• AVO

  • AVO gap

  • Bank kredit kartasi bilan kredit to‘lab bo‘ladimi? 

Bank kredit kartasi bilan kredit to‘lab bo‘ladimi? 

Ba’zan hayotda shunday payt keladiki, qarzlar bir-biriga ulanib ketadi. Misol uchun, bir bankdan kredit olasiz va u pulni to‘lay olmaysiz. Shunda kredit kartasi yaxshi yechimdek tuyuladi. Uning yordamida eski kreditingizni yopishingiz mumkin bo‘ladi. Lekin mana shu yerda mantiqiy savol tug‘iladi: o‘zi kreditni bank kredit kartasi yordamida to‘lash mumkinmi? 

Umuman olganda — ha. Kredit kartasi yordamida qisqa vaqt ichida pul olish mumkin va hammasi juda oddiy ko‘rinadi: pulni o‘tkazdingiz-u, qarzingizdan xalos bo‘ldingiz. Lekin aslida bu qanday ishlaydi? Bunday jarayon ortida nimalar yashiringan? Umuman qarzni bunday yo‘l bilan rasmiy va hamyonga ortiqcha zarar yetkazmagan holda yopish mumkinmi? Keling, bosqichma-bosqich ko‘rib chiqamiz. 

Bunday vaziyatda nimalar bo‘ladi o‘zi?  

Qonun nuqtayi nazaridan, haqiqatan ham kredit kartangizdan kredit to‘lovi uchun foydalanishingiz mumkin. Ya’ni, bir qarzni boshqasi hisobiga uzasiz. Kredit kartasini chiqargan bank xarajatlaringiz yo‘nalishini cheklamaydi (agar bu O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida taqiqlangan qimor o‘yinlari, terrorizmni moliyalashtirish va shunga o‘xshash holatlarga taalluqli bo‘lmasa): bu xarid, pul o‘tkazma yoki hatto boshqa shaxsning qarzi uchun to‘lov bo‘lishi mumkin. Bir qarashda hammasi qonuniy. 

Lekin aslida bu qayta moliyalashtirish deb ataladi — ya’ni qarzdan qutulmaysiz, balki uning shaklini o‘zgartirasiz, xolos. Eng muhimi, buni mustaqil ravishda, bank ishtirokisiz va hech qanday imtiyozlarsiz amalga oshirasiz. Bu esa barcha javobgarlik va xatarlar ham zimmangizda qolishini bildiradi. 

Buni nazariy jihatdan qanday amalga oshirish mumkin?  

O‘zbekistonda «A» bankdagi kreditni «B» bankning kredit kartasi yordamida bir tugmani bosish orqali yopish imkonini beradigan qulay servislar yo‘q. Lekin ba’zan foydalanish mumkin bo‘lgan boshqa aylanma yo‘llar bor. 

1. To‘lov ilovalari 

Aksariyat banklar Click, Payme, MyUzcard yoki UPAY kabi to‘lov tizimlariga ulangan. Bunday ilovalarda «Kreditlarni to‘lash» bo‘limini tanlab, bankni ko‘rsatib, kredit raqami va summasini kiritish mumkin — shunda pul tanlangan kartadan yechib olinadi. 

Ilovada kredit kartasini ulash mumkinligi sababli, operatsiya texnik jihatdan amalga oshadi. Lekin, e’tibor qaratish kerak bo‘lgan jihat shundaki, bunday to‘lovlar pul o‘tkazmalari yoki hatto naqd pul yechib olish sifatida hisoblanadi. Natijada imtiyozli davr amal qilmaydi va darhol foiz hisoblanadi hamda komissiya qo‘shiladi. Ko‘pincha bu summa oddiy debet kartalaridan o‘tkazmalardan ancha yuqori bo‘ladi. Ya’ni, shunchaki kredit kartangizdan pul olib, hech qanday imtiyozlar va kechiktirish imkoniyatisiz bankka topshirgandek bo‘lasiz. 

2. Kredit kartasidan debet kartasiga o‘tkazib, kredit to‘lash 

Ba’zi foydalanuvchilar boshqacha yo‘l tutadi: avval kredit kartasidan pulni o‘zlarining debet kartasiga o‘tkazib, keyin undan kredit to‘lashadi. Bu yaxshi yo‘l bo‘lsa ham, tekin emas. Kredit kartasini chiqargan bank bunday o‘tkazmani naqd pul yechib olish deb hisoblab, buning uchun foiz oladi. Buning ustiga, kredit to‘lash uchun ham alohida foiz olishi mumkin. 

