Tanishgan paytimizda Aziza tarjimon bo‘lib ishlardi. 2022-yil bahorida uni navbatdagi loyihaga chaqirganimda, sohasini o‘zgartirayotganini aytdi va modellik qilishga taklif qildi. O‘shandan beri bo‘yanish uchun doim uning oldiga boraman, hatto yaqin orada meykap kursiga ham yozilmoqchiman.
Muallif: Terina Galimova
Aziza Yo‘ldosheva — top vizajist-stilist, permanent makiyaj ustasi, qosh bo‘yicha mutaxassis, laminatsiya ustasi, makiyaj, qosh arxitekturasi hamda soch turmaklash bo‘yicha o‘qituvchi.
Aziza stajyorlikdan o‘qituvchigacha bo‘lgan yo‘li haqida gapirib beradi, qayerda o‘qish mumkinligi, yangi vizajist uchun pardoz vositalarini qanday yig‘ish va qachon daromad olishni boshlash bo‘yicha foydali maslahatlar beradi.
Muallif: Madina Gafurova
TIF menejeridan vizajistlikkacha: kasbni almashtirish yo‘li
Men do‘konlar tarmog‘i uchun texnika importi — bojxona rasmiylashtiruvi va shunga o‘xshash ishlar bilan shug‘ullanardim. Hammasi fotosessiyadan boshlandi: suratga tushishimda Nozima qilgan makiyaj juda yoqdi. Xohlaganimday qilib bera olgan yagona vizajist shu bo‘ldi.
To‘yim bilan bog‘liq yoqimsiz tajribam bor edi. Rasm ko‘rsatib, tabiiy makiyaj qilib berishlarini so‘ragandim. Kelin ko‘ylagim dabdabali va katta bo‘lgani uchun vizajist ko‘ylakning ichida yo‘qolib qolasiz, dedi. Rozi bo‘ldim-u, lekin oynaga qaraganimda butunlay boshqa qizni ko‘rdim. Bunday makiyaj bilan o‘zimni noqulay his qildim. Odatdagidek biroz tuzataman degandim, oxiri hammasini yuvib tashlashga to‘g‘ri keldi. Lab bo‘yog‘ini yorqin qilib surtib, kipriklarimni bo‘yab, ustidan pudra surtdim-u, ketdim. Chunki qolgan kosmetikam kuyovnikida edi. Shu ko‘rinishda turmushga chiqdim.
Shundan keyin 3 yilcha umuman vizajistlarga bormadim, o‘zim bo‘yanib yurdim. Keyin Nozimaning qo‘liga tushdim-u, qiziqib qoldim. Karolinaning bazaviy kursini tugatdim, kerakli kosmetikalarni oldim va o‘sha yerning o‘zida stajyorlik qildim. Stajirovkadan keyin ishlay boshladim, suratga olishlarga ham chiqadigan bo‘ldim.
Shu-shu odamlar vizajist ekanimni bilib olishdi. Yangi mijoz izlashimga hojat qolmadi — tanish-bilish orqali kelishdi.
Professional vizajist bo‘lishingizni qanday tushundingiz?
Erim avvaliga qarshi bo‘ldi, lekin o‘z qarorimda turib oldim. U oyiga kamida 6 mln so‘m topishing kerak, deb shart qo‘ydi — TIFda shuncha olardim. Oila byudjetiga zarari tegmasa, mayli, dedi.

Orzungiz bormi?
Unga AVO platinum bilan erishing — garov va ma’lumotnomasiz 100 mln so‘mgacha pul oling!
Jon-jahdim bilan ishladim. Tekin fotosessiya, imij uchun, ijtimoiy tarmoqlarda belgilashlari uchun, hatto ovqat evaziga bo‘lsa ham borardim. Chunki kosmetika olib qo‘yganman, ularning yaroqlilik muddati bor. Qanday sarflasam ham mayli, isrof bo‘lmasa bo‘ldi edi.
Albatta, og‘ir oylar ham bo‘ldi, lekin doim B rejam bor edi. Frilans tarjimon bo‘lib ishlardim — shuning uchun pulsiz qolib ketishdan qo‘rqmasdan rivojlanishga vaqtim bor edi. Shu sababli ham Instagramdagi sahifamni faol yuritmayman.

