Qarzlar va mikroqarzlar — bu moliyaviy masalalarni tez va qulay hal qilish usuli: shoshilinch xaridlar, davolanish va bolalar bog‘chasi to‘lovlari yoki kutilmagan xarajatlarni yopishning eng optimal yechimlaridan biri. Rasmiylashtirishning osonligi va talablarning kamligi sababli O‘zbekistonda ularga bo'lgan talab yuqori.
Zudlik bilan pul kerak bo‘lib, tanish-bilishlardan qarz olish imkoni yo‘q bo‘lganda yoki bankdan kredit olish jarayoni juda ko‘p vaqt talab qilganda, kartaga ortiqcha savollarsiz beriladigan mikroqarz yordamga keladi. Qarzning bu turi bugungi kunda O‘zbekistonda katta mashhurlik qozongan — uni tez va oson olish mumkin hamda qarz oluvchiga ortiqcha talab qo‘yilmaydi.
Rad javobisiz beriladigan mikroqarz nima?
Rad javobisiz beriladigan mikroqarz — murakkab moliyaviy vaziyatda pul olishning qulay usuli. Bunday qarzlar ko‘pincha avtomatik ravishda tasdiqlanib, 15–20 daqiqa ichida, daromad haqidagi ma’lumotnomalarsiz, ofisga bormasdan va hatto rasmiy kredit tarixi bo‘lmasa ham pul olish imkonini beradi. Aynan shu sababli, dori-darmon sotib olish, xizmatlar uchun to‘lov yoki byudjetdagi kamchiliklarni qoplash uchun biroz pul kerak bo‘lib qolganda borgan sari ko‘proq odamlar bir zumda mikroqarz olishni tanlashyapti.
O‘zbekistonda ahvol qanday?
O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan mikrokredit tashkilotlari yangi mijozlarga 3–5 mln so‘mdan oshmaydigan (MKT) mikrokreditlar berishyapti. Bu taklif shunchaki mashhur bo‘lib qolmay, balki haqiqatan ham odamlarga foydasi tegyapti. O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, faqatgina 2025-yilning birinchi choragida berilgan mikrokreditlar hajmi ikki barobardan ko‘proqqa oshib, 18,7 trln so‘mga yetdi. Shuningdek, mikrokreditlar bozori ham keskin o‘sdi — ayni davrda 5,5 trln so‘mdan ortdi. Bu ma’lumotlar shuni tasdiqlaydiki, rad javobisiz kartaga tushadigan tezkor qarzlar millionlab odamlar uchun haqiqiy moliyaviy vositaga aylanyapti.
Bugungi kunda mamlakatimizda berilgan barcha kreditlarning yarmidan ko‘pi aynan mikrokreditlarga to‘g‘ri kelyapti. Ularning mikromoliyalash tizimidagi ulushi qariyb 70 foizga yetdi va bu endi banklarning o‘rnini bosuvchi variant emas, balki to‘laqonli bozorga aylandi. Biroq, bu jadal o‘sish nazorat qiluvchi organlar e’tiboridan chetda qolmadi. Markaziy bank cheklov o‘rnatdi: banklar portfelida mikrokreditlar va kredit kartalarining ulushi 25 foizdan oshmasligi kerak. Ushbu qaror mikrokreditlashning faol o‘sishi fonida moliyaviy xatarlarni kamaytirish maqsadida qabul qilindi. Yangi talablarga moslashishga ulgurmagan tashkilotlar uchun 2029-yilgacha muhlat belgilandi.

Kredit kartasi qo‘l ostingizda
Bepul ochish mumkin bo‘lgan AVO platinum — 45 kungacha foizsiz xarid qiling
Kengroq qaraydigan bo‘lsak, vaziyat yanada aniqroq ko‘rinadi. 2019-yilda O‘zbekistonda berilgan mikroqarzlar soni 500 mingdan biroz ortiq edi. 2024-yil oxiriga kelib esa bu ko‘rsatkich 2 mln dan oshib ketdi. Buning ustiga, endi bir qarz oluvchiga deyarli ikkita faol qarz shartnomasi to‘g‘ri kelyapti. Odamlar borgan sari ko‘proq ketma-ket bir nechta mikroqarz olishyapti, ba’zan bir kreditni boshqasi bilan yopishyapti. Bu, qarz oluvchi pulni o‘z vaqtida qaytarish imkoniyatlarini sog‘lom baholay olmasa, «kredit yuki» shakllanayotganidan dalolat berishi mumkin.
2025-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekiston mikromoliyaviy tashkilotlarining aktivlari 9,3 mlrd so‘mni tashkil etdi. Shundan 8,5 mlrd berilgan qarzlar. Demak, MKT bozorini endi ikkinchi darajali yoki tor doiradagi bozor sifatida qarash mumkin emas — u mamlakat moliya tizimining to‘laqonli qismiga aylandi.
Mikroqarz olish jarayoni sodda ko‘rinishiga qaramay, O‘zbekistonda rad javobisiz kartaga mikroqarz olishning bir nechta xavflari ham bor. Eng asosiysi — yuqori foiz. Agar bank mahsulotlari yillik 20–25 foizlik stavkalarni taklif qilsa, mikroqarzlar bir necha baravar qimmatroq bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, mijoz qarzni o‘z vaqtida qaytarmasa. Aynan shu sababli ehtiyot bo‘lish juda muhim: shartnomani sinchiklab o‘qish, qarzning to‘liq qiymatini tekshirish, to‘lovlar jadvalini va ehtimoliy jarimalarni aniqlashtirish kerak.

Mikroqarzni qanday haqiqatdan ham qulay qilish mumkin?
Mikroqarz haqiqatdan ham qulay va foydali yechim bo‘lishi uchun quyidagi bir necha qoidalarga rioya qilish kerak:
- Qarzni faqat O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ro‘yxatiga kiritilgan, ishonchli va litsenziyali mikrokredit tashkilotida oling;
- Barcha shartlarni, jumladan, muddat, foiz va komissiyalarni to‘liq tushunganingizga ishonch hosil qiling;
- Eng muhimi, pulni nimadan va qachon qaytarishingizni oldindan puxta o‘ylab qo‘ying. Bu qarz tuzog‘iga tushib qolishning oldini olish va yaxshi kredit tarixingizni saqlab qolishga yordam beradi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, rad javobisiz beriladigan mikroqarzlar qisqa muddatli moliyaviy vazifalarni hal qilishning samarali vositasi bo‘la oladi. Ular favqulodda vaziyatlarda asqatadi, tezroq pul olish imkonini beradi va ortiqcha rasmiyatchilikni talab qilmaydi. Lekin, ularni faqat summani o‘z vaqtida qaytara olishingizga to‘la ishonch hosil qilganingizda oling. Shunda kartaga tezkor qarz olish siz uchun muammo emas, balki foydali moliyaviy sug‘urta vositasi bo‘lib xizmat qiladi.