• AVO

  • AVO gap

  • Sut emas: Toshkentdagi qahvaxonalarda o‘simlik sutili qahva narxi

Sut emas: Toshkentdagi qahvaxonalarda o‘simlik sutili qahva narxi

2000-yillar boshida Toshkentdagi qahvaxonalar soni sanoqli edi — 2009-yilda Chexov ko‘chasida ochilgan qadimiy Bon, Moviy gumbazlardagi mashhur Coffee Club (2011), xiyobondagi shinamgina Book Cafe (2013). Har doim oddiy latte ichardim, 2020-yilda esa vaziyat o‘zgardi: sutdan keyin o‘zimni yaxshi his qilmay boshladim.

O‘simlik sutlarini sinab ko‘rishga majbur bo‘ldim: soya sutining ta’mi yoqmadi, kokos suti haddan tashqari shirin, eng yoqqanlari — bodom va suli sutlari bo‘ldi. O‘shanda o‘simlik sutili qahvani atigi bir necha joyda tayyorlashardi. Tanlov imkoniyatlarim cheklangan edi va har doim shunday bo‘ladi deb o‘ylardim.

Besh yil o‘tib, qahvaxonalar keskin rivojlandi — o‘simlik suti yo‘q joylarni sanab chiqish osonroq bo‘lib qoldi, barista maktablari musobaqalar o‘tkazyapti, maxsus qahva endi hech kimni hayratga solmaydi, o‘simlik sutlari esa supermarketlarda sotilyapti.

Men qahva emas, aynan sut haqida aytib berishga qaror qildim. Birgalikda narxlarni solishtiramiz, yangi joylar bilan tanishamiz va uyda qahva tayyorlasak, necha pul yonimizga qolishini hisoblaymiz.

O‘simlik suti — urfmi yoki o‘zimizga bo‘lgan g‘amxo‘rlik?

Laktoza bilan muammosi yo‘q odamlar uchun «Menga bodomli latte, iltimos» degan buyurtma kulgi aralash tabassum uyg‘otadi. Ular buni shunchaki urf deb hisoblashadi, bunday ichimliklarni ichadiganlar esa zamonaviy ko‘rinishga harakat qilishyapti deb o‘ylashadi. Men esa bunday qahva ichganimdan keyin qornim og‘rishidan xavotir olmasam bo‘ladi.

Top-5 qahvaxona ro‘yxatini tuzish juda zerikarli tuyulgani sababli turli formatdagi qahvaxonalarga borib ko‘rdim. Latteda qahvadan ko‘ra ko‘proq sut bo‘lgani sababli, qahva donlari va qovurish usullari haqidagi fikr-mulohazalarni qo‘sh espresso ichadigan mutaxassislarga qoldiramiz.

Muallif: Anna Sheremetyeva

COMMUNITY COFFEE BAR 

Men Shevchenkodagisini tanladim. Kirishimdan musiqa diqqatimni tortdi: qahvaxonalarda indini kamdan-kam qo‘yishadi. Minimalistik interyer, sharqona elementli plakatlar, panoramali derazali yopiq ayvon. Tongni sokin muhitda kutib olish yoki ishlash uchun juda qulay joy. Nonushtaga sirnik yedim, lekin taomnomada gazak, salat va asosiy taomlar ham bor ekan. Aytgancha, sirnik juda mazali edi, yangi uzilgan meva bo‘laklari va murabbo bilan bezatilgandi. Yana, juda chiroyli tortishdi.

COMMUNITY — shunchaki chiroyli nom emas: ularning haqiqatan ham yopiq qahva hamjamiyati bor. Sitidagi ikkinchi filiali — netvorking, ko‘rgazma va taqdimotlar uchun to‘liq jihozlangan tadbirlar maydoni qilingan.

