Ikki o‘g‘il bolaning onasi bo‘lish bir oyda qanchaga tushadi? Bu yoqimli, ajoyib, oson bo‘lmagan ish. Mening ikkita o‘g‘lim bor — 7 va 13 yoshda. Hozirdan aytib qo‘yay, ularni hech kimning yordamisiz, bir o‘zim katta qilishim ancha oson bo‘lmadi.
Maktab davri

Ta’limdan boshlaymiz. O‘g‘illarim oddiy davlat maktablariga borishadi, shuning uchun bu borada xarajatlar ancha kam. «Pardalarga» oyiga taxminan 70 ming so‘m atrofida ketadi. O‘quv qurollarini avgust oyining oxirida maktab yarmarkalarida bir yo‘la kamida yarim yilga yetadigan zaxira bilan sotib olishga harakat qilaman va bu haqida uzoq vaqt bosh qotirmayman.
Kiyim-kechak

Bolalar juda tez o‘sadi. Shu sababli, ularning kiyim-kechaklarini tez-tez yangilab turish kerak. Buning ustiga, daraxtlarga tirmashish, faol o‘yinlar va kiyimga tasodifan to‘kilgan sharbat ham oyiga kamida bir marta yangi narsalar sotib olishga majbur qiladi.
O‘g‘illarimning kiyimlari uch toifaga bo‘linadi: uy kiyimlari, hovlida do‘stlar bilan o‘ynash uchun kiyimlar va ko‘chaga chiqish/maktab formasi. O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoati yaxshi rivojlangan, sifatli va arzon kiyimlar sotadigan ko‘plab mahalliy brendlar bor. Masalan, Neo Trikotaj, T-Sod, UzTex do‘konlarini va boshqalarni aytish mumkin.

Ustki kiyimlar masalasida vaziyat sal murakkab. Jinsi, kurtka, sviterlarni asosan Turkiyadan buyurtma qilaman. Shunda yetkazib berish va sotuvchi foizini hisobga olgan holatda ham menga ancha arzonroq tushadi. Narx brend va sifatga qarab farqlanadi. Chegirmalardan foydalanish kerak — shunda xaridlar yanada foydali bo‘ladi.
Poyabzal masalasi yanada murakkab. O‘g‘il bolalar deyarli har oyda o‘sib boradi va agar kiyimni ozgina kattarog‘ini olish mumkin bo‘lsa, bu oyoq kiyimga taalluqli emas. Chunki oyoqlar qulay bo‘lishi shart. Har mavsumda ikkita farzand uchun kamida ikkitadan poyabzal kerak bo‘ladi: maktab uchun klassik tufli va krossovka. Lekin sport ham bor, demak, futbol uchun yana ikki juft butsi ham qo‘shiladi.
Ovqatlanish

Har qanday ona singari, men ham bolalarim ovqatlanishiga jiddiy e’tibor qarataman. Ularning o‘sishi va rivojlanishi uchun iloji boricha ko‘proq foydali ovqatlanishlari muhim. Shu bois muzlatgichda yarim tayyor mahsulotlar kamroq (lekin ba’zida bo‘lib ham turadi), sabzavotlar, mevalar va sut-qatiq mahsulotlari esa ko‘proq saqlanadi.

Farzandlaringiz bilan sayohatga otlaning
AVO platinum kredit kartasini oching va xorijdagi mehmonxona va restoranlarda chegirmalar oling
O‘yinchoqlar

O‘yinchoqlar majburiy xarajatlar ro‘yxatiga kirmaydi. Ammo oyiga kamida ikki marta ko‘ngilochar bog‘larga borishga harakat qilamiz. Bu yerdagi xarajatlar ham sizning imkoniyatlaringiz va bolalarning istaklariga qarab o‘zgarishi mumkin.
Sog‘lik

Bolalarimning salomatligi yaxshi bo‘lgani mening omadim. Yilda ikki marta mavsumiy shamollashlar bo‘ladi, ularni o‘zimiz uy sharoitida davolaymiz. Shuning uchun bu holda ham kundalik ehtiyojlar uchun narxlarni kuzatib borish muhimdir.
Ikki farzand uchun oylik sarf-xarajatlar
Ko‘ngilochar mashg‘ulotlar, hordiq chiqarish | 1 000 000 |
Sport to‘garaklari | 1 200 000 |
Ovqatlanish | 3 000 000 |
Jami | 5 200 000 |
Doimiy bo‘lmagan xarajatlar
O‘quv qurollari | 250 000 |
Ustki kiyim | 1 000 000 |
Bolalar uchun to‘qimachilik mahsulotlari (futbolkalar, paypoqlar, ichki kiyimlar, pijamalar) | 300 000 |
Jinsi, klassik shimlar, sport kiyimlari | 250 000 |
Oyoq kiyim | 800 000 |
Jami | 7 800 000 |
Xarajatlar tahlilini yakunlaydigan bo‘lsak, o‘rtacha hisobda ikki o‘g‘il farzandni ta’minlash oyiga 6 millionga yaqinroq mablag‘ kerak bo‘ladi. Bu summa ehtiyot uchun ortig‘i bilan olingan, chunki kutilmagan xarajatlar har doim bo‘lishi mumkin. Aynan ana shunday kutilmagan xarajatlar paydo bo‘lganda AVO platinum kredit kartasi menga juda qo‘l keladi. Ba’zida etik yirtilib qoladi, bolalarga o‘tgan yilgi kurtka yoki futbol poyabzali to‘satdan kichkina bo‘lib qoladi, maoshga esa hali bir necha hafta bor. Bunday hollarda xaridlarni kredit kartasi bilan to‘layman va 45 kungacha bo‘lgan imtiyozli davr mobaynida qarzni bemalol, foizsiz yopaman.
*Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz.
*Maqoladagi fikr — muharrirning shaxsiy fikri bo'lib, u AVO bank pozitsiyasini ko'rsatmaydi. Bank ma'lumotlar to'g'riligi va undan foydalanish oqibatlari uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.
*Maqolada tashqi resurslarga havolalar keltirilgan. AVO bank tashqi resurslardagi ma'lumotlar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.
*Narxlar taxminiy va faqat nashr etilgan vaqtdagina amal qiladi.

