Bolajonimning dunyoga kelishiga tayyorgarlik ko‘rayotganimda, miyamda ko‘plab savollar paydo bo‘ldi: tug‘uruqxonaga nimalarni olib borish kerak, qayerda xarid qilgan ma’qul, nima aniq kerak bo‘ladi-yu, nima keraksiz. Sharhlarni o‘rganib chiqdim, dugonalarim bilan maslahatlashdim — ma’lumotlar juda ko‘p edi. Tug‘ruqxonaga olib boriladigan sumkalar haqida ko‘plab maqolalarni o‘qidim, ro‘yxatlar va umumiy xarajatlar turlicha edi: kimgadir 1 mln so‘m yetarli bo‘lsa, kimgadir 5 mln so‘m ham kamlik qilgan ekan. Agar mening tajribam sizga vaqtingiz va asablaringizni tejashga yordam bersa hamda tayyorgarlikni yoqimli mashg‘ulotga aylantirsa, xursand bo‘laman
Muallif: Liliya Lenur
Tug‘uruqxonaga nima olish kerak
Kerakli narsalar | Soni | Nima uchun kerak |
---|---|---|
Oyi uchun | ||
Yengil ko‘ylak yoki xalat | 3 dona | |
Ichki kiyimlar: qulay ichki kiyimlar, emizish uchun byustgalter | 3 dona | |
Hammom uchun rezina shippak | 1 juft | paypoq bilan kiymaslik uchun |
Tug‘ruqdan keyingi prokladkalar | 1 qadoq | har ehtimolga qarshi |
Hammom va qo‘l sochiqlari | 1 to‘plam | |
Choyshab | 1 to‘plam | |
Idish-tovoq: krujka, qoshiq, choy uchun termos, suv uchun idish | 1 to‘plam | menga kerak bo‘ldi — sut bo‘lishi uchun ko‘p suyuqlik ichishim kerak edi |
Sayohat o‘lchamidagi pardoz sumkachasi: kichik hajmli dush geli, shampun va tonik | 1 to‘plam | har kimning parvarish to‘plami farq qiladi: men iyul oyida tug‘gan edim, hatto yuzimni yuvishga ham kuchim yo‘q edi. |
Muhim mayda-chuydalar | ||
Pasport va uning kserokopiyasi | ||
Bank kartasi | ||
Smartfon uchun zaryadka | ||
Soch uchun rezinka | ||
Tish pasta va cho‘tkasi | ||
Taroq | ||
Lab balzami | ||
Paxta yostiqchalari | ||
Kichkintoy uchun | ||
Tagliklar | 1 qadoq | Dugonam Huggies Elite Soft 0 o‘lchamini tavsiya qildi, bizga mos keldi |
Bolalar nam salfetkalari | 1 qadoq | Huggies Elite Soft 0 oldim |
Yo‘rgaklar | 3 dona | Birinchisiga bolani tug‘ilganidan keyin darhol o‘rashadi, ikkinchisi beshik uchun kerak bo‘ladi, uchinchisi esa boshqalari kir bo‘lib qolsa yoki kiyim almashtirganda tagiga to‘shash uchun ishlatiladi. |
Kichik o‘lchamdagi sliplar | 3 dona | matoni mavsumga qarab tanlaymiz |
Raspashonka, polzunka va shapkachalar to‘plami | 1 to‘plam | |
Tug‘uruqxonadan chiqish uchun konvert | 1 dona | |
Bolalar sovuni, upa va taglik ostidan surtishga krem | to‘plam | Kamginadan oldim. Shifokor agar qizarish bo‘lmasa, hammayoqqa krem surtish va upa sepish shart emas dedi. |
Agar biror narsani unutib qo‘ysangiz, xavotir olmang — sotib olish yoki oila a’zolaringizdan olib kelishlarini so‘rashingiz mumkin.
Onalar soni qancha bo‘lsa, fikrlar ham shuncha: men sliplar o‘rniga raspashonkalarni tanladim va bunga afsuslandim. Tajribasiz ona sifatida chaqaloqning kiyimini almashtirish men uchun noqulay edi. Tug‘ruq bo‘limiga so‘rg‘ich va qo‘l sut sog‘gichni olib bordim, lekin ularni kiritishmadi, JSST tavsiyalariga ko‘ra ulardan foydalanish mumkin emas ekan. So‘rg‘ich bilan ishimiz yurishmadi, sut sog‘gich esa keyinchalik elektron turini sotib oldim. U chaqaloqsiz ko‘chaga chiqqanimda asqatdi.
Shuni yodda tutish kerakki, har bir tug‘uruqxonaning o‘z qoidalari bor va nimani olib kirish mumkin-u, nimani mumkin emasligini oldindan aniqlab olish kerak.
