• AVO

  • AVO gap

  • Toshkentda enagalar xizmati qancha turadi?

Toshkentda enagalar xizmati qancha turadi?

Ismim Vazira, 28 yoshdaman va 5 yoshli qizning onasiman. Qizaloq bo‘lganimda har doim va hamma joyda ulguradigan super ayol bo‘lishimga ishonardim. Biroq hayot o‘z qoidalarini o‘rnatib, ish diqqat talab qilganda, enaga nafaqat zarurat, balki deyarli yagona yechimga aylanishi mumkin ekan.

O‘z tajribam va izlanishlarim haqida so‘zlab beraman, boshqa onalarning fikrlari bilan o‘rtoqlashaman va 2024-yil uchun dolzarb bo‘lgan haqiqiy raqamlarni keltiraman. Ogohlantiraman: enaga menga juda qimmatga tushadi.

Mutaxassisligim — jurnalist, shu sohada ishlayman. 4 yildan beri qizimga enaga yollayman. Buning sababi — xususiy va davlat bog‘chalari doim ishda ushlanib qoladiganlar uchun eng yaxshi tanlov emas, buvi va bobolar esa har doim ham bolaga qaray olmaydilar.

Ilgari onalarimiz enagalarni faqat tanish-bilishlar orqali, umumiy tavsiyalar asosida qidirishardi. Hozir enaga topish ancha osonlashdi. Men ham eng oddiy yo‘l — ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar orqali izlashga qaror qildim. Tavsiyalar asosida qidirish hali ham mavjud, lekin odatda og‘zaki tarqalgan ma’lumotlar orqali enagalar «issiq nonday tarqab ketadi».

Ijtimoiy tarmoqlar yordami

Men Facebook'dagi SUPERMAMA.UZ guruhi orqali enaga topishga muvaffaq bo‘ldim. U yerdagi e’lonlar, aslida, tanlash uchun yetarli darajada ko‘p edi. Tanlangan nomzod haqida ham ko‘plab ijobiy fikrlar bor edi, biroq bir nozik jihati bor: u faqat o‘z uyida bolalarga qaraydi. Yaxshiyamki, u menga yaqin joyda yashaydi, aks holda hamyonim ko‘z ochib yumguncha bo‘shab qolardi.

Bu taxminan shunday bo‘ldi: kecha biz kelishib oldik, bugunoq men bolamning vaqtini qanday sharoitda o‘tkazishini ko‘rish uchun unikiga bordim. Men uchun enaga tanlashda nafaqat mehribonlik, bardoshlilik va oqilona munosabat, balki farzandim bo‘ladigan muhit ham muhim mezon edi. Bu xonadagi hashamatli jihozlar yoki ajoyib ta’mirlash haqida emas, balki xonaning tozaligi, iliqligi va qulayligi haqida edi.

Xizmat
Narxi (so‘m)
Izohlar
Kun davomida (soat 9:00 dan 18:00 gacha)
320 000
Oyiga 7 360 000  
O‘z ichiga bularni oladi:
Ovqatlantirish
Narxga kiritilgan
Tushlik, kechki ovqat
Sayr qilish
Narxga kiritilgan
Kunduzgi
Bolaning gigiyenasi
Narxga kiritilgan
Bolani yuvintirib, kiyimini almashtirish
Kunduzgi uyqu
Narxga kiritilgan
O‘yinlar
Narxga kiritilgan
Rivojlantiruvchi va ko‘ngil ochuvchi

Tanish-bilish

Dugоnam Gulshana qarindоshining tavsiyalari va ijоbiy fikrlari asоsida enaga tоpdi. U enagadan javоb kelishini anchagacha kutdi, ammо kutganiga arzidi.

Enagani ancha vaqtdan beri qidirardim, chunki 2 o‘g‘il bоlaga bir vaqtning o‘zida qarash оsоn emas. Bizning enagamiz tajribali, juda intizоmli ekan va bоlalarimga ham intizоmni o‘rgatyapti. U yaqin jоyda yashaydi, shuning uchun menikiga qiyinchiliksiz yetib keladi

Gulshana
Xizmat
Narxi (so‘m)
Izohlar
Kunduzi (9:00 dan 17:00 gacha)
400 000
oyiga 9 mln
O‘z ichiga bularni oladi:
Ovqatlantirish
Shu narxning ichida
Nonushta, tushlik
Sayr
Shu narxning ichida
Kunduzgi
O‘yinlar
Shu narxning ichida
Rivojlantiruvchi
Kunduzgi uyqu
Shu narxning ichida
Bolaning tozaligi
Shu narxning ichida
Bolani yuvintirish, kiyimlarini almashtirish
O‘yinchoqlarni yig‘ishtirish
Shu narxning ichida

Adolat yuzasidan aytganda, bu narxga ikkala bolaga qarash ham kiradi. Uyni tozalash bu summaga kirmaydi, shuning uchun har kuni kechqurun Gulshanani uyum-uyum idish-tovoqlar kutib turadi.

