• AVO

  • AVO gap

  • Nomingizga birov kredit ochgan bo‘lsa, nima qilish kerak?  

Nomingizga birov kredit ochgan bo‘lsa, nima qilish kerak?  

Bugungi kunda kreditni uydan chiqmay, bir necha tugmani bosish orqali olish mumkin. Bu qulay, lekin shu bilan birga xavfli: internetda pasport ma’lumotlaringizni 1 marta ko‘rsatishning o‘zi yetarli —hech narsa so‘ramagan bo‘lsangiz ham, nomingizda kredit paydo bo‘lishi mumkin. Bunday holatlar qanday sodir bo‘lishi va o‘zimizni qanday himoya qilishimiz haqida batafsil ko‘rib chiqamiz. 

Firibgarlar ma’lumotlaringizni qayerdan olishadi?  

Firibgarlar har doim ham dohiyona ish qilmasalar-da, ko‘pincha surbet bo‘ladilar. Ular internetdan topish mumkin bo‘lgan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri aldab olish mumkin bo‘lgan hujjat nusxalari, telefon raqamlari, boshqalarning selfilarini — barcha narsalarni ishga soladilar. Kimdir bir paytlar soxta ish beruvchiga pasport nusxasini yuborgan bo‘lsa, boshqa birov shubhali saytga karta raqamini kiritgan. Ba’zida esa ma’lumotlar tovlamachilarga ma’lumot sizib chiqishi orqali yetib boradi — pasport va STIR ma’lumotlari bazasi tez-tez Telegramda paydo bo‘lib qoladi. 

Kerakli ma’lumot qo‘lga kiritilgach, jabrlanuvchi nomiga kredit yoki muddatli to‘lov rasmiylashtirish usulini tanlash qoladi. Va eng qizig‘I aynan shu yerda boshlanadi. 

Insonning ishtirokisiz kredit qanday olinadi?  

Rasmiy tekshiruvlarga qaramay, ayrim firibgarlik usullari hamon ish bermoqda. Firibgarlar quyidagicha harakat qilishadi: 

  • Ular vizual tekshiruvdan o‘tish uchun boshqa shaxsning guvohnomasidagi suratni o‘zgartirib, kredit olishlari mumkin. Ba’zilari hujjat egasiga o‘xshash tashqi ko‘rinish yaratadi: soch turmagi, kiyimlari o‘xshash bo‘ladi — bu esa oflayn xizmat ko‘rsatish nuqtalaridagi xodimlar diqqatidan chetda qolishi mumkin. Boshqalari esa o‘g‘irlangan telefon raqami va SMS xabarlariga kirishdan foydalanib, masofadan turib avtorizatsiyadan o‘tadi va shartnomani imzolaydi. 
  • Ba’zi hollarda firibgarlik sxemasida vijdonsiz xodimlar ham ishtirok etadi — masalan, bo‘limdagi xodim o‘zini mijozning qarindoshi deb tanishtirgan shaxsga shartnomani bemalol rasmiylashtirib berishi mumkin. Ba’zida esa e’tiborsizlik sabab bo‘ladi — imzo tekshirilmaydi, yuz suratga solishtirilib ko‘rilmaydi yoki aniqlik kiritish uchun qo‘ng‘iroq qilinmaydi. 
  • Agar firibgar sizning onlayn-bank yoki internet do‘konidagi akkauntingizga kira olsa, vaziyat yanada osonlashadi: nomingizga mahsulot rasmiylashtiriladi, siz esa bu haqda faqat to‘lov to‘g‘risidagi SMS xabarini olgandan keyingina bilasiz. 

Nomingizga kredit olishgan bo‘lsa nima qilish kerak? 

  1. Befarqlik qilmang. Summa kichik bo‘lsa ham, qarz ko‘payib boradi, siz esa kredit obro‘yingizni yo‘qotasiz. Shuning uchun darhol harakat qilishingiz kerak. 
  2. Kredit olingan joy — bank, mikrokredit tashkiloti yoki muddatli to‘lov xizmatiga boring. Shartnoma hujjatlari, kredit olingan sana, fotosurat va imzo nusxalari, boshqa barcha ma’lumotlarni talab qiling. Albatta ariza yozing — unda kredit olmaganingizni ko‘rsating va tekshiruv o‘tkazishni talab qiling. 
  3. Ichki ishlar organiga boring. U yerda ham ariza yozing, unda vaziyatni batafsil tasvirlang: qarz olmaganingizni, firibgarlikdan gumon qilayotganingizni, dalillarni ilova qiling — masalan, hujjat yo‘qolganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, agar kredit olingan kunda boshqa mamlakat yoki shaharda bo‘lgan bo‘lsangiz, chiptalarni taqdim eting. 
  4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yoki Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga shikoyat yozing. Buni faqat kompaniya yoki bank javob bermasa yoki to‘lovni talab qilishda davom etsa qiling. Ushbu tashkilotlar mijozlar huquqlarining buzilishiga munosabat bildirishi shart. 