Odatda yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun shapkacha va paypoqchalar bilan to‘plamlarda tirnashga qarshi qo‘lqopchalar ham qo‘shiladi, ular ham bizga to‘g‘ri kelmadi. Chaqaloqni bu qo‘lqopchalar bilan qiynashdan ko‘ra, tirnoqlarini olish osonroq ekan.
Qayerda sumkani yig‘ish arzonroqqa tushadi
Xarid qilinadigan joyga qarab narxlarning qanday farqlanishini ko‘rib chiqamiz:
Nomi | Marketpleys | Bolalar do‘koni | Bozor |
---|---|---|---|
Yengil ko‘ylak (3 d) | 225 000 (75 000 1 d) | 750 000 (250 000 1 d) | 270 000 (90 000 1d) |
Tug‘ruqdan keyingi trusiklar (qadoqda 3 d) | 74 000 | 70 000 | 65 000 |
Emizish uchun maxsus byustgalter (qadoqda 3 d) | 313 000 | 360 000 | 255 000 |
Rezina shippak | 50 000 | 50 000 | 38 000 |
bella mamma tug‘ruqdan keyingi prokladkalar (qadoqda 10 d) | 45 000 | 46 000 | 42 000 |
0 yoki 1 o‘lchamli Huggies Elite Soft (qadoqda 20 d) | 50 000 | 48 000 | 47 000 |
Huggies Elite Soft 0 bolalar nam salfetkalari (1katta qadoq) | 58 000 | 63 000 | 61 000 |
Yo‘rgak (3 d) | 75 000 | 195 000 | 90 000 |
Slip (2 d) | 100 000 (50 000 1 d) | 160 000 (80 000 1 d) | 90 000 (45 000 1 d) |
To‘plam (raspashonka, polzunka va shapkacha) | 70 000 | 120 000 | 65 000 |
Tug‘uruqxonadan chiqishga konvert | 120 000 | 300 000 | 255 000 |
Bolalar sovuni | 37 000 | 40000 | 65 000 |
Upa | 78 000 | 82 000 | 76 000 |
Krem | 38 000 | 63 000 | 57 000 |
Jami | 1 333 000 so‘m | 2 297 000 so‘m | 1 443 000 so‘m |
Bozorda xarid qilish arzonroqqa tushadi deb o‘ylab kelganmiz, lekin unday emas ekan. Agar onlayn savdo maydonchalaridagi chegirmalarga duch kelsangiz, narsalarni bir necha barobar arzonroq sotib olishingiz mumkin. Bolalar kiyimlari maxsus do‘konlarda qimmatroq, shaxsiy gigiyena va pardoz-andoz mahsulotlari esa deyarli hamma joyda bir xil narxda sotiladi.
Mana mening ro‘yxatim:
Nomi | Marketpleys | Bolalar do‘koni | Bozor |
---|---|---|---|
Yengil ko‘ylak (3 d) | 75 000 | 250 000 | 90 000 |
Tug‘ruqdan keyingi trusiklar (qadoqda 3 d) | – | 70 000 | – |
Emizish uchun maxsus byustgalter (qadoqda 3 d) | 313 000 | – | – |
Rezina shippak | 50 000 | – | – |
bella mamma tug‘ruqdan keyingi prokladkalar (qadoqda 10 d) | 45 000 | – | – |
0 yoki 1 o‘lchamli Huggies Elite Soft (qadoqda 20d) | 50 000 | – | – |
Huggies Elite Soft 0 bolalar nam salfetkalari (1 katta qadoq) | 58 000 | – | – |
Yo‘rgak (3 d) | – | 65 000 80 000 50 000 | – |
Slip (2 d) | – | 160 000 (80 000 1 d) | – |
To‘plam (raspashonka, polzunka va shapkacha) | – | 120 000 | – |
Tug‘uruqxonadan chiqishga konvert | – | 300 000 | – |
Bolalar sovuni | 37 000 | – | – |
Upa | 78 000 | – | – |
Krem | 38 000 | – | – |
Jami | 1 929 000 so‘m | – | – |
Men 2 mln so‘mlik byudjetga sig‘dirdim, eng qimmat xaridlarim ko‘ylak va tug‘uruqxonadan chiqish uchun konvert bo‘ldi. Bir yildan keyin ko‘ylak tanlashga jiddiyroq yondashishim kerakligini tushundim. Chillada tug‘ganim uchun, toza paxta eng yaxshi tanlov edi, sun’iy mato esa kiyishga noqulay bo‘lib qoldi. Emizish uchun byustgalterlar qulay edi, ularni SHEIN’dan buyurtma qilib, bir necha hafta kutganimdan afsuslanmadim. Tagliklar to‘g‘ri keldi, Huggies’ning sifati va o‘lchamlari yoqdi. Krem va upa ham yoqdi, hozir ham Bübchen bolalar pardoz mahsulotlarini sotib olyapman. Konvertni keyinchalik ham ishlatishga mos qilib oldim, aynan shunday bo‘lib chiqdi — sayrga chiqqanimizda o‘zimiz bilan olib yuribmiz.