Qanday qilib o‘qituvchi bo‘ldingiz?
Karolina 2 yil ichida qanday o‘sganimni ko‘rib, bir kuni menga o‘qituvchilik qilishni taklif qildi. Shundan keyin maxsus kursni tugatib, makiyaj bo‘yicha dars bera boshladim.
Azizaning kurslarining narxi:
Kurs | Davomiyligi | So‘mdagi narxi |
---|---|---|
O‘zingiz uchun tezkor makiyaj kursi | 1 kun, 2–3 soatlik dars | 1 300 000 |
O‘zingiz uchun makiyaj kursi | 5 kun, 2–3 soatlik dars | 3 900 000 |
Vizajistlar uchun professional kurs | Individual ravishda belgilanadi | 7 000 000 dan |
Go‘zallik sohasida karyera o‘qishdan boshlanadi. Qaysi o‘qituvchidan o‘rgangan yaxshi va bu qancha turishini ko‘rib chiqamiz.
Bu sohaga yangi kirayotganlarga qaysi kurslarni tavsiya qilasiz?
Oflayn kurs 7–40 mln so‘m turadi. Men o‘zim vizajist bo‘lib ketgan Karolina studiyasini tavsiya qilaman. Albatta oflayn o‘qish muhim: o‘qituvchi qo‘lingiz bilan ishlab, xatolarni darhol tuzatadi va ko‘nikmalaringiz qanday o‘sayotganini kuzatadi.
Yo‘l boshida bazaviy kursning o‘zi yetadi — unga 20 mln dan ko‘p sarflamang, keyin ko‘p mashq qiling. Men haftasiga 5 kun, kuniga 3–4 ta modelni bepul bezantirganman. Qo‘lingiz kelishgach, ishlaringiz odamlarga yoqa boshlaydi: sizni tanishlariga tavsiya qilishadi va o‘zlari ham mijoz bo‘lib kelishadi.
Keyin stajirovka qilishingiz mumkin bo‘lgan studiyalarni tanlang.
Aziza tamomlagan kurslar
Foydali kurslar va master-klasslar ro‘yxatini tayyorladik:
Kurs | O‘qigan yili | Shakli | Narxi |
---|---|---|---|
Goar Avetisyandan byuti-mutaxassislik kursi | 2021 | Onlayn | $150 |
THE Makeup LOVERS xalqaro vizajistlardan master-klasslar | 2021 | Onlayn | $50 |
Karolina Gorodneydan Step 1 bazaviy kursi | 2021 | Oflayn, Toshkent | $300 |
Karolina Gorodneydan Step 2 bazaviy kursi | 2022 | Oflayn, Toshkent | $300 |
Makeuptrend’da Nadejda Borisovadan makiyaj va turmak kursi | 2023 | Onlayn | $180 |
Makeuptrend’da Nadejda Borisovadan shaxsiy konsultatsiya va portfolio tahlili | 2023 | Onlayn | $80 |
Makeuptrend’da Nadejda Borisovadan PRO KELIN kelinlik ko‘rinishi uchun makiyaj va turmak kursi | 2023 | Onlayn | $180 |
Anjelika Kushnerchukdan qosh arxitekturasi bo‘yicha «Брови на миллион 2.0» kursi | 2024 | Onlayn | $380 |
THUYA brendi texnologi Liana Aleksandrovadan qosh arxitekturasi bo‘yicha master-klass | 2024 | Oflayn, Toshkent | Bepul |
Prive7 vizajisti Darya Komarovadan oqshom makiyaji bo‘yicha master-klass | 2024 | Oflayn, Toshkent | Bepul |
Konstantin Borchininovdan turmak kursi | 2024 | Oflayn, Toshkent | $100 |
Anastasiya Neganovadan kiprik laminatsiyasi kursi | 2025 | Onlayn | $80 |
Bekzara Abduraxmonovadan kiprik laminatsiyasi kursi | 2025 | Oflayn, Toshkent | $50 |
Anjelik Kushnerchukdan permanent makiyaj bo‘yicha individual kurs | 2025 | Oflayn, Toshkent | $2 100 |
Jami | $4 100 |
Yangi vizajistlar uchun pardoz vositalari
Aziza yangi vizajistga mos, o‘rta narxdagi pardoz vositalar to‘plamini tayyorladi.
