Ba’zida shoshilinch pul kerak bo‘lib qoladi-yu, garovga qo‘yadigan hech narsa topilmaydi: na mashina, na uy bor, umuman olganda, mol-mulkni xavf ostiga qo‘ygisi kelmaydi odamning. Mana shunday holatlarda garovsiz kredit yordamga keladi. Bank yoki moliya tashkiloti shunchaki sizga ishonib, aniqrog‘i, to‘lov intizomingiz va daromadingizga asoslanib, pul berishga rozi bo‘ladi.
Masalan, kartangizga muntazam ravishda oylik maosh tushsa va hisoblarni o‘z vaqtida to‘lashni unutmasangiz, bank sizni ishonchli mijoz sifatida ko‘radi. U mol-mulkni garovga qo‘yishni yoki ko‘plab hujjatlar to‘plashni talab qilmasdan, moliyaviy tarixingizga qarab qaror chiqaradi.
Bunday kredit, ayniqsa, noutbuk buzilganda, qarindoshlarnikiga shoshilinch yetib borish kerak bo‘lganda yoki biror narsani katta chegirma bilan sotib olish imkoniyati tug‘ilganda, maosh esa hali 10 kundan keyin bo‘ladigan bo‘lsa, juda asqotadi. Hech kim do‘stlaridan qarz so‘rashni yoki yashirib qo‘ygan pulini kavlashtirishni istamaydi — undan ko‘ra, kichikroq miqdorda qarz olib, muammoni hal qilish va keyin xotirjam qaytarish ancha qulay.
Garovsiz kredit afzalliklari
Kreditni tez olish mumkin. Ilgari qo‘lingizda bir to‘p hujjat ko‘tarib yurib, ishsiz emasligingizni isbotlashga majbur bo‘lgan bo‘lsangiz, bugun ko‘plab bank va mikrokredit tashkilotlari barcha ishni onlayn bajaradi. Anketani to‘ldirib, pasportingizni yuklasangiz, bir necha soat ichida, ba’zida undan ham tezroq javob olishingiz mumkin.
Yana bir muhim jihat — biror narsa kutilmaganda chappasiga ketsa ham, uy yoki mashinangizdan ajralib qolaman deb tashvishlanishingiz shart emas. Albatta, qarzni har qanday holatda qaytarish kerak, lekin garov bo‘lmagani uchun xavotir darajasi ancha past bo‘ladi.
Aytgancha, bunday shakl biznes uchun ham qulay. Masalan, YaTT bo‘lsangiz va tovar xarid qilish yoki ijara uchun zudlik bilan pul kerak bo‘lsa-yu, kutishga imkon bo‘lmasa — garovsiz kredit haqiqatan ham najot halqasiga aylanishi mumkin.
O‘zbekistonda qayerda garovsiz kredit olish mumkin?
Variantlar juda ko‘p. Ayniqsa, Toshkentda — bu yerda raqobat yuqori bo‘lgani sababli banklar yaxshiroq shartlarni taklif qilishga harakat qiladi. Ko‘pchilik onlayn xizmatga o‘tgan: uydan chiqmay, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ilovadan kredit olish imkoniyati mavjud.

Mikrokredit tashkilotlari ham orqada qolmayapti: ularda odatda talablar biroz yengilroq. Agar tadbirkor bo‘lsangiz, davlat dasturlarini ham ko‘rib chiqishingiz mumkin — ba’zida ular past foizli va hatto to‘lov muddati kechiktirilgan kreditlarni taklif qiladi.
Garovsiz kreditni kimlarga berishadi?
Odatda, bunday kreditlar 18 yoshdan oshgan va barqaror daromadga ega O‘zbekiston fuqarolariga beriladi. Bu ish haqi, pensiya yoki tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromad bo‘lishi mumkin — asosiysi, u rasmiy va muntazam bo‘lishi kerak. Yaxshi kredit tarixi ham katta ustunlik hisoblanadi.
Shuni tushunish muhimki: garov bo‘lmagani uchun bank foizlar orqali o‘zini himoyalaydi. Ya’ni, stavkalar an’anaviy garovli kreditlarga qaraganda biroz yuqoriroq bo‘lishi ehtimoli bor. Shu sababli, ariza topshirishdan oldin bunday yukni ko‘tara olish qobiliyatingizni baholang.
Qulay muqobil variant — AVO platinum kredit kartasi
Ba’zan kredit umuman kerak bo‘lmaydi. Shunchaki ozgina ehtiyotkorlik qilish kerak — masalan, chiptalarni arzon paytida sotib olish yoki joylar bo‘sh paytida o‘qish uchun to‘lov qilish. Bunday holatlarda 100 mln so‘mgacha limitga ega AVO platinum kredit kartasi yordamga keladi. Imtiyozli davr 45 kungacha davom etadi. Ya’ni, pul sarflashingiz mumkin va agar hammasini shu muddat ichida qaytarsangiz — hech qanday foiz to‘lamaysiz.
Karta O‘zbekistonda ham, chet elda ham ishlaydi, uni ilova orqali rasmiylashtirish mumkin. Minimal darajada hujjat talab qiladi, hech qanday kafil va garovsiz. Foydalanasiz, qaytarasiz — hammasi juda oddiy.

Garovsiz, asab buzilishisiz, ortiqcha «ammo»larsiz
AVO platinum kredit kartasini bir necha bosishda rasmiylashtiring va istalgan ehtiyoj uchun 50 mln so‘mgacha limitga ega bo‘ling
Kredit kartasini ochishda nimaga e’tibor berish kerak?
Birinchi duch kelgan bankka shoshilmaslik juda muhim. Ularning to‘liq foiz stavkasini sinchiklab o‘rganing — nafaqat foizlarni, balki komissiya, sug‘urta va boshqa to‘lovlarni ham hisobga oling. Shartnomani diqqat bilan o‘qing: kreditni muddatidan oldin qaytarish imkoniyati bormi, jarimalar mavjudmi? Eng asosiysi — tashkilotda Markaziy bank litsenziyasi borligini tekshiring.
Shuningdek, yodda tuting: agar kreditlarni o‘z vaqtida qaytarsangiz, kredit tarixingiz yaxshilanadi. Bu esa, o‘z navbatida, shartlarni ham yaxshilaydi — keyinchalik sizga ko‘proq miqdordagi va arzonroq kreditlar taklif qilishlari mumkin.
Ishonish davri keldi
Garovsiz kredit — ishonch masalasi. To‘g‘ri, bank hujjatlarni tekshirishda davom etadi, lekin moliyaviy jihatdan mas’uliyatli bo‘lsangiz, kerakli pulni olish uchun mulkingizni garovga qo‘yishingiz shart emas. Bu qulay va tez usul bo‘lib, 2025-yilga kelib tobora ko‘proq odatiy holga aylanib bormoqda. Eng muhimi — bunday kreditlarga aql bilan yondashish, to‘lov muddatlarini esdan chiqarmaslik va haqiqatan ham imkoniyatlaringizga mos keladigan takliflarni tanlash.
