AVO'ning 100 dan ortiq xodimlari qo'llab-quvvatlash guruhi bilan birgalikda ZAAMIN ULTRA sport marafonida ishtirok etdilar. Biz bor kuch-g'ayratimizni ishga solib, marra tomon yugurdik. Hamkasblarimiz esa «AVO olg'a!» deya, eng qiyin manzillarda ham bizni ruhlantirib turdilar.

Biz haqiqiy jamoa qanday bo'lishini ko'rsata oldik. Ushbu marafon sport orqali yanada birdam va kuchli jamoaga aylanib borayotganimizni yana bir bor tasdiqladi.