Nomi | So‘mdagi narxi |
ZOOM sponji | 50 000 |
ART-VISAGE cho‘tkalari (bazaviy to‘plam) | 800 000 |
GARNIER mitsellyar suvi | 50 000 |
GARNIER tonigi | 60 000 |
CeraVe kremi | 250 000 |
ART-VISAGE bazasi | 150 000 |
4 ta SHIK toni: 2 ta quruq teri va 2 ta yog‘li teri uchun och va to‘q ranglarda | 1 200 000 (donasi 300 000) |
ART-VISAGE konsileri | 120 000 |
KIKO korrektori | 120 000 |
Lic skulptori | 209 000 |
PAESE bronzeri | 330 000 |
PROMAKEUP xaylayteri | 250 000 |
SHIK quruq rumyanasi | 250 000 |
ART-VISAGE kremsimon rumyanasi | 100 000 |
ART-VISAGE Color Fix ten osti bazasi | 110 000 |
ART-VISAGE bazaviy tenlar paletkasi | 350 000 |
ART-VISAGE Transparent Loose Powder pudrasi | 120 000 |
ART-VISAGE Ink Line podvodkasi | 120 000 |
2 dona ART-VISAGE ko‘z qalami: qora, jigarrang | 180 000 (donasi 90 000) |
3 xil rangli miss tais lab qalami | 90 000 (donasi 30 000) |
ART-VISAGE Chicago tushi | 90 000 |
VIVIENNE SABO qosh qalami / flomasteri | 70 000 |
ART-VISAGE qosh geli | 70 000 |
2 dona ART-VISAGE lab bleski: rangsiz va tintli | 180 000 (donasi 90 000) |
4 xil rangli VIVIENNE SABO lab bo‘yog‘i: 2 ta satin va 2 ta yaltiroqsiz | 160 000 (donasi 40 000) |
Jami | 5 479 000 |
Bunday to‘plam bilan bemalol ish boshlash va har qanday ko‘rinish yaratish mumkin.
Qaysi pardoz vositalarida tejamaslik kerak?
Parvarish vositalari va tonal kremda— ular bevosita teringizga surtiladi. Tarkibi noaniq, sinovdan o‘tmagan mahsulotlar allergiya chaqirishi mumkin. Agar ton tekis o‘tirmasa, bu makiyajni hech narsa qutqara olmaydi. Ten yoki rumyana kabi quruq mahsulotlarning arzonrog‘ini ham olaversangiz bo‘ladi.
Muallif: Anna Sheremetyeva
Professional pardoz vositalari to‘plami
Quyida esa Azizaning pardoz to‘plami keltirilgan:
Nomi | So‘mdagi narxi |
SHIK sponji | 100 000 |
Ludovik, MANLYPRO, ART-VISAGE cho‘tkalari (professional to‘plam) | 3 000 000 |
BIODERMA mitsellyar suvi | 358 000 |
SKIN1004 Madagascar Centella tonigi | 230 000 |
ESTEE LAUDER serumi | 750 000 |
ESTEE LAUDER kremi | 830 000 |
Quruq teri uchun PROMAKEUP bazasi | 320 000 |
Yog‘li teri uchun PROMAKEUP bazasi | 278 000 |
Quruq teri uchun DIOR toni | 560 000 |
Quruq teri uchun 2 ta LANCOME toni | 1 240 000 (donasi 620 000) |
Yog‘li teri uchun 3 ta och va to‘q ranglardagi ESTEE LAUDER toni | 2 028 000 (donasi 676 000) |
2 ta och va to‘q ranglardagi tabiiy finishli SHIK toni | 500 000 (donasi 250 000) |
2 ta och va to‘q ranglardagi tabiiy finishli Lic toni | 600 000 (donasi 300 000) |
DIOR Forever Skin Glow toni | 651 000 |
2 ta och va to‘q ranglardagi DIOR konsileri | 1 160 000 (donasi 580 000) |
KIKO korrektori | 120 000 |
Romanovamakeup quruq skulptori | 654 000 |
