• AVO

  • AVO gap

  • Kuzda yuz terisini qanday parvarishlash kerak?

Kuzda yuz terisini qanday parvarishlash kerak?

Kuz — ajoyib fasl: sharf, qahva, hazonga aylana boshlagan barglar... Lekin yuz terisi uchun bu jiddiy sinov. Siz kuzning go‘zalligidan zavqlanayotgan paytda, shamol, isitish batareyalari va havoning o‘zgaruvchanligi teringizni bir zumda quritib, uni taranglashtiradi.

Salqin havolarni xotirjam va chiroyli o‘tkazish uchun M Cosmetic’ga borib, sovuq mavsumga mo‘ljallangan parvarish vositalarini qidirdim. Go‘zallik olamidagi narxlar qimmatlashib ketgani sababli hamyonimni qiynamaslik uchun arzonroq variantlarga qaradim. Bugun topgan narsalarim haqida sizga ham aytib bermoqchiman, byudjetingiz va yuzingiz terisi ehtiyojlariga qarab tanlang ✨

1-bosqich: yuzimizni namlantiramiz 

Toner terini kremga tayyorlaydi. U yuzingizni yuvganingizdan keyin surtiladigan yengil suv bo‘lib, terini yumshatadi va kosmetika bir tekis surtilishiga yordam beradi. Mening terim ozgina quruq bo‘lgani uchun, konsultant TONYMOLY Wonder Ceramide Mochi Toner’ni tavsiya qildi. U yumshoq va tinchlantiruvchi ta’sirga ega bo‘lib, hatto sezgir teriga ham mos keladi. Do‘kondagi narxi 214 500 so‘m.

Lekin men o‘sha yerda arzonroq variant — Dzintars Moisturising’ni topdim. U TONYMOLY’dek yaxshi namlantiradi, lekin narxi deyarli uch barobar arzon — atigi 78 000 so‘m.
Teringiz menikidek sezgir bo‘lsa, xarid qilishdan oldin tester so‘rab, teringizning kichik qismiga surtib ko‘ring.

2-bosqich: teri elastikligi va tusini tiklaymiz 

Tonerdan keyin serum keladi — u krem ta’sirini kuchaytiradi. Men L’Oréal Paris kompaniyasining Revitalift Filler serumini tanladim. Uni surtganimdan keyin terim yanada jonlanib, mayda ajinlarim tekislandi. Yuzim hatto ertalablari ham yanada tetik ko‘rina boshladi. Uning narxi 136 200 so‘m.

MISSHA kompaniyasining Vita C Plus Ampoule serumi biroz qimmatroq variant, narxi 290 000 so‘m. U yuzni oqartiradi, yoz quyoshidan qoraygan teri tusini tekislash va ortiqcha yaltiroqlikni yo‘qotishga yordam beradi.

Quruq teri kerakmas, faqat chegirma!

M cosmetic’da AVO platinum kartasi bilan to‘lab, 20% chegirma oling

Karta ochish

3-bosqich: himoya kremini surtamiz

Krem yuz uchun kiyim vazifasini bajaradi. U terini shamol va sovuqdan himoya qiladi, namlikni saqlaydi hamda yuzdagi mayda nuqsonlarni yashiradi. Men Garnier’ning «Gialuronli aloye» kremini tanladim. U yengil tuzilishga ega bo‘lib, yopishqoq emas va terini qichitmaydi. Narxi 63 200 so‘m.

Istasangiz, 330 000 so‘mga MISSHA’ning Super Aqua Ultra Hyalron kremini olishingiz mumkin. U terini yanada yaxshiroq namlab, tekislaydi, pardoz og‘irlik hissisiz, bir tekis yotadi.

Qaysi birini tanlash kerak?

Har bir mahsulot bilan tanishganimizdan so'ng endi raqamlarga e’tibor qarataylik — bu bizga ikkilanmasdan to‘g‘ri qaror qabul qilishda yordam beradi:

Nomi
Arzon kosmetika
Qimmat kosmetika
Toner
78 000
214 500
Serum
136 200
290 000
Krem
63 200
330 000
Jami
277 400
834 500

Agar asosiy muammo isitish batareyalari va shamol yuzingizni quritib, taranglashtirayotganida bo‘lsa, arzon kosmetika vositalari bu masalani bemalol hal qila oladi. Ular terini tinchlantirib, namlantiradi. Agar sezilarli darajada yorqinroq va tekisroq teri rangiga erishishni istasangiz (ayniqsa yozdan keyin), premium mahsulotlarga e’tibor qarating. Ular faqat qulaylik emas, balki ko‘zga tashlanadigan natija beradi.

