• AVO

  • AVO gap

  • Yangi yilga uyni bezatish: g‘oyalar, qo‘lda yasalgan va zamonaviy bezaklar

Yangi yilga uyni bezatish: g‘oyalar, qo‘lda yasalgan va zamonaviy bezaklar

Tan olish kerakki, Yangi yil kayfiyati ko‘proq yorqin va quvnoq atributlar tufayli yaratiladi. Men bolaligimdan Yangi yilga tayyorgarlik ko‘rishni yaxshi ko‘rardim. Biroq, men kichkinaligimda, bayram bezaklari tanlovi uncha katta emas edi: yillar davomida kaltalashtirilgan eski archa, sovet davridan qolgan o‘yinchoqlar va bozordan sotib olingan bir nechta oddiy chiroqlar. Hozir hammasi boshqacha. Tanlov ancha ko‘p: har qanday did, rang va hamyonga mos.

Yangi yilga uyni bezatish: g‘oyalar, qo‘lda yasalgan va zamonaviy bezaklar

Muallif: Viktoriya Erofeeva

Bu men hozir yashayotgan uyda o'tkaziladigan birinchi Yangi yilim. Shu sababli iliq va shinam bayram muhitini yaratishni xohlayman. Uyni bezatish uchun turli xil kayfiyat beruvchi narsalarni sotib olishni rejalashtirganman, ba’zi narsalarni esa o‘zim yasashim mumkin. Narxlarni ko‘rish va mavjud tanlovlarni o‘rganish uchun do‘konlar, savdo markazlari va internet-do‘konlarni aylanib chiqdim.

O‘zim uchun narxlari, tovarlarning o‘ziga xosligi, xilma-xilligi va yo‘nalishlari bilan ajralib turadigan bir nechta joylarni belgilab oldim.

Yangi yilga uyni bezatish: g‘oyalar, qo‘lda yasalgan va zamonaviy bezaklar

Muallif: Viktoriya Erofeeva

Keng assortimentli va uy-ro‘zg‘or uchun tovarlar

Assortiment xilma-xilligi haqida gapiradigan bo‘lsak, bu borada Home Market (Samarqand Darvoza savdo markazi) peshqadamdir. Narxlar diapazoni ham yetarlicha keng: ham arzon, ham qimmatroq narsalarni topish mumkin.

Yangi yilga uyni bezatish: g‘oyalar, qo‘lda yasalgan va zamonaviy bezaklar

Muallif: Viktoriya Erofeeva

150 sm dan baland archalarning narxi 1,2 million so‘mdan 7,5 million so‘mgacha, archa sharlarining to‘plamlari 50 000 dan 500 000 so‘mgacha, kichik archalar yoki tuvaklardagi kompozitsiyalar 50 mingdan 950 ming so‘mgacha, gulchambarlar esa 140 ming so‘mdan boshlanadi. Bundan tashqari, qorli sharchalar, yumshoq o‘yinchoqlar, turli xil chiroqlar va girlyandalar, sun’iy qor, qor parchalari, soch taroqlari, choyshab to‘plamlari, dasturxonlar, salfetkalar, paypoqlar va bolalar liboslari, shuningdek, boshqa yangi yil bezaklari va yaltiroq bezaklarni ham topish mumkin.

Yangi yilga uyni bezatish: g‘oyalar, qo‘lda yasalgan va zamonaviy bezaklarYangi yilga uyni bezatish: g‘oyalar, qo‘lda yasalgan va zamonaviy bezaklar

Muallif: Viktoriya Erofeeva

Mening nazarimda, bunday ko‘plikdagi narsalar odamni chalg‘itadi: hammasi ko‘z oldingda-yu, nimani tanlashni bilmaysan. Bundan tashqari, savdo markazida men uchun bayram kayfiyati yo‘qolib, xarid qilish jarayoni biroz zerikarli va kundalik ishga aylanib qoladi. Biroq bunday format barcha narsani bir joydan sotib olish uchun qulay: archa o‘yinchoqlaridan tortib, choyshab va dasturxon jihozlarigacha. Shuningdek, bu yerda Yangi yil mavzusiga aloqasi bo‘lmasa-da, bayramga asqatishi mumkin bo‘lgan uy uchun ko‘plab narsalar mavjud.

