• AVO

  • AVO gap

  • Ipoteka krediti

Ipoteka krediti

Bugungi kunda uy-joy narxlari oshib, talab ko‘payib borayotgan bir paytda ko‘pchilik «Ipoteka krediti olsammikin?» deb o‘ylanib qolyapti. Agar butun summani birdaniga yig‘a olmasangiz, bu o‘z uyingizga ega bo‘lishning eng qulay usullaridan biri hisoblanadi.

Ipoteka — oddiy kredit emas, balki to‘y yoki boshqa shaharga ko‘chish kabi puxta rejalashtirishni talab qiladigan uzoq muddatli jiddiy qadam. Bu jarayonda bank tanlashdan tortib, byudjetingiz qanday o‘zgarishini tushunishgacha bo‘lgan har bir detal muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada ipoteka krediti nima ekanligi, u Toshkentda qanday ishlashi va uy sotib olish bosh og‘rig‘iga emas, balki quvonchli voqeaga aylanishi uchun qanday nozik jihatlarni e’tiborga olish kerakligini ko‘rib chiqamiz.

Oddiy so‘zlar bilan aytganda, ipoteka nima?

Ipoteka — kvartira yoki uy sotib olish uchun beriladigan kredit bo‘lib, unda ko‘chmas mulkning o‘zi garov bo‘ladi. Qarz to‘liq to‘lanmaguncha, bank «sherik mulkdor» hisoblanadi va to‘lovlar  jiddiy kechiktirilganda, uyingizni olib qo‘yish huquqiga ega. Butun summani to‘lab bo‘lganingizdan keyin, kvartira yoki uy butunlay sizning shaxsiy mulkingizga aylanadi.

Jiddiy eshitilsa-da, bugungi kunda ipoteka kreditlarini olish ancha oson bo‘lib qoldi. Banklar past foiz stavkalari, davlat imtiyozlari va moslashuvchan shartlarga ega dasturlar taklif qilishyapti. Bu, ayniqsa, Toshkent kabi yirik shaharlarda yaqqol sezilyapti. Yosh oilalar ijaraga turish o‘rniga, tezroq o‘z uyiga ko‘chib o‘tishni xohlashyapti.

Ma’lumotnomasiz 100 000 000 so‘mgacha pul beramiz

AVO platinum kredit kartasini oching va bugunoq kartangizga pul oling

Karta ochish

Ipoteka kreditini qanday olish mumkin

Ishni bank va mos dasturni tanlashdan boshlaysiz. Kredit olish uchun pasport, daromad to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, mehnat daftarchasi yoki uning nusxasi, shuningdek, tanlangan ko‘chmas mulk hujjatlari kerak bo‘ladi.

Keyin bank to‘lov qobiliyatingizni tekshiradi — sodda qilib aytganda, muntazam ravishda to‘lay olishingizni aniqlaydi. Daromadingiz va kredit tarixingizni o‘rganib chiqadi, shundan keyingina ipotekani tasdiqlash yoki rad etish haqida qaror qabul qiladi.

Kreditni tasdiqlaganidan keyin shartnoma imzolanadi, bank sotuvchiga pul o‘tkazadi va siz har oy to‘lov qilishni boshlaysiz. To‘lovga asosiy qarzning bir qismi hamda foizlar kiradi — bu bank sizga pul bergani uchun oladigan haq.

Ipoteka muddati odatda 5 yildan 20 yilgacha va undan ham uzoqroq bo‘lishi mumkin. Muddat qanchalik uzoq bo‘lsa, oylik to‘lov shunchalik kam, lekin umumiy to‘lov miqdori ko‘proq bo‘ladi. Bu xuddi muddatli to‘lovga texnika sotib olishga o‘xshaydi: kam-kamdan to‘lash osonroq bo‘ladi, lekin yakuniy summa ko‘proq chiqadi.