KIKO kremsimon skulptori | 180 000 |
DIOR bronzeri | 801 000 |
tarte xaylayteri | 348 000 |
HOURGLASS xaylayteri | 1 120 000 |
Sovuq rangdagi Charlotte Tilbury quruq rumyanasi | 526 000 |
Iliq rangdagi HOURGLASS quruq rumyanasi | 338 000 |
Sovuq rangdagi Rare Beauty kremsimon rumyanasi | 570 000 |
Iliq rangdagi ART-VISAGE kremsimon rumyanasi | 100 000 |
NARS rumyanasi | 450 000 |
Too Faced teni osti bazasi | 345 000 |
ART-VISAGE tenlari | 280 000 |
Lime Crime tenlari | 626 000 |
Charlotte Tilbury tenlari | 626 000 |
Charlotte Tilbury Pillow Talk tenlari | 680 000 |
DIOR tenlari | 838 000 |
PATRICK TA tenlari | 1 127 000 |
2 dona TOM FORD teni | 2 254 000 (donasi 1 127 000) |
MAKEUP BY MARIO tenlari | 1 200 000 |
3 xil rangdagi KIKO stikli tenlari | 300 000 (donasi 100 000) |
2 xil rangdagi SHIK suyuq tenlari | 260 000 (donasi 130 000) |
ARMANI suyuq tenlari | 478 000 |
2 ta och va to‘q ranglardagi GA-DE pudrasi | 220 000 (donasi 110 000) |
SHIK pudrasi | 258 000 |
jane iredale pudrasi | 576 000 |
ART-VISAGE podvodka / flomasteri | 110 000 |
PROVOC ko‘z qalami | 90 000 |
Romanovamakeup ko‘z qalami | 300 000 |
3 xil rangdagi SHIK lab qalamlari | 510 000 (donasi 170 000) |
PROMAKEUP tushi | 154 000 |
YSL tushi | 500 000 |
VIVIENNE SABO qosh flomasteri | 70 000 |
PNKRE qosh geli | 170 000 |
Kipriklar | 125 000 |
MANLYPRO kiprik yelimi | 136 000 |
4 xil rangdagi ESTEE LAUDER, ARTDECO, NYX, KIKO lab blesklari | 700 000 |
6 xil rangdagi ARMANI, YSL, VIVIENNE SABO, SHIK lab bo‘yoqlari | 2 000 000 |
Jami | 32 745 000 |
Natijada kundalik, kechki, kelinlik va sahna makiyaji uchun to‘liq kosmetik sumkasi yig‘iladi.
Go‘zallik va marketing qurboni bo‘lganim uchun kamida 12 ta ten paletkalarim bor. Bunchalik ko‘p ten na yangi, na professional vizajistga kerak, lekin men o‘zimni to‘xtata olmayman va yangi chiqdimi, darrov sotib olaman. To‘plamimdagi mahsulotlarning hammasi ham lyuks emas — zo‘r makiyajni hamyonbop vositalar bilan ham qilish mumkin. Masalan, ART-VISAGE — o‘z narxi uchun ajoyib mahsulot.
Muallif: Anna Sheremetyeva
Sevimli pardoz vositalaringiz bormi?
Lancome Teint Miracle’dan boshlaymiz. Quruq teri uchun mo‘ljallangan bu tonal krem dog‘larni yopib, yuzga yengil jilo baxsh etadi.
Keyingi sevimli mahsulotim lyuks emas — rus Lic brendining tonal kremi. Yuzda qurib qolmasligi va kamchiliklarni bo‘rttirmasligi yoqadi.
Navbatda — Rare Beauty’ning suyuq rumyanalari. Superpigmentlangan, lekin oson surtiladi, shuning uchun yangi vizajistlar uchun juda qulay.
Quruq mahsulotlardan HOURGLASS uchligi yoqadi — mayin teksturali, biroz bronzer effektli, yaltiroq pudra. Xaylayter sifatida ham ishlatsa bo‘ladi.
