• AVO

  • AVO gap

  • AVO bank’da mikroqarz mahsuloti ishga tushirildi

AVO bank’da mikroqarz mahsuloti ishga tushirildi

Biz AVO bank’da onlayn mikroqarz mahsulotini ishga tushirdik. Bu biz uchun muhim yangilik, chunki u, avvalo, mijozlarimizning qulayligi va foydasiga xizmat qiladi: endi kerakli xarajatlar uchun pulni tez va to‘liq onlayn olish mumkin. 

Biz mikroqarzni odamlarning hayotiy ehtiyojlari va bozor amaliyotiga tayangan holda ishlab chiqdik. Rasmiylashtirish AVO bank ilovasida amalga oshiriladi: garovsiz, kafil va daromad haqida ma’lumotnomasiz. Rasmiylashtirgandan so‘ng pul darhol hisobingizga tushadi — shunda moliyaviy muammolaringizni kutish va ortiqcha ovoragarchiliklarsiz hal qilishingiz mumkin. Mikroqarz miqdori 100 mln so‘mgacha. 

Olish jarayoni imkon qadar sodda va shaffof ishlab chiqilgan. Mijoz bitta ariza yuboradi va darhol turli shartlar asosida bir nechta taklifni oladi — ushbu takliflarni taqqoslab, ayni paytda mos keladiganini tanlash mumkin. Shuningdek, mikroqarzni qaytarish uchun 30 kungacha foizsiz davr ham nazarda tutilgan, bu mijozlarga to‘lovni qulay rejalashtirish uchun imkoniyat yaratadi. 

To‘lov kechikib qolishi mumkin bo‘lgan holatlar uchun shartlarni ham alohida ta’kidlaymiz: kechiktirilgan to‘lovning dastlabki 60 kunida penya va jarimalar hisoblanmaydi. Biz hayotiy vaziyatlar turlicha bo‘lishini tushunamiz, shu sababli mijozga bosimni kamaytiradigan va ortiqcha moliyaviy yuklamalarsiz to‘lov jadvaliga qaytishga yordam beradigan yumshoq davrni ko‘zda tutdik. 

Mavjud takliflarni ko‘rish uchun AVO bank ilovasini oching va «Mikroqarzlar» bo‘limiga o‘ting 💛 

15.01.2026
1 daqiqa
AVO bank press-markazi
Yangililklar muharriri

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • Mikroqarz
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar

Bosh sahifa

Moliya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
AVO gapBankomatlar

UZ

  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Bank haqida
+998 (78) 888-78-87
+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2026,«AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 07/03/2026

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.