• AVO

  • AVO gap

  • O‘zbekistonda boshlang‘ich to‘lovsiz ipoteka

O‘zbekistonda boshlang‘ich to‘lovsiz ipoteka

Avvallari ipoteka olish uchun avvalo boshlang‘ich to‘lovni yig‘ish kerak edi. Kimdir bu maqsad uchun yillar davomida jamg‘arardi, boshqalar esa bu orzudan voz kechardi. Yaxshiyamki, endi O‘zbekistonda boshlang‘ich to‘lovsiz ipoteka dasturlari paydo bo‘ldi. 

Keling, bunday ipotekani kimlar olishi mumkinligini, u qanday shartlarda berilishini va qanday hujjatlar kerak bo‘lishini ko‘rib chiqamiz.

Kimlar bunday ipotekani olishi mumkin?

Tasavvur qiling, siz yosh mutaxassissiz, xususiy kompaniyada buxgalter bo‘lib ishlaysiz va maoshingiz kartaga tushadi. Rasmiy daromadingiz bor, bir yildan ortiq ish stajingiz bor, avvalgi kreditlaringizda muammo yo‘q — demak, siz ko‘pchilik banklar talablariga mos kelasiz.

Yosh ham ahamiyatli: odatda, bunday dasturlar 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan. Ya’ni, ish faoliyatini boshlagan, lekin hali nafaqaga chiqmagan fuqarolar uchun.

Bundan tashqari, ariza topshirayotgan vaqtda siz boshqa banklarga qarzdor bo‘lmasligingiz kerak va ayniqsa muddati o‘tgan to‘lovlaringiz yo‘q bolishi kerak. Yana bir talab — barcha kreditlar bo‘yicha oylik to‘lovlaringiz daromadingizning 70 foizidan oshmasligi kerak. Bu talab sizda asosiy ehtiyojlar uchun yetarli mablag‘ qolishini kafolatlaydi.

Ipoteka rasmiylashtirish uchun qanday hujjatlar kerak?

  1. Pasport yoki ID-kartaning nusxasi
  2. Ipoteka olish bo‘yicha ariza
  3. So‘nggi 12 oylik daromad to‘g‘risida rasmiy ma’lumotnoma
  4. Uy sotuvchisi bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi
  5. Uyga tegishli hujjatlar (kadastr va mulk huquqi guvohnomasi)
  6. Litsenziyaga ega baholovchiningbaholovchi tomonidan tuzilgan uy narxi bo‘yicha bahosi
  7. Komissiya xulosasi (agar uy arzonlashtirilgan ko‘p qavatli uylarda bo‘lsa)

Bank hujjatlaringizni tekshirib, kreditni ma’qullaganidan so‘ng, mablag‘ to‘g‘ridan-to‘g‘ri uy sotuvchisining hisob raqamiga o‘tkaziladi. Siz esa shartnomani imzolab, yangi uyingizga ko‘chib o‘tishingiz mumkin.

Boshlang‘ich to‘lovga mablag‘ yetmayaptimi?

AVO platinum kartasini rasmiylashtiring va 50 mln so‘mgacha limitga ega bo‘ling

Kartani olish

Rasmiylashtirish jarayoni qanday kechadi?

Boshlang‘ich to‘lovsiz ipotekaning rasmiylashtirilishi an’anaviy ipoteka jarayoniga o‘xshaydi, ammo bunda jamg‘arma yig‘ish bosqichi mavjud emas.

Avval barcha zarur hujjatlarni to‘plashingiz, so‘ng bankka ariza topshirishingiz kerak. Agar hammasi joyida bo‘lsa, bank kreditni tasdiqlaydi va siz shartnomani imzolaysiz. Shundan so‘ng, oldi-sotdi bitimi rasmiylashtiriladi va mulk sizning nomingizga o‘tkaziladi.

Ammo ipoteka to‘liq yopilmaguncha, uy bank garovida bo‘ladi. 

Xulosa

Yildan-yilga banklar va davlat ipoteka olish jarayonini yanada osonlashtirmoqda. Ehtimol, yaqin orada yanada qulay va moslashuvchan shartlar joriy qilinib, boshlang‘ich to‘lovsiz uy olish jarayoni smartfon sotib olishdagi muddatli to‘lov kabi oddiy holga aylanishi mumkin.

Agar siz uzoq yillardan beri o‘z uyingiz bo‘lishini orzu qilib, faqat boshlang‘ich to‘lov sabab bu rejani orqaga surib kelayotgan bo‘lsangiz — ayni dam aynan qayta hisoblab, imkoniyatdan foydalanish vaqti bo‘lishi mumkin.

Ipoteka
24.04.2025
5 минут
AVO press-markazi
Yangililklar muharriri
AVO gapBankomatlar

UZ

  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Bank haqida
+998 (78) 888-78-87
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 20/11/2025

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Bosh sahifa • 05.12

    Oziq-ovqatga qanday kamroq sarflash mumkin: shaxsiy tajribam

    Dilnoza Uralova

  • Bosh sahifa • 03.12

    Oltin va qimmatbaho toshli bezaklar: dunyodagi 5 ta eng qimmat archa

    Islam Osmanovich Roziev

  • Bosh sahifa • 01.12

    Arzon Yangi yil sayohatlari bo‘yicha qo‘llanma: qayerda yashash, nimada yurish va nima yeyish mumkin

    Yuna Korostelyova

  • Yangiliklar • 27.11

    AVO bank Boshqaruv raisi o‘z faoliyatini yakunlab, yangi professional bosqichga o'tmoqda 

    AVO press-markazi

  • Bosh sahifa • 25.11

    Korporatsiyalar yangi yil kayfiyatingizdan qanday pul ishlashadi

    Rustam Mansurov

  • Bosh sahifa • 23.11

    Skamerlar internetda bolalar va o‘smirlarni qanday aldashadi

    Nasiba Kamilova


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

1 251