• AVO

  • AVO gap

  • AVO — 2024-yilning eng samarali marketing brendlari qatorida

AVO — 2024-yilning eng samarali marketing brendlari qatorida

2024-yil biz uchun yirik g‘alabalar yili bo‘ldi! Marketing.uz reytingida AVO banklar orasida marketing samaradorligi bo‘yicha 2-o‘rinni, O‘zbekiston bo‘ylab barcha brendlar orasida esa 11-o‘rinni egalladi. Atigi 10 oy ichida biz nafaqat o‘zimizni tanitdik, balki bozorning eng yorqin o‘yinchilaridan biriga aylandik!

Bu shunchaki raqamlar emas, balki marketingning moliyaviy mahsulotlar haqidagi tasavvurni qanday o‘zgartira olishini ko‘rsatuvchi natijadir. Biz moliyaviy xizmatlarni yanada qulay, tushunarli va haqiqatan ham qiziqarli qilishni xohladik — va bu o‘z samarasini berdi.

Bundan tashqari, Tashkent Marketing Awards taqdirlash marosimida AVO bankning marketing direktori Maksim Chan O‘zbekiston Marketing Assotsiatsiyasi tomonidan yuqori professionallik, innovatsion yondashuv va marketing rivojiga qo‘shgan hissasi uchun diplom bilan taqdirlandi.

AVO’ni TOP darajaga olib chiqqan omillar

Keng ko‘lamli kampaniyalar va nostandart formatlar AVO shahar hayotining bir qismiga aylandi: Toshkent markazidagi 3D-reklama, blogerlar bilan yirik hamkorliklar, televideniye va ommaviy axborot vositalari bilan ishlash natijasida — biz haqimizda bilishadi, xizmatlarimizdan foydalanishadi va bizni tanlashadi.

Jalb qiluvchi kontent Biz moliyani qiziqarli hikoyalarga aylantirib, ularni AVO gap blogida bo‘lishdik. Maqsadimiz — pulni oqilona boshqarish va moliyaviy vositalardan maksimal foyda olish yo‘llarini tushuntirish edi. Va biz buni uddaladik!

Mas’uliyat — hayotni o‘zgartiruvchi kuch Mijozlarga g‘amxo‘rlik qilishga e’tibor qaratib, firibgarlikka qarshi keng ko‘lamli axborot kampaniyasini o‘tkazdik. «Orzu» loyihasi esa zaif ko‘ruvchi bolalarga o‘zlarining ta’sirchan tasavvurlarini matoda aks ettirishda ko‘maklashdi.

E’tibordan chetda qolmaydigan reklama Biz odatiy reklama formatlaridan chiqib, yangi yondashuvni tanladik: kampaniyalarimiz media va ijtimoiy tarmoqlarda — 700 000 000 martadan ortiq ko‘rildi. Mashhur ommaviy axborot vositalarida maqolalarimiz 100 mingdan ziyod marta o‘qildi. Yuzlab blogerlar esa brendni foydalanuvchilarga yanada yaqinroq qilishdi.

Mutaxassislar e’tirofi Bizning yechimlarimiz nafaqat mijozlar, balki butun soha tomonidan ham e’tirof etildi. TAF!24 festivalida marketing va kreativ yutuqlarimiz uchun 4 ta mukofotga sazovor bo‘ldik. Bu esa AVO nafaqat diqqatni tortishi, balki bank sektorida yangi trendlarni belgilashini ham isbotlaydi.

AVO — bu shunchaki bank emas. Biz foydalanish qulay va yoqimli bo'lgan texnologiyalarni yaratamiz!

06.03.2025
1 daqiqa
AVO bank press-markazi
Yangililklar muharriri
+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking

Bosh sahifa

Moliya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
AVO gapBankomatlar

UZ

  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Bank haqida
+998 (78) 888-78-87
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2026,«AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 14/03/2026

  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • Mikroqarz
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar
  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.