Men uchun bu marafon birinchi marotaba bo‘lib, aslida birinchi 42,2 km masofani aynan o‘sha yerda, 2020-yil 6-noyabrda bosib o‘tdim. Shaharda yugurish paytida har doim o‘ziga xos aura bo‘ladi va Samarqand bo‘ylab yugurish qiziqarli. Atrofdagilar chalg‘itsa, bu masofani ancha yengillashtiradi, tizzadagi og‘riqlar, hansirash va tashkilotchilar butun yo‘l davomida g‘amxo‘rlik bilan qo‘ygan suv va apelsinlar bilan to‘xtash istagidan chalg‘itadi.
Men aynan Samarqandda o‘tkazilayotgan marafonda qatnashishda davom etayotganimning ko‘plab sabablari bor, ulardan ba’zilari quyida.
Toshkentdan uzoq bo‘lmagan manzil
Logistik jihatdan, bu Toshkent marafonidan keyin eng qulay marafon hisoblanadi. Samarqandga bir transport vositasida — samolyot, poyezd yoki taksi bilan yetib olish oson. Biz o‘zimiz borgan paytimizda, taxminan 5 soatda yetib borgan edik. Agar Afrosiyob poyezdiga chiptalarni olishga ulgursangiz — bu eng maqbul variant. Bundan tashqari, chiptalarga AVO platinum kartasi orqali onlayn to‘lov qilish ham mumkin.

AVO platinum kredit kartasi
Qayerga bormang, doim siz bilan: mehmonxonalarni hamda chiptalarni onlayn band qiling va sayohatdan to'liq zavqlaning
Tashkilotchilardan chegirmali mehmonxonalar
Samarqandda tashkilotchilarning promokodi orqali chegirmalar taqdim etadigan hamkor mehmonxonalar mavjud. Mehmonxonalar, chegirmalar va promokodni marafon sahifasidan topish mumkin.
Shahar sayyohlik maskani hisoblanishi tufayli, unda Zominda bo‘lishi mumkin bo‘lgan turar joy bilan bog‘liq qiyinchiliklar bo‘lmaydi. Har qanday did va hamyonga mos kvartiralar, mehmonxonalar va xostellar tanlovlari mavjud.
Eng ommaviy tarzda o‘tkazilayotgan marafon
Bu yil tashkilotchilar ishtirokchilar sonini 6000 nafargacha oshirdilar. 2, 5, 10, 21 va to‘liq 42,2 kilometrlik masofalarga yugurish imkoniyati mavjud. Shuningdek, shahar bo‘ylab chiqindilarni yig‘ishga ko‘maklashuvchi tashabbuskor plogging-yugurish tadbirida ham ishtirok etish mumkin.
Konsertlar
Marafondan bir kun oldin, kechqurun Registon maydonida mashhur musiqachilar chiqish qiladi. Menga taassurot qoldirganlardan biri Anton Belyayevning Therr Maitz guruhi bo‘lgan. Shaharning tarixiy markazida konsert tomosha qilish ajoyib tuyuldi. Umid qilamanki, bu yil ham shunga o‘xshash tadbir bo‘ladi.
Marafon yakunidagi bahsli an’ana
So‘nggi paytlarda havaskor yuguruvchilardan marafonni tugatganlar orasida noyob an’ana haqida tez-tez eshitib qolyapman: musobaqa o‘tkazilgan kunning ertasiga markaziy barlarda g‘alati manzarani ko‘rish mumkin — bir xil sport kiyimidagi, ko‘kraklarida medallar taqilgan odamlar kunduzi alkogolli ichimliklarni ichib o‘tirishadi.
Bu juda bahsli mavzu. Bir tomondan, pivoda tiklashga yordam beradigan uglevodlar va elektrolitlar bor. Umuman olganda, u tanani bo‘shashtiradi. Boshqa tomondan esa, alkogol siydik haydovchi bo‘lib, tananing suvsizlanishiga olib kelishi va oqsil sintezini sekinlashtirishi mumkin.
An’ananing o‘zi qiziqarli hodisa. Ehtimol, bu shunchaki bosib o‘tilgan yo‘l uchun medal bilan birga berilgan kichik mukofotdir. Ammo bu tavsiya qilinmaydi, albatta.
Yuguruvchilar hamjamiyati
Yugurish hamjamiyati haqida gapirganda, @tashkentrunners Telegram-guruhida murabbiylardan maslahat olish, kim bilandir yugurishga tayyorgarlik ko‘rish yoki hatto marafon tashkilotchilari bilan bog‘lanish imkoniyati bor.
Marafonlarda klub a’zosi sifatida ham qatnashish mumkin. Klubni o‘zingiz tashkil qilishingiz yoki mavjud klubga qo‘shilishingiz mumkin. Men o‘sha paytda ishlagan marketing agentligi klubi a’zosi sifatida ilk bor 42 kilometrlik masofani yugurib o‘tganman.
Manzillar
Sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan joylardan tashqari, har safar Samarqandga borganimda yangi narsalarni kashf qilishga muvaffaq bo‘laman. «Chor-Chinor» nomli chinorlar bog‘i haqida ham faqat shu yilda bildim. Bu bog‘ Samarqand yaqinida joylashgan. Bog‘ning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri — tirik daraxt kavagida joylashgan hujradir. Ilgari bu bog‘da maktab faoliyat yuritgan bo‘lib, aynan shu daraxtning ichida «sinfxona»lardan biri joylashgan ekan.
*Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz.
*Maqoladagi fikr — muharrirning shaxsiy fikri bo'lib, u AVO bank pozitsiyasini ko'rsatmaydi. Bank ma'lumotlar to'g'riligi va undan foydalanish oqibatlari uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.
*Maqolada tashqi resurslarga havolalar keltirilgan. AVO bank tashqi resurslardagi ma'lumotlar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.