MAKEUP BY MARIO cheklangan tenlar paletkasi. Juda ham chiroyli yaltiraydi, qovoqlarga ko‘proq surtsa, nam effekt yaratadi. Yaltiroqsiz ranglar ham yaxshi tanlangan. Ko‘k rang sahna makiyaji va yorqin obrazlar uchun mos keladi. Endi boshlaganlar uchun bunday yuqori pigmentli tenlar bilan ishlash biroz qiyin bo‘lishi mumkin.
Keyingi mahsulot — rus brendi Romanovamakeup’ning Sexy Sculpting Powder skulptor pudrasi. Superyupqa tekstura, oson surtiladi, skulptor rangi — to‘q sariq bilan kulrang orasida. Yuzda chiroyli soya yaratadi.
Va PNKRE — turk qosh geli. Bo‘ysunmas qoshlar uchun must-have — bir zumda tarab qo‘ysangiz bo‘ladi. Ajoyib tarzda qotadi va bir-biriga yopishib qolmaydi.
Sevimli pardoz do‘konlaringiz haqida gapirib bering
Bloom’da istagan mahsulotlaringizni topsangiz bo‘ladi: hamyonboplaridan tortib premium vositalargacha — hammasi bor, lekin narxlar biroz balandroq. Brendlar Toshkentda rasmiy ishlayotgan bo‘lsa, ulardan olaman, ularda beauty-shoplarga qaraganda arzonroq bo‘ladi. Lyuks mahsulotlarni esa sevimli bayerim Beautyland’dan buyurtma qilaman — ular arzonroq olib kelishadi. Yana ko‘pincha BEAUTYFLY’dan xarid qilaman: mashhur brendlar narxi bloom’ga qaraganda pastroq, ustiga-ustak ish qurollari ham arzonroq.
Agar hech bir bayer kerakli mahsulotni olib kelolmasa, ishlab chiqaruvchilarning rasmiy saytlaridan buyurtma qilaman. Rossiya brendlari ortidan Wildberries’ga murojaat qilaman. Ba’zan AQSh va Germaniyada yashaydigan tanishlardan ham olib kelishlarini so‘rayman.
Yangi vizajistlar uchun bloom — eng yaxshi tanlov, lyuks segmenti bilan ishlashga shoshilishning hojati yo‘q.
Kurslarda o‘qidik, kosmetika oldik — endi mijozlarni qayerda qabul qilish haqida o‘ylaymiz.
Salonda joy ijarasi necha pul?
Aziza Beauty Studio by Karolina Gorodnyaya salonida 6 500 000 so‘mga alohida kabinetni ijaraga oladi.
Zalda joy / kabinet | So‘mdagi narxi |
Arzon salon zalida joy | 3 000 000 |
Arzon salonda kabinet | 4 000 000 |
Biznes toifadagi salon zalida joy | 4 500 000 |
Biznes toifadagi salonda kabinet | 6 500 000 |
Premium toifadagi salon zalida joy | 8 000 000 |
Aziza mos joylarni hamkasblari va Instagram orqali topgan — beauty sohasida odatda shunaqa. OLX bilan esa unchalik do‘stlasha olmadi, lekin bu shunchaki uning shaxsiy tajribasi.
Yangi vizajistlarga ko‘pincha foiz asosida ish taklif qilishadi. Ijaraga emas, salon olib keladigan mijozlar uchun foiz to‘laysiz.
Yana bir variant — beauty-kovorking. Masalan, THE BEAUTY LAB’da umumiy zalda professional jihozli joy 1 soatga 40 ming so‘m, 1 kunga 230 ming so‘m.
Endi eng qiziq qismga keldik — vizajistlar qancha topishi haqida gaplashamiz.
