• AVO

  • AVO gap

  • Ipoteka kalkulyatori: foiz stavkasini qanday hisoblash mumkin

Ipoteka kalkulyatori: foiz stavkasini qanday hisoblash mumkin

Kvartirani ipoteka orqali sotib olish —  jiddiy qaror va unga oldindan tayyorlanish kerak. Kutilmagan muammolarga duch kelmaslik uchun har oy qancha to‘lash kerakligini, bankka qancha ortiqcha mablag‘ ketishini va qanday shartlar siz uchun qulayroq ekanini oldindan bilish juda muhim. Bunda ipoteka kalkulyatori sizga yordam beradi — bu qulay vosita bo‘lib, shartnoma imzolashdan oldin moliyaviy imkoniyatlaringizni baholashga imkon beradi.

Ipoteka kalkulyatori qanday ishlaydi?

Tasavvur qiling, 600 mln so‘mlik orzuingizdagi kvartirani topdingiz. Dastlabki badal uchun 120 mln so‘mingiz bor, qolganini esa kreditga olmoqchisiz. Bank 20 yillik muddatga 12% stavka bilan ipoteka taklif qilmoqda. Bu nimani anglatadi? Agar ushbu raqamlarni ipoteka kalkulyatoriga kiritsangiz, u sizga oylik to‘lovingiz taxminan 4,5 mln so‘m bo‘lishini ko‘rsatadi. Umumiy ortiqcha to‘lov esa ancha katta — 480 mln so‘mni tashkil qiladi. Ya’ni, oxir-oqibat ushbu kvartira sizga 1 mlrd 80 mln so‘mga tushadi.

Ipoteka foiz stavkasi nimaga bog‘liq?

Foiz stavkasi ortiqcha to‘lov miqdoriga juda qattiq ta’sir qiladigan asosiy omillardan biridir. 2025-yilda O‘zbekistonda ipoteka kreditlari bo‘yicha foiz stavkalari 9% dan 14% gacha o‘zgarishi mumkin. Bu miqdor bank shartlariga, dastlabki to‘lovning hajmiga, kredit muddatiga va kvartiraning yangi yoki ikkilamchi bozorda sotib olinayotganiga bog‘liq. Masalan, agar siz yangi binodan uy olib, uning 30% qiymatini oldindan to‘lasangiz, foiz stavkasi pastroq bo‘lishi mumkin. Ammo agar siz ikkilamchi bozordan uy olayotgan bo‘lsangiz, foiz stavkasi 1–2% yuqoriroq bo‘lishi ehtimoli bor.

Shuningdek, turli guruhdagi mijozlar uchun maxsus dasturlar ham mavjud. Masalan, yosh oilalar uchun pasaytirilgan foiz stavkalari taklif qilinishi mumkin, harbiy xizmatchilar esa imtiyozli kredit olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Shuning uchun, bank tanlashda bu jihatlarni ham inobatga olish muhim.

Nima uchun ipotekani oldindan hisoblash muhim?

Bunday hisob-kitob sizga kredit yuklamasini oldindan baholashga yordam beradi. Masalan, dastlabki badalni oshirib, oylik to‘lovni kamaytirish mantiqiyroq bo‘lishi mumkin. Yoki aksincha, muddatni uzaytirib, oylik to‘lovni yengillashtirish foydaliroq bo‘lishi mumkin.

Katta rejalaringizga katta imkoniyatlar

AVO platinum kredit kartasi bilan 50 million so‘mgacha mablag‘dan foydalaning

Kartani olish

Xulosa

2025-yilda O‘zbekistonda ipoteka kreditlari bozori tez rivojlanmoqda. Banklar davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan dasturlarni taklif etmoqda, yosh oilalar uchun chegirmalar va harbiylar uchun maxsus shartlar mavjud. Raqobat ortib bormoqda, bu esa foiz stavkalarining asta-sekin tushishiga olib kelishi mumkin.

Agar siz ipoteka olishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, oldindan bank takliflarini o‘rganib chiqish, shartlarni solishtirish va kalkulyator yordamida eng maqbul variantni tanlash tavsiya etiladi. To‘g‘ri hisob-kitob sizni kutilmagan muammolardan asrab, eng foydali ipotekani tanlashga yordam beradi.

*Ushbu maqola faqat umumiy tushuncha va ma’lumot uchun. Material yuridik maslahat hisoblanmaydi: matn malakali yurist tomonidan tayyorlanmagan, unda soddalashtirishlar, noaniqliklar yoki eskirgan ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. Qaror qabul qilishda yoki qanday yo‘l tutishni tanlashda faqat ushbu materialga tayanmang. Professional huquqiy yordam kerak bo‘lsa, malakali mutaxassislarga murojaat qilganingiz ma’qul.

Ipoteka
30.03.2025
3 daqiqa
Аvoboy
Sariq moliyaviy yordamchingiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • Mikroqarz
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar
+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

Bosh sahifa

Moliya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
AVO gapBankomatlar

UZ

  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Bank haqida
+998 (78) 888-78-87
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2026,«AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 07/03/2026

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.