• AVO

  • AVO gap

  • Supurgi va lattalarsiz turmush: robot-changyutgichni qanday tanlash kerak

Supurgi va lattalarsiz turmush: robot-changyutgichni qanday tanlash kerak

Robot-changyutgichlarga uzoq vaqt ishonchsizlik bilan qaradim. Ularning burchaklarga yetib bormay qolishi, stul oyoqlari atrofidagi axlatni qoldirishi va doim divan tagida yo‘qolib qolishi haqida juda ko‘p eshitgandim. Lekin vaqt o‘tgan sari tozalashga vaqtim yo‘qligi, uyni esa asta-sekin chang bosib ketayotganini sezdim. Ayniqsa, uyda bolalar, uy hayvonlari va oq tokchalar bo‘lgani bunga qo‘shimcha bo‘ldi. Shunday qilib, nimaga pul to‘lash kerakligini tushunish maqsadida robot-changyutgichlar mavzusiga jiddiy kirishib ketdim. 

Endi sizlarga dastlabki ikki tozalashdan keyin hafsalangizni pir qilmaydigan changyutgichni qanday tanlash, nimalarga e’tibor qaratish kerakligi va nima uchun arzon modellar ko‘pincha to‘ydagi mehmonlar kabi shovqini ko‘p-u, nafi kam bo‘lishi haqida batafsil tushuntirib beraman. 

Uy toza bo‘lishi yoki bo‘lmasligi cho‘tkaga bog‘liq  

E’tibor qaratish kerak bo‘lgan birinchi narsa — cho‘tkalarning tuzilishi. Ular juda xilma-xil bo‘lib, robotning divan ostidagi ushoqlarni tozalay olishi yoki gilamdagi barcha sochni yig‘ib olishi aynan shularga bog‘liq. 

  • Turbocho‘tka (cho‘tka + silikon) — gilamni yaxshi tozalaydi-yu, lekin sochlarni gilam bo‘ylab yoyib tashlaydi. Agar uyingizda momiqqina mushuk yoki uzun sochli kimdir bo‘lsa, keyinchalik bu sochlarni qaychi bilan qirqib, yig‘ib olishingizga to‘g‘ri keladi. 
  • Rezina g‘altak — toza, shovqinsiz, sochlarni yoyib tashlamaydi. Laminat, kafel va silliq pollarni yaxshi tozalaydi. Agar g‘altaklar ikkita bo‘lib, turli tomonga aylansa — yana ham yaxshi. 
  • Gibrid — silikon yaproq va o‘rtasida axlatni so‘rib oladigan kanalli cho‘tka. Bunday moslama ham gilamlarni tozalaydi, ham sochlar bilan kurashadi. Roborock’da ko‘rganimda, takomillashgan cho‘tka kuchning yarmini tejashi mumkinligini tushundim.

Quvvat faqat raqamlar bilan o‘lchanmaydi

Quvvat qancha yuqori bo‘lsa, shuncha yaxshi, shunday emasmi? Yo‘q... aslida unday emas. 
Ishlab chiqaruvchilar «4000 Pa» yoki «6000 Pa» deb ko‘rsatishni yaxshi ko‘rishadi, lekin ichki tuzilma kuchsiz bo‘lsa, quvvatdan foyda yo‘q. Bu xuddi havo sharini puflab, og‘zini berkitib qo‘yganga o‘xshaydi — havo baribir chiqmaydi. 

Men quyidagi xulosaga keldim: 

  • Agar polingiz silliq, gilamsiz bo‘lsa — 2500–3000 Pa bemalol yetadi. 
  • Agar gilam yoki gilam qoplama ko‘p bo‘lsa – 5000 Pa va undan yuqorisi kerak bo‘ladi. 

Eng muhimi, faqat raqamlargagina emas, balki cho‘tkalar, filtrlash, harakat yo‘nalishi — hamma narsa birgalikda qanday ishlashiga e’tibor qaratish kerak. 
Robot 2 soat davomida devorga urilib turmasligi uchun navigatsiya muhim 

Boshida u shunchaki uy bo‘ylab yurayotgandek tuyuladi. Lekin javon yonida axlat uyumi yig‘ilib turgan bo‘lsa-da, robot 1 joyni qayta-qayta tozalayotganini ko‘rganingizda, aqlliroq robotlarning qadriga yeta boshlaysiz. 

Ular shartli ravishda quyidagi turlarga bo‘linadi: 

  • Navigatsiyasiz — tartibsiz burchaklarga urilib yuraveradi. Faqat kichik studiya uylarga mos keladi. 
  • Giroskopli — to‘g‘ri yuradi-yu, lekin tez-tez adashib qoladi. 
  • Lidarli — minora o‘rnatib, xonani skanerlaydi va xarita tuzadi. Bu aniq keyingi darajadagi texnologiya. 
  • Kamerali — simlar, paypoqlar, o‘yinchoqlar kabi narsalarni taniy oladi. Mushuk idishini aylanib o‘tib, suvni to‘kmasdan harakatlanishi mumkin. 

Men lidarli modelni tanladim va haqiqatan ham farqni sezdim: u tizimli tarzda harakatlanadi, hech narsani unutmaydi va behuda u yoqdan bu yoqqa yurmaydi. 

Nam tozalashni uddalay oladimi 

Bu yerda quti ustidagi yozuvga aldanib qoldim. Ko‘plab changyutgichlar qutisida «nam tozalash funksiyasi bor» deb yozilgan bo‘lsa-da, aslida shunchaki nam lattani sudrab yurishadi. 