Yangi yilga uyni bezatish: g‘oyalar, qo‘lda yasalgan va zamonaviy bezaklar

Muallif: Viktoriya Erofeeva

Yangi yil uchun uy bezaklaridan ba’zilarini Zara Home’da ko‘rib chiqish mumkin, ammo tanlov uncha ko‘p emas: bir necha turdagi archa sharlari (donasi 80 000–100 000 so‘m), mayda bezaklar (90 000–600 000 so‘m), plitalar (1,2 million so‘m), sovg‘abop paypoqli qutichalar (119 000 so‘m). Shu bilan birga, ta’kidlash joizki, barcha narsalar juda chiroyli, didli va yuqori sifatli ko‘rinadi.

Yangi yilga uyni bezatish: g‘oyalar, qo‘lda yasalgan va zamonaviy bezaklarYangi yilga uyni bezatish: g‘oyalar, qo‘lda yasalgan va zamonaviy bezaklar

Muallif: Viktoriya Erofeeva

Home&you do‘konida ham uy uchun bayramona shinam jihozlar ko‘plab topiladi. Ular Home Market’ga qaraganda o‘ziga xosroq ko‘rinadi va narxi ham uncha farq qilmaydi. Bu yerda uyini shinam qilishni yaxshi ko‘radiganlar yoki yaqinda ko‘chib kelganlar uchun ajoyib sovg‘alar xarid qilish mumkin. Ko‘plab buyumlar allaqachon sovg‘a qutilarga joylashtirilgan.

Yangi yilga uyni bezatish: g‘oyalar, qo‘lda yasalgan va zamonaviy bezaklarYangi yilga uyni bezatish: g‘oyalar, qo‘lda yasalgan va zamonaviy bezaklar

Muallif: Viktoriya Erofeeva

Bu do‘konda bezaklar, archa o‘yinchoqlari va haykalchalar ham bor, lekin asosiy e’tibor uy-ro‘zg‘or buyumlariga qaratilgan. Bular: choyshab to‘plamlari (122 000 so‘mdan boshlab), sochiqlar (330 000 so‘m), fartuklar va qo‘lqoplar (130 000 so‘m), dasturxonlar (270 000 so‘m), shamlar, idish-tovoqlar (mavzuli piyolalar, likopchalar, konfet idishlar), uy shippaklari, xalatlar va paypoqlar, yumshoq o‘yinchoqlar.

Yangi yilga uyni bezatish: g‘oyalar, qo‘lda yasalgan va zamonaviy bezaklarYangi yilga uyni bezatish: g‘oyalar, qo‘lda yasalgan va zamonaviy bezaklar

Muallif: Viktoriya Erofeeva

Kiyimlar 

Kiyim-kechak haqida gapiradigan bo‘lsak, aynan shu yili ba’zi ommabop brendlar mavzuli kiyimlarni: pijamalar, sviterlar, paypoqlarni olib kelishni boshlaganiga e’tibor qaratdim. Bunday narsalarni LC Waikiki yoki DeFacto do‘konlaridan o‘zingiz uchun yoki yaqinlaringizga sovg‘a sifatida xarid qilishingiz mumkin. Narxlar quyidagicha: bir juft paypoq 30 000–40 000 so‘mdan, futbolka va pijamalar taxminan 150 000 so‘m atrofida, sviterlar 350 000 so‘m chamasi, uy shippaklar esa 150 000 so‘m atrofida turadi.

Yangi yilga uyni bezatish: g‘oyalar, qo‘lda yasalgan va zamonaviy bezaklarYangi yilga uyni bezatish: g‘oyalar, qo‘lda yasalgan va zamonaviy bezaklar

Muallif: Viktoriya Erofeeva

Atmosfera

Muhit va samimiylik jihatidan mening sevimli joylarim — GOODVEEN, Art House va Scandi. Bu makonlarda Yangi yil ostonadan boshlab his qilinadi. Bu yerda xonalar bezaklar bilan to‘lib-toshgani, bo‘sh joy kamligi, tinch bayram musiqasi yangrayotgani, chiroqchalar yonib turgani, o‘yinchoqlar ishlab turgani rol o‘ynaydi. Tovarlar esa shunchaki javonlarga terib qo‘yilmagan, balki turli joylarda o‘yinchoqlar, oshxona anjomlari yoki haykalchalardan turli kompozitsiyalar yaratilgan.