Boshqa tanishim Mohinurga qarindoshi yordam beradi, ammo adolat yuzasidan unga ish haqi to‘lanadi. Ish bilan uncha band bo‘lmagani sababli, Mohinur xizmat haqini soatbay to‘laydi.

Mohinurning enaga xizmatlari uchun narxlari:

Xizmat
Narxi (so‘m)
Izohlar
Soatbay to‘lov
70 000–100 000
Vaqtga
O‘z ichiga bularni oladi:
Sayrlar
Shu narxning ichida
Kunduzgi
O‘yinlar
Shu narxning ichida
Rivojlantiruvchi
Kunduzgi uyqu
Shu narxning ichida

Ba’zan undan qolishini so‘rayman. Shunda unga qo‘shimcha soatlar uchun 100 000 so‘m emas, balki 70 ming so‘m to‘layman. Bizda shunday kelishuvimiz bor

Mohinur

Messenjerlar

Erimning singlisi Liana Toshkentlik enagalar va uy xizmatchilari Telegram kanalida omadini sinab ko‘rishga qaror qildi.

Bu platformalarning afzalligi shundaki, ko‘pincha xizmat ko‘rsatuvchilar o‘z narxlarini darhol yozishadi. Shu yerda o‘zingiz tanlaysiz: xohlasangiz — obuna bo‘lasiz, yo‘qsa — boshqa variantlarni izlaysiz. Bu menga juda qulay tuyuldi. E’lonlarda ularning raqamlari ko‘rsatilgan bo‘ladi, shuning uchun 120 ta odam orqali enagani va uning raqamini qidirishga hojat yo‘q. Men enagani taxminan 1 hafta davomida qidirdim. 2 ta nomzod ish tajribasi bo‘yicha to‘g‘ri kelmadi, uchinchisini esa darhol tanlab, ishlashga taklif qildim

Liana

Uning enagaga sarflagan xarajati quyidagicha:

Xizmat
Narxi (so‘m)
Izohlar
Kunduzgi (9:00 dan 18:00 gacha)
300 000
oyiga 6 900 000
O‘z ichiga bularni oladi:
Ovqatlantirish
Shu narxning ichida
Nonushta va tushlik
O‘yinlar
Shu narxning ichida
Rivojlantiruvchi
Kunduzgi uyqu
Shu narxning ichida
Bolaning tozaligi
Shu narxning ichida
Bolani yuvintirish, kiyimlarini almashtirish

Liana ishdan keyin bolasi bilan o‘zi sayr qiladi. Shuningdek, u qizaloqning televizor ko‘rishini cheklaydi. Enaga ham bu qoidaga rioya qiladi.

Jadvallarda ovqat pishirish, minimal tozalash kabi xizmatlar yo‘qligini payqagan bo‘lsangiz kerak. Bu, albatta, kelishuvlarga bog‘liq, ammo ko‘pincha onalar bola uchun ovqatni o‘zlari tayyorlashni va enaga ketganidan so‘ng yig‘ishtirishni ma’qul ko‘rishadi.

Enaganing ovqat pishirish mahorati siznikiga doim ham mos kelavermaydi. Bolalar uchun ovqat pishirganingizda, qancha tuz qo‘shish kerakligini, bolalar qaysi ziravorlarni yoqtirishini, ularga nima yoqishini va nima ularning kayfiyatini deyarli butun kunga buzishini ichki his bilan bilasiz. Bunday xizmat cho‘ntakka ham juda qattiq zarba beradi

Gulshana

Zarurat tug‘ilganda yordam berishga tayyor bo‘lgan ayollar xizmatlari uchun narxlar: bolani bog‘chaga/maktabga olib borish, olib kelish va hokazo.
Bu farzandlarining maktabdan kattalar kuzatuvisiz uyga qaytishini istamaydiganlar yoki ayrim sabablarga ko‘ra bolani bog‘chaga olib bora olmaydiganlar uchun juda qulay./