O‘zim shunday xulosaga keldim: 

  • Oddiy latta — changni artadi, lekin dog‘ni ketkazmaydi. 
  • Vibroshvabra — biroz ishqalaydi, lekin bosimi baribir yetarli emas. 
  • Aylanuvchi moplar — bu boshqa gap. Ayniqsa changyutgich ularni stansiyada o‘zi yuvsa, ular polni yaxshilab ishqalab tozalaydi. 

Lattani o‘zi yuvib, quritadigani — eng zo‘r robot. Agar uyingiz katta bo‘lsa va qo‘lda yuvishni xohlamasangiz – shu variantga e’tibor bering. 

Xizmat ko‘rsatish: qo‘lingiz bilan qancha ish qilishga tayyorsiz? 

Ochig‘ini aytganda, stansiyasiz ko‘p changyutgichlar parvarish talab qiladi: har tozalashdan keyin idishni bo‘shatish, lattani yuvish, suv quyish va to‘kish kerak bo‘ladi... 

O‘z-o‘zini tozalaydigan stansiyali modellar esa — boshqa gap. Chang va axlatni o‘zi qopga  to‘kadi, siz esa o‘sha qopni oyda bir marta axlatga tashlashingiz kerak bo‘ladi, xolos. Yana lattani o‘zi yuvadigan, quritadigan, hatto suv quvuriga ulanadigan turlari ham bor (behazil, tanishlarimnikida ko‘rganman). 

Hozircha eng zamonaviy model uchun pul to‘lashga tayyor emasman, lekin chang yig‘gich o‘rniga oddiy qop bo‘lishi ham ishimni ancha yengillashtirdi. 

O‘zbekistonda robot-changyutgichlar qancha turadi 

Narxi
Imkoniyatlari
2 mln so‘mgacha 
oddiy modellar gilamsiz kichik uyga mos keladi  
2–3,5 mln so‘mgacha  
navigatsiya va asosiy nam tozalash imkoniyatlariga ega, lekin stansiyasi yo‘q 
4–6 mln so‘mgacha  
maqbul muvozanat: sifatli tozalash, yuqori quvvat va minimal aralashuv  
7+ mln so‘m 
kameralar, moplar, stansiya va deyarli to‘liq mustaqillikka ega bo‘lgan modellar  
10+ mln so‘m 
suv quvuriga ulanadigan va tozalash kompaniyasi kabi tozalaydigan flagman modellar  
Muddatli to‘lov va foizlarsiz sotib oling  

AVO platinum hoziroq 100 mln so‘mgacha beradi 

Kartani ochish 

Keyin afsuslanmaslik uchun tanlayotganda nimaga e’tibor berish kerak 

  1. Polingizga qarang: plitka bo‘lsa — g‘altakli, gilam bo‘lsa — cho‘tkalisini tanlang. 
  2. Nam tozalash kerak yoki yo‘qligiga qarang. Agar kerak bo‘lsa, mopli modelni tanlang. 
  3. Navigatsiyani o‘rganishga erinmang — lidar va kameralar sezilarli ustunlik beradi. 
  4. Kamroq ovora bo‘lishni istasangiz, stansiyali modelni tanlang. 
  5. Nomsiz modellarni tanlamang. Keyinchalik ularga na qop, na filtr topa olasiz. 


Agar hoziroq yaxshi modelni olmoqchi bo‘lsangiz-u, pulingiz yetmayotgan bo‘lsa, AVO platinum kredit kartasidan foydalaning. Orzuingizdagi robot-changyutgichni hoziroq kredit limitidan foydalanib sotib olishingiz va sarflangan summani ish haqingizni olgach qaytarishingiz mumkin. Imtiyozli davr (45 kungacha) ichida qaytarsangiz, foiz to‘lashingizga hojat qolmaydi. 

*Maqolada keltirilgan ma’lumotlar saytga joylashtirilgan vaqt uchungina amal qiladi: fikrlar muallifning shaxsiy qarashlarini aks ettiradi va AVO bank'ning rasmiy nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin. Bank havola qilingan tashqi manbalar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi, ko‘rsatilgan narxlar esa taxminiy xarakterga ega. Qaror qabul qilishdan oldin eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.

Avto va texnika
15.07.2025
5 daqiqa
Bekzod Salimov
Maqola muharriri
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fikr-mulohazalar
AVO gapBankomatlar

UZ

+998 (78) 888-78-87
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
Qarzdorlikni so'ndirish
Bank haqida
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Bosh sahifa • 07.09

    Vaqt va pul tejashning yana bir yo‘li: aerogrilda tayyorlanadigan 1 kunlik taomnoma

    Nasiba Kamilova

  • Bosh sahifa • 03.09

    Hayp yoki haqiqat: moliyaviy blogerlarga ishonsa bo‘ladimi 

    Imana Irmanova

  • Bosh sahifa • 01.09

    Dunyoda fintex qayerga harakatlanyapti: SI, texnologiyalar va raqamli etika 

    Mariya Levina

  • Bosh sahifa • 29.08

    Toshkentda O‘RVI bilan kasallanish qanchaga tushadi

    S.Aydin

  • Bosh sahifa • 27.08

    Ta’tildan keyin byudjetni qanday tiklash mumkin: shaxsiy tajribam

    S.Aydin

  • Yangiliklar • 26.08

    Firibgarlar haqidagi mini-serialning ikkinchi mavsumini boshladik

    AVO press-markazi


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

63