Makiyaj, qosh arxitekturasi va kiprik laminatsiyasi narxlari
Aziza ko‘rsatadigan xizmatlar narxlari
Xizmat turi | So‘mdagi narxi |
Kunduzgi / kechki makiyaj | 500 000 |
Sahna makiyaji | 600 000 |
Sinov kelinlik makiyaji | 800 000 |
Kelinlik makiyaji | 1 200 000 |
Qosh korreksiyasi | 170 000 |
Qosh bo‘yash | 170 000 |
Qosh arxitekturasi | 350 000 |
Qoshga uzoq muddatli shakl berish | 500 000 |
Qosh arxitekturasi + uzoq muddatli shakl berish kompleksi | 600 000 |
Halol qosh bo‘yash | 350 000 |
Qosh botoksi | 150 000 |
Kiprik laminatsiyasi | 350 000 |
Qosh bo‘yash | 170 000 |
Ishini endi boshlagan vizajistlarda makiyaj 300 ming so‘mdan boshlanadi. Ba’zi joylar kosmetika va ish qurollarini hamda daromaddan 40% beradi.
Qachon daromad olishni boshladingiz?
Noldan pullik stajirovkagacha 2 oy ketdi, yana 2 oydan keyin top-master bo‘ldim. Birinchi yilda bazaviy o‘qish uchun $800, kosmetika to‘plami uchun $450 sarfladim. Stajirovkada makiyaj uchun 150 ming so‘m olardim, keyin 40/60 ulush bilan ishlashga o‘tdim. Topganimning hammasini kosmetikaga ishlatardim. To‘liq daromad olishni 2 yildan keyin boshladim. Agar boshingiz bilan shu soha ichiga kirib ketib, reklama bilan faol shug‘ullansangiz, xarajatlarni 1 yil ichida ham qoplashingiz mumkin.
Vizajistlarning ishi mavsumga qarab o‘zgarib turadi: makiyaj har oy kerak bo‘lavermaydi. Yoz oxiri–kuz boshi — to‘ylar mavsumi; dekabr oxiri — Yangi yil korporativlari, deyarli tanaffussiz ishlaymiz. Ramazon oyida esa aksincha, ish kam bo‘ladi. Men universal masterman: soch turmagi, qosh arxitekturasi, kiprik laminatsiyasi va permanent ham qilaman. Bu xizmatlar daromad hajmini oshiradi va faslga deyarli bog‘liq emas. Mavsumda o‘qitish bilan birga 25–30 mln so‘m, mavsumdan tashqari — taxminan 10 mln so‘m topaman.
Yangi vizajistning hali shaxsiy mijoz bazasi bo‘lmagani uchun odatda salonlarda foiz asosida ishlab, oyiga 3–7 mln so‘m ishlaydi. Top-master salonda foizga ishlasa — 12 mln so‘mgacha, o‘zi alohida ishlasa — o‘rtacha chekiga qarab 40 mln so‘mgacha chiqishi mumkin.
Mijozlar bilan kelishmovchiliklarni qanday hal qilasiz?
Makiyaj yoqmagan mijozim deyarli bo‘lmagan, chunki hammasini joyida tuzataman— boshqacha strelka chizaman, lab rangini almashtiraman. Hamma ham «menga yoqmadi» deb ayta olmaydi, shuning uchun har bosqichda yoqdimi–yoqmadimi, so‘rab turaman. Tadbirdan keyin ham yozib, mеyk qancha turganini so‘rayman.
Bir marta kelin sinov makiyajisiz, to‘y kuniga yozildi. O‘sha payt u ham, kuyov ham kelinlik obrazini rosa maqtashdi. Ertasi kuni esa «boshqa obraz qilishimiz kerak ediyov» deb yozdi. Bunday holatlarda tushunish kerak: mijozga o‘sha payti hammasi yoqqan-u, keyin fikri o‘zgarib qolsa, bu vizajistning aybi emas.

Muallif: Yevgeniya Arutyunova
Eng yorqin loyihalar haqida gapirib bering
Aziza aviasales, «Тинькофф», «Яндекс 360», O’STIN, ISHONCH, «ДОДО ПИЦЦА» reklama roliklari suratga olishlarida va Maniha tushgan «Мечтатели» filmida grimyor bo‘lib ishlagan.