Agar kemeks yoki puroverda tayyorlangan maxsus qahva ichib ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, albatta keling.
Hisob — 133 000 so‘m (15% xizmat haqi bilan birga).
Taras Shevchenko k., 24

COSTA COFFEE

 Muallif: Anna Sheremetyeva

Franshiza O‘zbekistonga 2023-yilda kirib keldi, o‘shanda navbatlar juda uzun edi. Uyimga Ekopark yonidagisi yaqinroq. Vitrinada tayyor sendvich va shirinliklar qo‘yilgan. Kech bo‘lgani uchun, xursand bo‘lib ilgari ham bir necha marta olgan kofeinsiz qahva va kurka go‘shtili kruassan oldim. Birinchi qavatda buyurtmalarni berishadi, ikkinchi qavatda esa qahvaxona kovorkingi bor: jiddiy frilanserlar noutbuklarida ishlab o‘tirishadi. Kichik ayvoni ham bor. Qahva idishining 3 xil o‘lchami borligi yoqib tushdi.

Men uchun bu ko‘proq yo‘l-yo‘lakay qahva olib ketish, ba’zida qisqa ish uchrashuvlarini o‘tkazish uchun juda qulay joy.
Latte va kruassan uchun 97 000 so‘m to‘ladim.
Maxatma Gandi k., 14

«Рассвет»

Muallif: Anna Sheremetyeva

Dugonamni nonushtaga taklif qildim. 110-maktabga yetib bordik, eski sovet binosini, yozgi ayvonni aylanib o‘tib, qahvaxonaga kirdik. Bar peshtaxtasi, stollar — hammasi odatdagidek. Oddiygina eshik ortida kutilmagan narsaga duch keldik: pastki qavatda yana bir xona bor ekan. Vestibyuldan o‘tib, zinapoyadan pastga tushdik va kitoblar, plastinkalar va qadimiy qandillar bilan jihozlangan haqiqiy Peterburg xonadoniga kirib qoldik. Xona zamonaviy retro uslubida jihozlangan.

Kassada buyurtmani to‘ladik, menga latte va tuxumli briosh, dugonamga esa matcha latte va kruassan olib kelishdi. Ularda nonushta-konstruktor degan ajoyib narsa bor ekan: o‘zingizga yoqqan nonushtani yig‘asiz.

O‘simlik sutili lattening narxi oddiy latte bilan bir xil ekani juda yoqdi.
Eski sevimli Red Hot Chili Peppers qo‘shiqlari yangrardi, zavq bilan nonushta qilib, yana qaytishga kelishdik.
Shinam muhit, maxsus qahva va muqobil usullar — filtr-qahva, purover, aeropress uchun kelishga arziydi.
Latte va nonushta-konstruktor uchun 76 000 so‘m to‘ladim.
Chimkent k., 17

 Cakelab

Muallif: Anna Sheremetyeva

Bu qandolatxona pishiriqlarini tatib ko‘rmagan odamning o‘zi bo‘lmasa kerak. Uyimning yonidagi C-1 filialidagi do‘kon ko‘proq shirinliklar va olib ketish buyurtmalariga mo‘ljallangan. Ichkarida bir nechta stol va kichik yozgi ayvon bor.

Bu yerda men xolis bo‘la olmayman — qahvasini sevaman, joy o‘z uyimday bo‘lib qolgan, har kuni bodomli latte uchun kirib o‘taman, barcha shirinliklarni tatib ko‘rganman (ayniqsa pistali Freze’ga gap bo‘lishi mumkin emas 😌) va baristalar bilan do‘stlashib ketganman. O‘sha kuni ertalab odatimni o‘zgartirib, qahvani o‘zim bilan olib ketish o‘rniga yozgi ayvonda nonushta qilishga qaror qildim — lekin somsamni mayna bilan bo‘lishishga to‘g‘ri keldi.

