0%
Toshkentdagi 5 ta studiya: narxlar, kompleks va qo‘shimcha imtiyozlar
7–10 yil oldin epilyatsiya bozori unchalik rivojlanmagan edi. Bugun esa lazerli epilyatsiyani taklif qiladigan go‘zallik salonlaridan tashqari, maxsus studiyalar ham bor.
Boshlanishida byudjet va tukning o‘sish tezligidan kelib chiqib, ish hajmini belgilaymiz. Men asosiy zonalar — oyoq va qo‘llar (maktabda shu yerlardagi tukdan uyalardim), bikini hamda qo‘ltiqni tanladim.
Toshkentdagi 5 ta studiyada lazerli epilyatsiya qancha turishini solishtiramiz:
Nomi | |||||
---|---|---|---|---|---|
Studiya turi | Estetik tibbiyot klinikasi, keng turdagi xizmatlar | Lazerli epilyatsiya studiyalari tarmog‘i, apparatli kosmetologiya xizmatlari | Lazerli epilyatsiya studiyasi, qo‘shimcha xizmatlar | Lazerli epilyatsiya studiyalari tarmog‘i | Lazerli epilyatsiya studiyasi |
Filiallari | Toshkentda 1 ta filiali bor | Toshkentda 3 ta filiali bor | Toshkentda 1 ta filiali bor | Toshkentda 8 ta, Samarqand va Buxoroda 1 tadan filiali bor | Toshkentda 1 ta filiali bor |
Oyoqlar | 1 100 000 | 1 000 000 | 1 000 000 | 1 100 000 | 465 000 |
Qo‘llar | 900 000 | 600 000 | 600 000 | 900 000 | 741 300 |
Chuqur bikini | 600 000 | 500 000 | 450 000 | 800 000 | 413 000 |
Qo‘ltiq | 340 000 | 250 000 | 250 000 | 400 000 | 189 000 |
Kichik kompleks 2 ta zona: bikini va qo‘ltiq | 1 500 000 (chegirma bilan 1 200 000) Oyoqlarning tizzagacha bo‘lgan zonasi uchun qo‘shimcha pul to‘lash kerak bo‘ladi | 550 000 | 500 000 | 590 000 | 500 000 (8 ta muolaja kursini xarid qilsangiz 374 000) |
O‘rtacha kompleks | 2 100 000 (chegirma bilan 1 600 000) 5 ta zona: tizzagacha oyoqlar, tirsakkacha qo‘llar, bikini, qo‘ltiq va mo‘ylov | 1 500 000 4 ta zona: oyoqlar, bikini, qo‘ltiq va ixtiyoriy kichik zona | 1 650 000 3 ta zona: oyoq va qo‘llar hamda bikini | 1 590 000 3 ta zona: oyoqlar, bikini va qo‘ltiq | 1 165 000 (8 ta muolaja kursini xarid qilsangiz 882 000) Ixtiyoriy 3 ta zona |
Katta kompleks 4 zona: oyoq va qo‘llar, bikini hamda qo‘ltiq | 2 900 000 (chegirma bilan 2 300 000) | 1 990 000 Qo‘shimcha ravishda, istagan kichik zonani tanlashingiz mumkin | 2 300 000 Qo‘shimcha ravishda dumba zonasi kiradi | 2 390 000 | 1 359 000 (8 ta muolaja kursini xarid qilsangiz 1 059 000) |
Aksiya, chegirma, bonus tizimi | Aksiya, chegirma, bonus tizimi Komplekslarga chegirma 4 ta zonaga 20% chegirma | Aksiyalar studiyaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida e’lon qilinadi | Yo‘q | Aksiyalar studiyaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida e’lon qilinadi | 4 yoki 8 ta muolajali kursni xarid qilganda chegirma Bonus tizimi: do‘stingiz uchun keshbek |
Kichik studiyalarda narxlar tarmoqlardagiga qaraganda arzonroq. Kompleks olsangiz yoki aksiyalarni (8 mart, Yangi yil) kutsangiz, anchagina tejaysiz.
3 ta studiyadagi shaxsiy tajribam va ular haqidagi fikrim
Estetik muolaja olmoqchi bo‘lsam, joy va mutaxassisga e’tibor beraman. Qulaylik va xotirjamlik muhim, shuning uchun epilyatsiyaga faqat opa-singillarim yoki yaqin dugonalarim tavsiyasi bilan borganman. Bu holatda joylashuv eng katta talablardan biri emas.
Studiyalarni uch mezon bo‘yicha baholadim:
- Tozalik
- Studiyaning holati
- Xizmat ko‘rsatish
Spoyler: bu bo‘yicha hech birida muammo yo‘q.
MEDIVA
Kirishda baxila kiydirishadi. Kabinetdagi kushetkada bir martalik yopqich bor, toza xalat ham taklif qilishdi. Boshlashdan oldin mutaxassis zonani oq kosmetik qalam bilan bloklarga bo‘lib chizdi va himoya ko‘zoynagini berdi. Seansdan oldin ko‘zni bo‘yamaslikni maslahat beraman, chunki og‘riqdan ko‘zlaringizni qisganingizda tush ko‘zoynakda iz qoldiradi.
Muolaja paytida mutaxassis o‘zini bosiq, biroz sovuqqon tutdi; o‘zimni qanday xis qilayotganimni so‘rab turdi va qattiq qimirlaganimda sal tanbeh aralash boshini chayqab qo‘ydi. Muolaja oxirida tuklar olingan joyga namlovchi va sovutuvchi vositalar surtdi. Birinchi tashrifimdan keyin resepshenda kichik fikr anketasini to‘ldirishimni so‘rashdi.
Umumiy taassurotim: yuragim jiz qilmadi, neytral joy.

