Mastercard «Chet elda keshbek» dasturini ishga tushirdi, u chet elda xaridlar va xizmatlar uchun sarflagan pulingizning bir qismini qaytarib olish imkonini beradi. Kafe va restoranlarda yoki taksi xizmati uchun to’lov qiling va sarflangan pulingizdan 10% gacha qaytarib oling.
Bu qanday ishlaydi?
Hammasi juda oddiy: chet eldagi restoran, kafe yoki taksida AVO platinum Mastercard kredit kartasi bilan to‘lang — keshbek esa hisobingizga avtomatik tarzda o‘tkaziladi. Bitta kartaga bir oyda 750 ming so‘mgacha qaytarish mumkin. Bu imtiyoz nafaqat jismoniy to‘lovlarga, balki mobil ilovalar yoki internet orqali amalga oshirilgan har qanday valyutadagi to‘lovlar uchun ham amal qiladi.
Kimlar ishtirok eta oladi?
Aksiya 2024-yilning 1-oktyabridan 31-dekabrigacha bo‘lgan davrda to‘lov amalga oshirgan Mastercard kartasi foydalanuvchilariga mo‘ljallangan. Hatto mablag‘ kartadan kechroq yechilsa ham, bu keshbek hisoblanishiga ta’sir qilmaydi.
Bugunoq AVO platinum Mastercard kredit kartasini rasmiylashtiring va sayohatlaringizda tejashni boshlang! Aksiya tafsilotlarini Mastercard saytidan bilib olishingiz mumkin.