Xizmat
Narxi (so‘m)
Izohlar
Bolani maktabga yoki bog‘chaga olib borish, bolani olib kelish, bolani to‘garaklardan yoki maktabdan kutib olish
30 000–40 000 (soatiga)
Murakkab ob-havo sharoitlarida (jala, qor, do‘l va hokazo) taksini hisobga olmaganda

Xulosa

O‘z tajribam va dugonalarimning hikoyalari asosida shunday xulosaga keldim: enaga izlash va yollashdan cho‘chimang. Aniq tavsiyalarga rioya qilsangiz, hammasi sizning manfaatingizga xizmat qilishi mumkin. To‘g‘ri, bu arzon emas, lekin barchasi yana kelishuvga borib taqaladi. Shuni ham ta’kidlashni istardimki, ideal enagalar faqat kinolarda bo‘lsa kerak. Shuning uchun amalda munosib nomzodni tanlashdan oldin bir qator qiyinchiliklarga duch kelishingizga to‘g‘ri keladi.

Men esa tanlovda adashmay, to‘g‘ri qaror qabul qilish uchun o‘zim uchun belgilab olgan hayotiy maslahatlar bilan bo‘lishaman:

  • Bolani enagaga olib borayotgan bo‘lsangiz, eng mayda detallarni ham tekshiring: mebellarda chang yo‘qligini, gilam va pollar tozaligini, begona hidlar yo‘qligini.
  • Intuitsiyangizga ishoning: agar uyda hamma narsa ideal darajada toza bo‘lsa-yu, lekin siz nomzod ayolning uy aurasi mos emas deb qaror qilsangiz, tavakkal qilmaganingiz ma’qul.
  • Enaganing zararli odatlari bor-yo‘qligini tekshiring. Bolangizga qarash paytida chekish uchun tanaffuslar emas, balki bola asosiy rol o‘ynashi kerak.
  • Umumiy va hozirgi holat haqida ma’lumotnoma so‘rang, chunki shamollash mavsumi to‘satdan boshlanadi va bolani sog‘lom qo‘llarga hoziroq topshirish muhimdir.
  • Agar shubhalaringiz siz uchun ishlay boshlasa, iloji bo‘lsa, kameralarni uyga o‘rnating.
  • Enagadan avvalgi ish joylaridan tavsiyanomalar so‘rashdan tortinmang. Agar nomzod bu so‘rovdan bosh torta boshlasa — bu baribir o‘ylashga sabab bo‘ladi.

*Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz.

*Maqoladagi fikr — muharrirning shaxsiy fikri bo'lib, u AVO bank pozitsiyasini ko'rsatmaydi. Bank ma'lumotlar to'g'riligi va undan foydalanish oqibatlari uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

*Maqolada tashqi resurslarga havolalar keltirilgan. AVO bank tashqi resurslardagi ma'lumotlar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

*Narxlar taxminiy va faqat nashr etilgan vaqtdagina amal qiladi.

Layfstayl
13.06.2025
15 daqiqa
Diyora Sattorova
Maqola muharriri
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

AVO gapBankomatlar

UZ

+998 (78) 888-78-87
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fikr-mulohazalar
Qarzdorlikni so'ndirish
Bank haqida
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Bosh sahifa • 07.09

    Vaqt va pul tejashning yana bir yo‘li: aerogrilda tayyorlanadigan 1 kunlik taomnoma

    Nasiba Kamilova

  • Bosh sahifa • 03.09

    Hayp yoki haqiqat: moliyaviy blogerlarga ishonsa bo‘ladimi 

    Imana Irmanova

  • Bosh sahifa • 01.09

    Dunyoda fintex qayerga harakatlanyapti: SI, texnologiyalar va raqamli etika 

    Mariya Levina

  • Bosh sahifa • 29.08

    Toshkentda O‘RVI bilan kasallanish qanchaga tushadi

    S.Aydin

  • Bosh sahifa • 27.08

    Ta’tildan keyin byudjetni qanday tiklash mumkin: shaxsiy tajribam

    S.Aydin

  • Yangiliklar • 26.08

    Firibgarlar haqidagi mini-serialning ikkinchi mavsumini boshladik

    AVO press-markazi


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

348