Manzil: Yakkasaroy tumani, Askiya ko‘chasi, 26B
Mo‘ljal: Askiya bozori, To‘qimachilik instituti
GLASE
Birinchi tashrifimda anketa va muolajalar uchun rozilik shaklini to‘ldirdim. Mutaxassis avvalgi tajribam qanday bo‘lganini so‘radi va anketada yo‘q ayrim masalalarni ham aniqlashtirdi. Kabinetdagi kushetkada bir martalik yopqich va himoya ko‘zoynaklari tayyorlab qo‘yilgan.
Mutaxassis xushmuomala va muloqotga ochiq edi: har bir harakatini tushuntirib bordi, qaysi zonaga o‘tayotganini yoki qayerda og‘riq bo‘lishi mumkinligini oldindan aytib turdi. Oxirida dezinfeksiyalovchi, tiklovchi va namlovchi vositalarni surtdi, yana bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy ta’sirlar haqida eslatib o‘tdi. Apparat yaxshigina sovitgani uchun epilyatsiya paytida biroz sovqotdim, lekin mutaxassis boshdan-oyoq o‘rab qo‘yish uchun ikkita adyol tayyorlab qo‘ygandi.
Bu studiyada keyingi kelishingizga muolaja tugashi bilan navbat olib qo‘ying, chunki keyin bo‘sh joy bo‘lmasligi mumkin.

Filial manzili: Mirobod tumani, Avliyo-Ota ko‘chasi, 1
Mo‘ljal: Gospital bozori
ALEX
Birinchi seansda mutaxassis og‘zaki so‘rov o‘tkazdi va avvalgi muolajalardan keyin qanday reaksiya bo‘lganini aniqlashtirdi. Kabinetda hamma narsa o‘z joyida edi: bir martalik yopqich, albatta, himoya ko‘zoynaklari ham bor.
Mutaxassis juda e’tiborli va sezgir edi: har bir zonada hech narsa bezovta qilmayotganini so‘rab turdi, qayerda og‘riq bo‘lishi mumkinligini oldindan ogohlantirdi. Tana yoki tuk miqdori haqida noo‘rin izohlar qilmadi. Muolajadan keyin to‘qimalar tiklanishini kuchaytiradigan vosita va quyoshdan himoya qiluvchi krem surtib qo‘ydi. Telegram’da muttaxasisni baholash uchun shakl yuborishdi, 30 kundan keyin qayta yozilish imkoniyati haqida eslatishdi.
Bu joyga ilk kelishimdan ko‘nglim tushdi — meni mehr va g‘amxo‘rlik bilan qurshab olgan mukammal mutaxassisni topdim.

Manzil: Yashnobod tumani, Boyqurg‘on berk ko‘chasi, 46
Mo‘ljal: Parkent bozori
Bu studiyalardagi xizmat ko‘rsatish darajasi yoqimli ajablantirdi: resepshendagi qizlar muloyim, ichimlik taklif qilishadi, hamma savollaringizga javob berishadi va mutaxassis bo‘shaguncha kutib turishingizni xushmuomalalik bilan so‘rashadi. Men mutaxassisning ish jarayonida o‘zimni qulay xis qilganim tufayli ALEX studiyasini tanladim.
Lazerli epilyatsiyadan keyingi xulosam
Gormonal zonalarda effekt sekinroq ko‘rinadi — 2–3 ta seansdan keyin tushkunlikka tushib qolmang. Natija faqat muolajani muntazam ravishda qilib borsangiz ko‘rinadi. Pulni behuda sarflamaslik uchun studiyaga borib, maslahat oling — ayrim joylarda bu bepul. Shunda qancha vaqt va pul kerak bo‘lishini tushunasiz, seanslar jadvalini ham belgilab olasiz.
Navbatdagi seansim avans bilan oylik orasidagi noqulay davrga to‘g‘ri kelganida AVO platinum kredit kartasi qo‘llab yubordi. Uning yordamida seansni ham o‘tkazib yubormadim, 45 kunlik imtiyozli muddat tugashidan oldin qarzni yopishga ham ulgurdim.
Hammaning reaksiyasi har xil — kimdir ko‘proq, kimdir kamroq qatnashi kerak bo‘ladi va bu oddiy hol. 9 oy ichida ketma-ket 6 marta bordim: 4-seansdan keyin boldirlarimdagi tuklar sezilarli darajada siyraklashdi. Qo‘ltig‘imdagi tuklarning 80% i ketdi. 5-seansdan keyin bikini va old yelka zonamda yaqqol o‘zgarish bo‘ldi. 6-seansdan keyin mutaxassis yana 1–2 muolajadan keyin boldir va qo‘ltiqni asosiy ro‘yxatdan chiqarib, bu zonalarda yarim yilda bir marta profilaktik seanslarga o‘tishimizni aytdi.
Bu yoz SPF’dan faol foydalandim, quyoshdan yashirinib yurdim, lekin aleksandrit lazer natijasidan mamnunman. Menga o‘xshab tanadagi keraksiz tuklardan uyalib yurishni istamaydigan qizlarga bemalol tavsiya qilaman.
*Maqolada keltirilgan ma’lumotlar saytga joylashtirilgan vaqt uchungina amal qiladi: fikrlar muallifning shaxsiy qarashlarini aks ettiradi va AVO bank'ning rasmiy nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin. Bank havola qilingan tashqi manbalar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi, ko‘rsatilgan narxlar esa taxminiy xarakterga ega. Qaror qabul qilishdan oldin eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.

Dugonajon, pul kerakmi?
AVO platinum barcha istaklaringiz uchun kartaga 100 mln so‘mgacha beradi 💳