Parvarish vositalaridan qanday foydalanish kerak?

Avval kaftingiz yoki paxta diskka toner tomizing va terini yumshatish hamda keyingi bosqichga tayyorlash uchun yuzingizga surting.

Keyin serumga o‘ting. 2–3 tomchini yuz va bo‘yningizga yengil harakatlar bilan cho‘zmasdan va shoshilmasdan yoying.

Oxirida yengil harakatlar bilan krem surting. Uni ichkaridagi namlikni saqlab, tashqariga chiqarmaydigan issiq ko‘rpa kabi tasavvur qiling. Kunduzi bunday krem pardoz uchun yaxshi asos bo‘ladi, kechqurun esa teringizning tiklanishiga yordam beradi.

Bunday parvarishni ertalab va kechqurun qiling. Ertalab quyoshdan himoyalovchi krem ham surting. U quyosh ko‘rinmagan paytlarda ham kerak.
Maslahatim, parvarish vositalarini biroz nam teriga surting, shunda yaxshiroq singadi.

Parvarish vositalarini qayerda sotib olgan yaxshi?

Ularni Toshkentdagi kosmetika do‘konlaridan osongina topsa bo‘ladi, faqat narxlar farq qilishi mumkin. Odatda, qulay joylashuvi va keng mahsulot tanlovi tufayli M cosmetic do‘konidan xarid qilaman.

M Cosmetic’da turli xil aksiyalar ham bo‘lib turadi. Masalan, bu safar xaridlarimni AVO platinum kredit kartasi bilan to‘laganimda, kartamga 1% keshbek va keyingi xarid uchun 20% chegirma oldim.

Kuzda teri tez qurib, sezgir bo‘lib qoladi, shu sababli uni namlantirish, oziqlantirish va himoya qilish shart. Agar yuzingizni har kuni parvarish qilsangiz, u sovuq mavsumni yengil o‘tkazadi hamda yangi va sog‘lom ko‘rinishga ega bo‘ladi 🥰

*Maqolada keltirilgan ma’lumotlar saytga joylashtirilgan vaqt uchungina amal qiladi: fikrlar muallifning shaxsiy qarashlarini aks ettiradi va AVO bank'ning rasmiy nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin. Bank havola qilingan tashqi manbalar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi. Ko‘rsatilgan narxlar taxminiy xarakterga ega. Qaror qabul qilishdan oldin eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.

AVO ilovasini yuklab oling

100 mlngacha limit, onlayn omonat va bonuslar sizni kutmoqda

Yuklab olish
🏄🏻‍♂️ Layfstayl🥊 Sport va salomatlik
17.09.2025
4 daqiqa
Dilnoza Uralova
Maqola muharriri
AVO gapBankomatlar

UZ

  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Bank haqida
+998 (78) 888-78-87
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 20/11/2025

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Bosh sahifa • 05.12

    Oziq-ovqatga qanday kamroq sarflash mumkin: shaxsiy tajribam

    Dilnoza Uralova

  • Bosh sahifa • 03.12

    Oltin va qimmatbaho toshli bezaklar: dunyodagi 5 ta eng qimmat archa

    Islam Osmanovich Roziev

  • Bosh sahifa • 01.12

    Arzon Yangi yil sayohatlari bo‘yicha qo‘llanma: qayerda yashash, nimada yurish va nima yeyish mumkin

    Yuna Korostelyova

  • Yangiliklar • 27.11

    AVO bank Boshqaruv raisi o‘z faoliyatini yakunlab, yangi professional bosqichga o'tmoqda 

    AVO press-markazi

  • Bosh sahifa • 25.11

    Korporatsiyalar yangi yil kayfiyatingizdan qanday pul ishlashadi

    Rustam Mansurov

  • Bosh sahifa • 23.11

    Skamerlar internetda bolalar va o‘smirlarni qanday aldashadi

    Nasiba Kamilova


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

63