Natijada: 2 ta o‘tkazma uchun 2 ta komissiya to‘laysiz, buning ustiga imtiyozli muddatdan ham foydalana olmaysiz. Bu unchalik foydali yo‘l emas. 

3. Kredit kartasidan pul olib, bankka olib borib to‘lash 

Eng to‘g‘ri, lekin eng qimmat yo‘l. Kredit kartangizdan bankomatda pul yechib, uni kredit olgan bankning kassasiga olib borishingiz mumkin. Bu yo‘l qulay, lekin bepul emas. 

Birinchidan, deyarli barcha banklar kredit kartasidan naqd pul yechish uchun yuqori foiz oladi. 
Ikkinchidan, bunday operatsiyalarga imtiyozli davr qo‘llanilmagani sababli, foizlar birinchi kundan boshlab hisoblanadi. 

Ya’ni, kredit kartangizni qulay qiladigan barcha narsani yo‘qotasiz: hech qanday kechiktirish imkoniyati yo‘q, faqat xarajat qilasiz. 

O‘zbekistonda ahvol qanday?  

O‘zbekistondagi banklar o‘z kreditlarini to‘lash masalasida mijozlarga qulayliklar yaratmoqda. Deyarli barcha banklarda kredit kartasini boshqa bank kartasi orqali, mobil ilova yoki bankomat yordamida to‘ldirish mumkin. Shuningdek, avtomatik to‘lovni sozlash, naqd pul kiritish va ichki pul o‘tkazmalaridan foydalanish imkoniyati ham bor. 

Ba’zi banklarda bu jarayon bankomatlar orqali, boshqalarida ilova orqali amalga oshiriladi, ayrim hollarda esa shunchaki balansni to‘ldirish kifoya. Lekin, bu usullarning barchasi faqat o‘z bankidagi qarzni qaytarishga mo‘ljallangan. Hozircha bir bankning kredit kartasidan boshqa bank krediti hisobiga pul o‘tkazish imkonini beradigan universal servis yo‘q. 

Misol uchun, agar AVO platinum kredit kartasidan foydalansangiz, ilova orqali boshqa kartadan pul o‘tkazib yoki naqd pul kiritib, undagi qarzni to‘lashingiz mumkin. Bu qulay va tushunarli usul. Lekin bu kartadan boshqa bankdagi kreditni yopish uchun foydalana olmaysiz — bunday imkoniyat hali mavjud emas. Deyarli hamma banklarda (aniqrog‘i hamma banklarda) shunday. 

Nima uchun bunday yo‘l ko‘proq muammo keltirib chiqaradi? 

Bir qarashda hamma narsa mantiqiy ko‘rinadi: bir bankdan uzoqroq muddatli qarz olasiz-u, boshqa bankdagi qarzdan xalos bo‘lasiz. Lekin aslida yangi shartlar bilan yangi qarz olasiz, ko‘pincha bu shartlar avvalgisidan noqulayroq bo‘ladi. Bunda asosiy xavflar quyidagilar: 

  • Umumiy qarz yuki oshadi. Komissiyalar, foizlar va imtiyozli davrning yo‘qligi sababli rejadagidan ko‘proq pul sarflashga majbur bo‘lasiz. Bir qarashda summa o‘sha-o‘sha, lekin yakuniy summa ancha yuqori chiqadi. 
  • Imtiyozli davr yo‘qoladi. Kredit kartasidan pul o‘tkazish yoki naqd pul yechib olishingiz bilanoq imtiyozli davr bekor bo‘ladi. Foizlar darhol hisoblanishni boshlaydi. 
  • Nazorat qilish qiyinlashadi. Bitta kredit kartasi, boshqa bank, bir nechta muddatlar va foizlar — nimanidir e’tibordan chetda qoldirish hech gap emas. O‘z vaqtida to‘lamasangiz, kechikishlar va jarima kredit tarixingizga salbiy ta’sir ko‘rsatib, foiz stavkasi oshadi. 
  • Moliyaviy xomxayol. Qarz yopilgandek tuyulsa ham, aslida muammoni keyinga qoldirgansiz, xolos. Agar buni muntazam ravishda takrorlasangiz, har bir yangi kredit oldingi qarzni yopadigan qarz tuzog‘iga tushib qolishingiz mumkin. 
Kredit karta hammasini hal qiladi 

Shoping, texnika va hatto uy ta’miri uchun 100 mln so’mgacha pul oling 

Karta ochish

Boshqa yo‘l bormi?  