Xarid paytida menga yana 300 ming so‘m yetmadi, lekin yonimda AVO platinum kredit kartasi bor edi. Unda 30 mln so‘m limitim bor ekan, bemalol o‘zimga kerak bo‘lgan hamma narsani to‘ladim. Foizsiz davr 45 kungacha edi, lekin ertasi kuniyoq sarflagan pulimni qaytarib berdim. Bu zudlik bilan pul kerak bo‘lganda bu karta yordamga keladi. Sizga ham hoziroq uni ochishni maslahat beraman — tug‘uruqxonada kutmaganda pul kerak bo‘lib qolishi mumkin. Kredit kartasi hech qanday majburiyat yuklamaydi — pul sarflamaguncha foiz to‘lamaysiz.
Muallif: Liliya Lenur
Marketpleys, bolalar do‘konlari va bozorlarning afzallik va kamchiliklari
Homiladorlik paytida gormonlar ta’sirida diqqatni jamlash qiyin bo‘lgani sababli men uchun onlayn-do‘konlar eng qulay usulga aylandi. Bir hafta davomida savatni to‘ldirib, keyin birdaniga buyurtma berardim va ertasi kuni yetkazib berishardi.
Bolalar oflayn do‘konlarida hamma narsani ko‘rish, ushlash va hatto o‘lchash mumkin edi (ha-ha, men o‘lchagich bilan yurardim). U yerdagi xushmuomala maslahatchilar maslahat berib, tanlovda yordamlashdi, lekin ortiqcha narsalarni sotib olish xavfi ham bor. Chaqalog‘im uchun hamma narsani sotib olishga tayyor edim — bolalar buyumlari juda yoqimli, lekin u tez orada ulg‘ayib qolishini tushunardim. Shuning uchun xarid qilishga borishdan oldin sovuqqonlik bilan ro‘yxat tuzish muhim.
Bozorlarimiz muhitini yaxshi ko‘raman, lekin homiladorligimning 9-oyida iyul oyida quyosh ostida yurishni istamadim, shu sababli u yerdan kam narsa sotib oldim. Agar yaqin atrofda yashasangiz, ob-havo qulay bo‘lsa va sayr qilish kayfiyatingiz bo‘lsa — nima uchun yo‘q?
Bolalar do‘konlarida shoping
«Я Родился» do‘konida aravachalardan tortib pinetka va shaqildoqlargacha bo‘lgan sifatli bolalar mahsulotlarining keng tanlovi bor. Afzalliklari — sayt borligi, turli hududlardagi savdo nuqtalari va bonus tizimi.
«Одёжки для крошки» do‘koni esa torroq assortimenti bilan ajralib turadi, lekin sifati ancha yaxshi.
Bu ikki do‘konda ajoyib «Tug‘uruqxona sumkasi» xizmati bor — barcha narsani byudjetingizga moslab tanlashlari mumkin. Bu ro‘yxatlar bilan shahar bo‘ylab yugurishni yoki onlayn-do‘konlarning cheksiz sahifalarini varaqlashni istamaydiganlar uchun juda qulay. Bu haqda keyinroq, farzandim tug‘ilgandan keyin bilib oldim.
Автор: Liliya Lenur
Xulosa
Men hamma joyda ham tejay olmadim, bunday qiyin davrda qulaylik birinchi o‘rinda turardi — shuning uchun marketpleyslar va shinam bolalar do‘konlarini tanladim.Xarid qilishda hech qanday muammo bo‘lmadi: har qanday hamyon uchun barcha narsani osongina topish mumkin.
Agar tug‘uruqxonaga olib boradigan sumkani yig‘ishga tug‘ruqdan kamida ikki hafta oldin kirishsangiz, narxlarni solishtirib ko‘rib, foydali xarid qilishga ulgurasiz.

1-raqamli moliyaviy yordamchingiz
Kartaga hoziroq 100 mln so‘mgacha pul oling — 45 kun ichida foizsiz qaytaring
*Maqolada keltirilgan ma’lumotlar saytga joylashtirilgan vaqt uchungina amal qiladi: fikrlar muallifning shaxsiy qarashlarini aks ettiradi va AVO bank'ning rasmiy nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin. Bank havola qilingan tashqi manbalar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi, ko‘rsatilgan narxlar esa taxminiy xarakterga ega. Qaror qabul qilishdan oldin eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.