Latte va qush o‘g‘irlab ketgan qovoqli somsa uchun 66 000 so‘m to‘ladim.
Buyuk Ipak Yo‘li massivi, 15

DOSAN

Muallif: Anna Sheremetyeva

Koreys qahvaxonasiga nima deysiz? Qiziqarli yangilik deb o‘yladim-da, nonushta qilgani C-1 dagi ikkinchi filialiga yo‘l oldim. Birinchisi Shevchenko ko‘chasida joylashgan. Shisha stollar, sodda dizayn. Xuddi «Рассвет»dagidek, kassada buyurtma berasiz va olib kelishlarini kutasiz. Pishiriqlarni o‘zlari tayyorlasharkan. Salyamili kruassan menga yoqmadi — xantal haddan tashqari ko‘p ekan, shirinliklarni esa boshqa safar tatib ko‘rarman.

Baristaning aytishicha, qahva donlari Efiopiya, Keniya va Tanzaniyadan keltiriladi, Koreyada qovuriladi. Agar muqobil qahvalarni yoqtirsangiz, filtr qahva uchun 5 xil maxsus donlarni tatib ko‘ring. Menga kofeinsiz qahva borligi yoqdi.

Qahva ishqibozlari bir marta bo‘lsa ham borib ko‘rishlari shart.
Latte va sendvichga 83 000 so‘m to‘ladim.
Buyuk Ipak yo‘li massivi, 31

Har safar qahvaxonaga borganimda, AVO platinum kredit kartamdan foydalanib, har bir finjon qahva uchun 1% keshbek olaman — bu o‘zimni xursand qilganim uchun bir mukofot. Yaqinda esa to‘lov stikerini buyurtma qilib, uni telefonim g‘ilofiga yopishtirdim — endi hamma joyda kartasiz, shunchaki stikerni tekkizib, to‘layapman.

Qahva narxi

Toshkentdagi qahvaxonalarda oddiy va muqobil sutdan tayyorlangan latte narxlarini solishtiramiz:

Qahvaxona
Latte
Laktozasiz sutli latte
Muqobil sutli latte 
Muqobil sut turlari
Yoqimli takliflar
BREADLY
45 000
67 000
67 000
Laktozasiz, suli, bodom, yong‘oq va kokos sutlari
–
Cakelab
32 000
58 000
58 000
Laktozasiz, bodom va kokos  sutlari
–
Zira Cafe
35 000
35 000
55 000
Laktozasiz, suli va kokos sutlari
Kofeinsiz
BENEDICT CAFE
41 000
–
50 000
Suli, bodom, kokos va soya sutlari
–
Bon!
Grand 26 000
Extra Grand 34 000
Grand 26 000
Extra Grand 34 000
Grand 47 000
Extra Grand 55 000
Laktozasiz, suli, bodom va kokos sutlari
Kofeinsiz
DOSAN
40 000
40 000
47 000
Laktozasiz, suli, bodom va kokos sutlari
Specialty
Muqobil
Kofeinsiz
Чайкоф
35 000
35 000
45 000
Laktozasiz, bodom va kokos sutlari
Kofeinsiz
Tim’s
Single 30 000
Double 35 000
Triple 40 000
–
Single 45 000
Double 50 000
Triple 55 000
Suli, bodom va kokos sutlari
Muqobil
3 xil o‘lcham
COSTA COFFEE
S 27 000
M 32 000
L 37 000
S 27 000
M 32 000
L 37 000
S 42 000
M 47 000
L 52 000
Laktozasiz, suli, bodom, kokos va soya sutlari
3 xil o‘lcham
Kofeinsiz
COFFEE NATION
35 000
–
42 000
Bodom va kokos sutlari
Specialty
Muqobil
COMMUNITY COFFEE BAR
35 000
40 000
40 000
Laktozasiz, bodom va kokos sutlari
Specialty
Muqobil
Рассвет
40 000
–
40 000
Suli, bodom, funduk va kokos sutlari
Specialty
Muqobil
B&B
O‘rtacha 28 000
Katta 38 000
XXL 40 000
O‘rtacha 28 000
Katta 38 000
XXL 40 000
–
Laktozasiz
3 xil o‘lcham

Muallif: Anna Sheremetyeva

O‘zimiz tayyorlasak-chi?