Ha va bu ancha xavfsizroq: 

✅ Qayta moliyalashtirish. Bu eski kreditni yopish uchun rasmiy tarzda yangi kredit olish jarayoni. Odatda, uni qulay shartlarda olish mumkin. Bunday variantni ko‘pincha bankning o‘zi taklif qiladi va butun jarayon qonuniy hamda shaffof bo‘ladi. 

✅ Muddatidan oldin to‘lash. Imkoniyat tug‘ilsa, mavjud kredit hisobiga pul qo‘yish maqsadga muvofiq. Hatto kichik miqdordagi muddatidan oldingi to‘lovlar ham asosiy qarzni kamaytiradi va foizlardan tejashga yordam beradi. 

✅ Boshqa odam yordami. Boshqa birov, masalan, qarindoshingiz kreditini to‘lashingiz mumkin. Lekin buning uchun uning yozma roziligi va to‘lov rekvizitlari talab qilinadi. Ko‘plab banklar qarz oluvchining o‘zidan tasdiqnoma so‘raydi — bu firibgarlikdan himoya bo‘lib xizmat qiladi. 

✅ Byudjetni rejalashtirish. Bu eng to‘g‘ri yo‘l. O‘z xarajatlari, daromadlari va to‘lov jadvallarini yaxshi tushunish oldindan xavf-xatarsiz yechimni topishga imkon beradi. 

Xulosa qilsak… 

Kredit kartasi yordamida kreditni to‘lash mumkin. Lekin bu noqulay, qimmat va xavfli yo‘l. O‘zbekiston bank bozorida hozircha maxsus servislar yo‘q, mavjud aylanma yo‘llar esa yuqori komissiya, imtiyozli davrning yo‘qolishi va nazorat qilishning qiyinlashishiga olib keladi. 

Agar bunday operatsiya sizga chindan ham kerak bo‘lsa, uni faqat vaqtinchalik favqulodda chora sifatida ko‘rishingiz mumkin, lekin barcha komissiya va muddatlarni puxta hisob-kitob qiling. Boshqa barcha hollarda qayta moliyalashtirish, muddatidan oldin to‘lash yoki qarzni qaytarish jadvalini qayta tuzish kabi rasmiy usullardan foydalanish ma’qulroq. 

*Информация, представленная в статье, является актуальной на момент публикации: мнения отражают личную точку зрения автора и могут не совпадать с официальной позицией AVO bank. Банк не несёт ответственности за содержание сторонних ресурсов, на которые даны ссылки, а указанные цены носят ориентировочный характер. Перед принятием решений рекомендуется сверяться с актуальными данными.

AVO gid
25.07.2025
12 daqiqa
Sarvar Qobilov
Maqola muharriri
AVO gapBankomatlar

UZ

+998 (78) 888-78-87
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
Qarzdorlikni so'ndirish
Bank haqida
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fikr-mulohazalar
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Bosh sahifa • 07.09

    Vaqt va pul tejashning yana bir yo‘li: aerogrilda tayyorlanadigan 1 kunlik taomnoma

    Nasiba Kamilova

  • Bosh sahifa • 03.09

    Hayp yoki haqiqat: moliyaviy blogerlarga ishonsa bo‘ladimi 

    Imana Irmanova

  • Bosh sahifa • 01.09

    Dunyoda fintex qayerga harakatlanyapti: SI, texnologiyalar va raqamli etika 

    Mariya Levina

  • Bosh sahifa • 29.08

    Toshkentda O‘RVI bilan kasallanish qanchaga tushadi

    S.Aydin

  • Bosh sahifa • 27.08

    Ta’tildan keyin byudjetni qanday tiklash mumkin: shaxsiy tajribam

    S.Aydin

  • Yangiliklar • 26.08

    Firibgarlar haqidagi mini-serialning ikkinchi mavsumini boshladik

    AVO press-markazi


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

118