Yaqinda xonanda Lolaning Aldamadim klipida ham qatnashdim, orqa fondagi raqqosalarni yasantirdim. Qizlarning sochiga soch ulab, tepaga yig‘dik, yigitlarning sochlarini esa silliq qilib orqaga taradik. Juda effektli obrazlar chiqdi. Qisqa sochga soch ulash qiyin bo‘ldi, lekin biz uddaladik.
Aviasales’ning syomkasida kulgili holat bo‘lgan. Massovkada 30 ta odam, yana styuardessalar bor edi, biz esa atigi ikki kishi — men va yordamchim. Styuardessalarga o‘zlarining klassik turmagi — puchok qildik. Hammani tez-tez bezantirdik, keyin bilsak, massovkani orqadan olishgan ekan :)
Syomkalar qiziqarli o‘tadi. Bir safar kuzda, tonggi soat 5 da, yomg‘ir ostida IT PARK yonida bitta bank uchun rolik oldik. Hamma sovqotib, qahva bilan isinardi. Lekin rossiyalik mutaxassislar bilan ishlashdagi farqni ko‘rdim. Ular uchun necha soat va qanday sharoitda ishlashning farqi yo‘q, asosiysi — to‘xtamasdan ishlash. Qanday charchashmaganini hech tushunmadim.
Muallif: Muxtor Nasriddinov
Sevimli makiyaj turlaringiz bormi?
Makiyaj turlaridan eng yoqqani — nyud. U tabiiy go‘zallikka urg‘u beradi. Sahna obrazlarini ham yaxshi ko‘raman, ranglar bilan o‘ynash, yaltiroq narsalar bilan ishlash juda yoqadi.
Hozir qanday trendlar bor?
Bir necha yildan beri tabiiylik trendda. Terining sog‘lom yaltirashiga tobora ko‘proq e’tibor berilyapti. Menga yuzga tonna tonal krem surtmasdan, yengil makiyaj qilish yoqadi.
Endi boshlayotgan vizajistlarga nima maslahat bergan bo‘lardingiz?
Yo‘l boshida o‘zingiz mustaqil oyoqqa turish qiyin, shuning uchun stajirovka taklif qiladigan joyda o‘qishni maslahat bergan bo‘lardim.
Yana bir muhim narsa — trendlarni kuzatish: uslubi yoqadigan vizajistlarni kuzatib boring. Mening sevimli byuti-blogerlarim: Nadejda Borisova, Andreea Ali, Viktoriya Moiseyeva, Denis Kartashev.
Tinglay bilish, empatiya, nazokat, yordamsevarlik — mana foydali soft-skilllar. Mijoz makiyajdan keyin xursand bo‘lib ketishi — vizajist uchun eng katta baxt. Shuning uchun ishimni yaxshi ko‘raman — quvonch ulashaman va ko‘pincha o‘sha quvonchning sababchisi ham bo‘laman.
Xulosa
Vizajistlikni boshlash uchun o‘qishga 7–20 mln so‘m, kosmetikaga taxminan 5,5 mln so‘m kerak bo‘ladi. Kurs yoki pardoz vositalariga pul yetmay qolsa, 100 mln so‘mgacha limiti bo‘lgan AVO platinum kredit kartasidan foydalansangiz bo‘ladi. To‘lang, o‘qishni tugating, keyin sizga qulay paytda qaytaring — eng muhimi, imtiyozli muddat davomida qaytarishga ulguring.
Stajirovkaga 2–4 oy ketadi. Top-master bo‘lishga taxminan yarim yil. Daromadga esa 1–2 yilda chiqasiz.
Sizga vizajistlar olamini yoritib berdik. Yangi kasbni oson o‘zlashtiring va ijodiy yo‘lingizni yorqin boshlang ✨
*Maqolada keltirilgan ma’lumotlar saytga joylashtirilgan vaqt uchungina amal qiladi: fikrlar muallifning shaxsiy qarashlarini aks ettiradi va AVO bank'ning rasmiy nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin. Bank havola qilingan tashqi manbalar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi, ko‘rsatilgan narxlar esa taxminiy xarakterga ega. Qaror qabul qilishdan oldin eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.

AVO ilovasini yuklab oling
Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari 24/7 sizning smartfoningizda