Tasavvur qiling, pulingiz bor-u, lekin undan istagan vaqtda foydalana olmaysiz. Masalan, kassada turibsiz va kartadagi pu yetmagani uchun tezgina omonatdan yechib olmoqchisiz. Yoki kechki ovqat hisobini to‘lash uchun bir nechta kartadagi pulni bitta kartaga o‘tkaza olmayapsiz.
Operatison kun yopilayotgani sababli tizim ishlamaganda, hatto kichik miqdordagi pulni ham o‘tkazishning iloji bo‘lmay qoladi.
Odatda bu jarayon kechqurun va tunda bir necha soat davom etadi. Ba’zan esa tonggacha cho‘zilishi, dam olish kunlari arafasida esa undan ham uzoqroq davom etishi mumkin.
Bankda tunda nimalar bo‘ladi
Banklar har kuni operatsion kunni yopadi. Bu paytda omonatlar va kreditlar bo‘yicha foizlarni hisoblashadi, hisob-kitoblarni yangilashadi va hisobotlarni shakllantirishadi. Shu sababli ayrim banklarda kechqurun yoki tunda tizimlar yaxshi ishlamasligi mumkin.
Natijada ichki hisob-kitoblar yakunlanguncha mijozlar ayrim xizmatlardan foydalana olmaydi.
Bu AVO bank’da qanday ishlaydi
AVO bank’da operatsion kun mijozga ta’sir qilmaydi. Ilovada istagan vaqt
Hatto bank ichki hisob-kitoblarini qilayotgan vaqtda ham, mijoz ilovadan har doimgidek foydalana oladi.
Amalda bu nimani anglatadi
AVO bank bilan siz bank ish jadvaliga moslashishingiz shart emas. Kechqurun kartaga pul o‘tkazish kerak bo‘lsa, darhol o‘tkazasiz. Tunda omonatni to‘ldirmoqchi bo‘lsangiz, yangi bank kunini kutishingizga hojat yo‘q. Agar pul dam olish yoki bayram kunlari kerak bo‘lsa, undan hech qanday cheklovsiz foydalanishingiz mumkin.
AVO bank’da ichki tizimlar shunday ishlaydiki, pulingizdan bankka qulay bo‘lgan paytda emas, sizga qulay bo‘lgan paytda foydalana olasiz.
*Ushbu maqola faqat umumiy tushuncha va ma’lumot uchun. Material yuridik maslahat hisoblanmaydi: matn malakali yurist tomonidan tayyorlanmagan, unda soddalashtirishlar, noaniqliklar yoki eskirgan ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. Qaror qabul qilishda yoki qanday yo‘l tutishni tanlashda faqat ushbu materialga tayanmang. Professional huquqiy yordam kerak bo‘lsa, malakali mutaxassislarga murojaat qilganingiz ma’qul.

AVO ilovasini yuklab oling
Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari 24/7 sizning smartfoningizda

