• AVO

  • AVO gap

  • Ipoteka bo‘yicha hamqarzdorlik: huquqlar, majburiyatlar va xavf-xatarlar

Ipoteka bo‘yicha hamqarzdorlik: huquqlar, majburiyatlar va xavf-xatarlar

Ipoteka — bu mas'uliyatli va jiddiy masala. Ayniqsa kerakli summani olish uchun daromadingiz yetarli bo‘lmaganda. Shunday vaziyatlarda hamqarzdor yordamga keladi. 2025-yilda O‘zbekistonda bu allaqachon odatiy holga aylangan. Banklar kreditni 2 ta kishiga rasmiylashtirishni faol taklif etmoqda — bu nafaqat ipoteka tasdiqlanish ehtimolini oshiradi, balki shartlarni ham ancha qulaylashtiradi.

Tasavvur qilaylik, Malika uy sotib olmoqchi, lekin bank uning maoshi yetarli emasligini aytadi. Malika otasini hamqarzdor sifatida chaqiradi. Endi bank faqat Malikani emas, balki ularning umumiy daromadini baholaydi. Natijada — ipoteka tasdiqlanadi, chunki agar Malika ishini yo‘qotsa ham, qarz otasi tomonidan to‘lanadi.

Hamqarzdorning huquq va majburiyatlari

Ko‘pchilikda hamqarzdorlik faqat rasmiyatchilik degan noto‘g‘ri tasavvur bor. Aslida esa hamqarzdor asosiy qarzdor bilan teng huquq va majburiyatlarga ega. Ya'ni, agar Malika to‘lovlarni to‘xtatsa, otasi bu majburiyatni o‘z zimmasiga oladi. Bank esa «kim to‘lamadi» degan savollar bilan shug‘ullanmaydi — qarz ikkisiga ham tegishli. Agar kvartira nikohda olingan bo‘lsa, ipoteka evaziga sotib olingan mulkka er-xotin teng huquqqa ega bo‘ladilar. Bu shartnoma bilan emas, balki qonun tomonidan tartibga solinadi. Boshqa holatlarda esa hamqarzdor doimo mulkka egalik qilmaydi. Agar uzoq vaqt davomida to‘lovlar uning nomidan amalga oshirilgan bo‘lsa va bu bo‘yicha yozma kelishuv bo‘lsa, u ulush talab qilish huquqiga ega bo‘ladi. Agar bunday kelishuv bo‘lmasa, sudga murojaat qilib, o‘z nomidan to‘lov qilinganini isbotlovchi kvitansiyalar va hujjatlarni taqdim etish mumkin. Agar bu isbotlansa, sud qarorni hamqarzdor foydasiga chiqaradi.

Hamqarzdor uchun qanday yashirin xatarlar bor?

Hamqarzdorlarning eng katta qo‘rquvi — ipoteka bilan yolg‘iz qolishdir. Afsuski, bunday holatlar tez-tez uchrab turadi. Masalan, mening tanishim do‘stining ipotekasiga hamqarzdor bo‘lib qo‘shilgan edi. Oradan bir yil o‘tib, do‘sti chet elga ishlashga ketib, ipoteka haqida butunlay unutdi. Bank esa hamqarzdordan pul talab qila boshladi. Natijada, tanishim kreditni o‘zi yopishga majbur bo‘ldi, chunki majburiyatlardan voz kechish imkoniyati allaqachon qolmagan edi.

Bundan tashqari, to‘lov kechikishlari ikkala tomonning kredit tarixiga salbiy ta'sir qiladi. Demak, agar siz o‘zingizning kreditlaringizni o‘z vaqtida to‘lasangiz ham, ipoteka bo‘yicha sherigingiz to‘lovni kechiktirsa, banklar sizga ham ishonchsiz deb qarashi mumkin.

O‘zingizni qanday himoya qilishingiz mumkin?

Bunday noxush holatlarning oldini olish uchun hammasini oldindan ochiqchasiga muhokama qilish muhim. Mukammal variant — kim qancha to‘laydi, kim nima qiladi, agar kimdir to‘lovlarni to‘xtatsa, qanday yo‘l tutish belgilangan alohida kelishuv tuzish.

Shuningdek, vaziyatni o‘z holiga tashlab qo‘ymaslik ham zarur. Hatto siz odamga to‘liq ishonayotgan bo‘lsangiz ham, to‘lovlar qanday amalga oshirilayotganini vaqti-vaqti bilan tekshirib turish tavsiya etiladi. Bu sizni ortiqcha tashvishlardan va noxush suhbatlardan asraydi.

Ipotekani teng, kartani esa muhabbat bilan taqsimlang

AVO platinum kartasini rasmiylashtiring va 50 mln so‘mgacha pul bilan yengil nafas oling

Kartani olish

Xulosa

Hamqarzdor bo‘lish — bu yaqin odamingizga uy-joy masalasini hal qilishda yordam beradigan jiddiy majburiyat. Lekin har doim xavf-xatarlarni yodda saqlang.
Boshqalarning qarziga qo‘l qo‘yishdan oldin, bu qarzni yolg‘iz o‘zingiz ham qoplay olishingizga ishonch hosil qiling. Shuningdek, agar kerak bo‘lsa, kelajakda o‘zingiz kredit olish imkoniyatingiz bo‘ladimi, degan savolga ham javob bering.

Ba'zan do‘st yoki qarindoshga yordam katta moliyaviy muammolarga aylanib ketishi mumkin. Ba'zan esa — bu birgalikda uy olishdagi muvaffaqiyatli tajriba bo‘lishi mumkin. Muhimi — barcha masalalarni oldindan kelishib olish va bankka ochiq ko‘z bilan borish.

*Ushbu maqola faqat umumiy tushuncha va ma’lumot uchun. Material yuridik maslahat hisoblanmaydi: matn malakali yurist tomonidan tayyorlanmagan, unda soddalashtirishlar, noaniqliklar yoki eskirgan ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. Qaror qabul qilishda yoki qanday yo‘l tutishni tanlashda faqat ushbu materialga tayanmang. Professional huquqiy yordam kerak bo‘lsa, malakali mutaxassislarga murojaat qilganingiz ma’qul.

Ipoteka
14.05.2025
5 daqiqa
Аvoboy
Sariq moliyaviy yordamchingiz
+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • Mikroqarz
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar

Bosh sahifa

Moliya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
AVO gapBankomatlar

UZ

  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Bank haqida
+998 (78) 888-78-87
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2026,«AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 07/03/2026

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.