Bir kuni ertalab ko‘chaga chiqqim kelmagani uchun tajriba o‘tkazib, butun iyul davomida uyda qahva tayyorlashga qaror qildim. Buning o‘ziga xos zavqi bor ekan: donlarni maydalab, butun oshxona bo‘ylab tarqalgan hiddan rohatlanish, sevimli idishdan foydalanish, yoqimli musiqa qo‘yish, chiroyli nonushta tayyorlash, qahvaning sut bilan aralashishini kuzatish tongni sehrli muhit bilan to‘ldiradi.

Tajriba uchun 150 ming so‘mlik bir qadoq qahva doni va 140 ming so‘mlik to‘rtta qadoq suli suti ishlatdim.

Odatda har kuni Cakelab’da qahva ichaman va oyiga 1 mln 740 ming so‘m ishlataman. Hisob oddiy: iyul oyida 1 mln 450 ming so‘m tejab, omonatimga qo‘shdim. Qahvaxonalarga ko‘p pul sarflayotganim uchun o‘zimni koyimaslik maqsadida turmush tarzim uchun pul yig‘yapman.

Qahva — ko‘ngil, omonat — kelajak uchun

100 ming so‘mdan ko‘p pul qo‘ying va yillik 25% daromad oling

Omonat ochish

Maqolani yozayotgan paytim nima o‘zgardi?

Oxirgi yillarda har kuni faqat bir joyda qahva ichardim, kunlarim bir xil o‘tardi: har tong bitta ssenariy takrorlanardi. Uchta yangi joyni ko‘rganimdan keyin, ko‘chamdagi qahvaxonalarga bog‘lanib qolmasdan, do‘stlarim bilan tez-tez nonushta qilishga qaror qildim. Bundan tashqari, uyda zavq bilan qahva damlab, pul tejash mumkinligini tushundim. Agar bu variant sizga to‘g‘ri kelmasa, o‘zingizni kichik narsalar bilan xursand qilishdan to‘xtamang.

Bu maqola sizni ham qiziqarli joylarga borishga ilhomlantirgan bo‘lsa, xursandmiz.

 Muallif: Anna Sheremetyeva

*Maqolada keltirilgan ma’lumotlar saytga joylashtirilgan vaqt uchungina amal qiladi: fikrlar muallifning shaxsiy qarashlarini aks ettiradi va AVO bank'ning rasmiy nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin. Bank havola qilingan tashqi manbalar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi, ko‘rsatilgan narxlar esa taxminiy xarakterga ega. Qaror qabul qilishdan oldin eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.

Layfstayl
09.08.2025
16 daqiqa
Anna Sheremetyeva
Maqola muharriri
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fikr-mulohazalar
AVO gapBankomatlar

UZ

+998 (78) 888-78-87
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
Qarzdorlikni so'ndirish
Bank haqida
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Bosh sahifa • 07.09

    Vaqt va pul tejashning yana bir yo‘li: aerogrilda tayyorlanadigan 1 kunlik taomnoma

    Nasiba Kamilova

  • Bosh sahifa • 03.09

    Hayp yoki haqiqat: moliyaviy blogerlarga ishonsa bo‘ladimi 

    Imana Irmanova

  • Bosh sahifa • 01.09

    Dunyoda fintex qayerga harakatlanyapti: SI, texnologiyalar va raqamli etika 

    Mariya Levina

  • Bosh sahifa • 29.08

    Toshkentda O‘RVI bilan kasallanish qanchaga tushadi

    S.Aydin

  • Bosh sahifa • 27.08

    Ta’tildan keyin byudjetni qanday tiklash mumkin: shaxsiy tajribam

    S.Aydin

  • Yangiliklar • 26.08

    Firibgarlar haqidagi mini-serialning ikkinchi mavsumini boshladik

    AVO press-markazi


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

67