Nomingizda kredit borligini qayerdan bilish mumkin?  

O‘zbekistonda kredit tarixini my.gov.uz davlat xizmatlari portalidan olish mumkin. Ushbu xizmat pullik bo‘lib, 15 ming so‘mdan sal ko‘proq turadi, lekin yiliga 1 marta bepul foydalanish imkoniyati bor. Ko‘chirmada barcha mavjud kreditlar, to‘lovlarning kechikishi va kredit olishga urinishlar ko‘rsatilgan bo‘ladi. 

O‘zingizni qanday himoya qilish mumkin?  

Hech kim firibgarlikdan himoyalanmagan, lekin xavfni kamaytirish uchun bir necha qoidalar bor. 

  1. Pasport va bank ma’lumotlaringizni messenjerlar orqali, ayniqsa notanish shaxs yoki Telegram-botlarga yubormang. Agar yuborishingiz kerak bo‘lsa, skan ustiga «Faqat AVO banki uchun, kreditlar uchun emas» deb yozib qo‘yishingiz mumkin. 
  2. Telefoningiz har doim o‘zingiz bilan bo‘lsin. SMS orqali tasdiqlash kodlari keladi va agar kimdir SIM-kartangizga kira olsa, u sizning nomingizdan hamma narsani rasmiylashtirishi mumkin. 
  3. Kredit tarixingizni kamida har 6 oyda bir marta tekshirib turing. Bu unchalik qiyin emas, lekin jiddiy muammolardan asrab qolishi mumkin. 
  4. Onlayn xizmatlardan foydalanishda ehtiyotkor bo‘ling. Mijozlar va ularning ma’lumotlari hamda puli xavfsizligini ta’minlaydigan kompaniyalar, odatda, ko‘p bosqichli himoyani joriy etadilar: masalan, AVO bankda haqiqiy vaqt rejimida selfi talab qilishadi, suratlarni my.gov.uz bazasi bilan taqqoslashadi va biometriyadan foydalanishadi. 

Nima uchun tez harakat qilish muhim?  

Qarzga aloqador emasligingizni isbotlamaguncha, siz javobgar hisoblanasiz. Bu esa jarimalar, to‘lovlarning kechikishi, kollektorlar bilan muammolar va kredit tarixingizning yomonlashishiga olib keladi. Qanchalik tez ariza topshirib, dalillarni to‘plasangiz, qarzni bekor qilish va ismingizni oqlash imkoniyati shunchalik yuqori bo‘ladi.

Ta'lim
11.07.2025
6 daqiqa
Аvoboy
Sariq moliyaviy yordamchingiz
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fikr-mulohazalar
AVO gapBankomatlar

UZ

+998 (78) 888-78-87
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
Qarzdorlikni so'ndirish
Bank haqida
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Bosh sahifa • 01.10

    Vogue va Heels ritmida: Toshkentdagi raqs studiyalari

    Nasiba Kamilova

  • Bosh sahifa • 29.09

    Karmon AI: MENA va AQSh bozorlarini zabt etayotgan o‘zbek fintex-startapi

    Nasiba Kamilova

  • Bosh sahifa • 27.09

    Ustozlar bayramiga sovg‘a: 250 000 so‘mgacha gullar

    Dilnoza Uralova

  • Yangiliklar • 27.09

    AVO bank pul o‘tkazmalari bo’yicha maxsus shartlar e’lon qiladi

    AVO press-markazi

  • Bosh sahifa • 25.09

    Toshkentda lazerli epilyatsiya: narxlar, studiyalar, mijozlar fikri

    S.Aydin

  • Bosh sahifa • 23.09

    Oson pul topish yo‘llari: 3 onlayn tuzoq

    Imana Irmanova


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

786