Ipotekaning ijobiy va salbiy tomonlari

Ijobiy tomoni
Salbiy tomoni
Yillab yig‘masdan hoziroq uy sotib olish mumkin
Uzoq muddatli javobgarlik — ko‘p yil to‘lash kerak bo‘ladi
Oldindan to‘lov miqdorini biladigan qat’iy belgilangan stavkali dasturlar, shuningdek, iqtisodiy vaziyatga qarab o‘zgarib turadigan stavkali dasturlar ham bor
Kreditni doimiy ravishda kechiktirsangiz uyni olib qo‘yishlari mumkin
Ba’zida soliq imtiyozlaridan foydalanishingiz mumkin bo‘ladi
Foiz bo‘yicha ortiqcha to‘lov sezilarli bo‘lishi mumkin
Muntazam to‘lovlar intizomni shakllantiradi va byudjetni yaxshiroq rejalashtirishga yordam beradi
O‘zgarib turadigan stavkada to‘lov summasi ko‘payishi mumkin

Ipoteka kreditini olishdan oldin nimaga e’tibor berishingiz kerak

  1. Faqat foizni emas, hamma narsani solishtiring. Ba’zan «past» foiz ortida komissiyalar yoki majburiy sug‘urtalar bo‘lishi mumkin. Reklamadagi raqamga emas, kreditning umumiy summasiga e’tibor bering.
  2. Byudjetingizga tushadigan yukni hisoblab chiqing. To‘lov oila daromadining 40–50 foizidan oshmasligi maqsadga muvofiq. Kutilmagan xarajatlar yoki daromadingiz pasayib qolishi xavfini inobatga olib moliyaviy zaxira qoldirishni unutmang.
  3. O‘zingizga mos ko‘chmas mulkni tanlang. Banklar ko‘pincha ishonchli quruvchilarning yangi qurilgan uylari uchun ipoteka berishni afzal ko‘radilar. Ikkilamchi uy-joylar uchun shartlar qattiqroq bo‘lishi mumkin.

O‘z uyingiz sari qadam-baqadam yo‘l

Ipoteka krediti — shunchaki uy sotib olish usuli emas, balki moliyaviy barqarorlikka erishish strategiyasining bir qismi. Katta miqdordagi pulni bir necha yilga taqsimlaysiz va odatiy hayot tarzingizni davom ettirasiz.

Ipoteka olib, qiynalmasdan yashash uchun bozorni yaxshilab o‘rganib chiqing, imkoniyatlaringizni to‘g‘ri baholang va shartnomani diqqat bilan o‘qing.

O‘z uyingiz — erishib bo‘ladigan maqsad

Ipoteka — bu afsonaviy yoki qo‘rqinchli narsa emas, balki har yili Toshkent va butun mamlakatimiz bo‘ylab minglab oilalarga yordam berib kelayotgan samarali vosita. Eng muhimi, uni ongli ravishda, shoshmasdan va o‘z maqsadlaringizni aniq tushungan holda oling.

Agar to‘g‘ri bankni tanlasangiz, daromadlaringizni xolisona baholasangiz va byudjetni oldindan puxta rejalashtirgan bo‘lsangiz, ipoteka krediti og‘ir yuk emas, balki orzungizdagi uyga erishish yo‘lidagi ishonchli qadam bo‘ladi.

Ipoteka
14.08.2025
7 daqiqa
Аvoboy
Sariq moliyaviy yordamchingiz
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

AVO gapBankomatlar

UZ

+998 (78) 888-78-87

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
Qarzdorlikni so'ndirish
Bank haqida
+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fikr-mulohazalar
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Bosh sahifa • 01.10

    Vogue va Heels ritmida: Toshkentdagi raqs studiyalari

    Nasiba Kamilova

  • Bosh sahifa • 29.09

    Karmon AI: MENA va AQSh bozorlarini zabt etayotgan o‘zbek fintex-startapi

    Nasiba Kamilova

  • Bosh sahifa • 27.09

    Ustozlar bayramiga sovg‘a: 250 000 so‘mgacha gullar

    Dilnoza Uralova

  • Yangiliklar • 27.09

    AVO bank pul o‘tkazmalari bo’yicha maxsus shartlar e’lon qiladi

    AVO press-markazi

  • Bosh sahifa • 25.09

    Toshkentda lazerli epilyatsiya: narxlar, studiyalar, mijozlar fikri

    S.Aydin

  • Bosh sahifa • 23.09

    Oson pul topish yo‘llari: 3 onlayn tuzoq

    Imana Irmanova


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

48