Mahsulotlarning xilma-xilligi, narx diapazoni va bayramonaligi bo‘yicha eng yorqini — Art House. Aslida u Home Market’ga o‘xshaydi, lekin biroz kichikroq va ancha uyg‘un. Bu yerda tovarlar kamday emas, ammo ular kamroq ommabop. Narxlarga kelsak, ba’zi tovarlar qimmatroq, masalan, archalarning eng arzonlari 3 million so‘mdan, miniatyura archalar 170 000 so‘mdan, ignabargli gulchambarlar esa 330 000 so‘mdan boshlanadi.

Yangi yilga uyni bezatish: g‘oyalar, qo‘lda yasalgan va zamonaviy bezaklar

Muallif: Viktoriya Erofeeva

Archa sharlarining narxida esa katta farq yo‘q: donasi 55 000 dan 160 000 so‘mgacha, to‘plamlari esa 50 000 dan 520 000 so‘mgacha turadi. Mening oddiy nigohimda, bu yerdagi archalar Home Market'dagiga qaraganda chiroyliroq, xilma-xilroq va o‘ziga xosroq, ular tabiiyroq ko‘rinadi. Bu yerda turli xil idish-tovoqlar va uy-ro‘zg‘or buyumlari mavjud, biroq yangi yil mavzusidagi bunday narsalar uncha ko‘p emas: bir nechta turdagi likopchalar, shirinliklar uchun idishlar va oshxona anjomlari xolos.

Yangi yilga uyni bezatish: g‘oyalar, qo‘lda yasalgan va zamonaviy bezaklar

Muallif: Viktoriya Erofeeva

Scandi do‘koni menga shu jihati bilan yoqdiki, uning tokchalarida turli xil va zamonaviy mavzudagi haykalchalar hamda kompozitsiyalarni ko‘rish mumkin: chinni qorli uychalar, shisha sharlar, yog‘och fonarlar, Santa Klaus ustaxonalari va ertaksimon karusellar.

Yangi yilga uyni bezatish: g‘oyalar, qo‘lda yasalgan va zamonaviy bezaklarYangi yilga uyni bezatish: g‘oyalar, qo‘lda yasalgan va zamonaviy bezaklar

Muallif: Viktoriya Erofeeva

O‘zingizni bir oz boladay his qilasiz: hamma narsani qaltiroq qo‘llaringiz bilan ushlash, sindirib qo‘ymaslik uchun ehtiyotkorlik bilan tekshirish, to‘xtab karusel ohangini tinglash, Santaning archa uchiga qanday chiqishini kuzatish istagi paydo bo‘ladi.

Yangi yilga uyni bezatish: g‘oyalar, qo‘lda yasalgan va zamonaviy bezaklarYangi yilga uyni bezatish: g‘oyalar, qo‘lda yasalgan va zamonaviy bezaklar

Muallif: Viktoriya Erofeeva

Bu yerda mahsulotlar tanlovi uncha katta bo‘lmasa-da, mavjud narsalarning barchasi e’tiborni tortadi. Bu yerda didsiz buyumlar yo‘q, shuning uchun shunchaki tomosha qiling va ko‘nglingizga yoqqanini tanlang. Bunday bezaklarning narxi 250 000 dan 800 000 so‘mgacha. Archa sharlari va boshqa archa o‘yinchoqlarni donasi 50 000–100 000 so‘mdan, to‘plamlari esa 65 000 dan 320 000 so‘mgacha. Scandi’ning kamchiligi shundaki, hozircha faqat bitta 2,7 million so‘mlik archa va ignabargli kompozitsiyalarning kichik tanlovi sotuvda mavjud.

Yangi yilga uyni bezatish: g‘oyalar, qo‘lda yasalgan va zamonaviy bezaklar

Muallif: Viktoriya Erofeeva

Nodir tovarlar va mualliflik asarlari 

Mening fikrimcha, Toshkentdagi eng sehrli va g‘ayrioddiy Yangi yil bezaklari sotiladigan joy — bu GOODVEEN o‘simliklar ustaxonasi. Uning o‘ziga xosligi shundaki, u boshqa do‘konlarda topib bo‘lmaydigan noyob mahsulotlarni taklif etadi. GOODVEEN barcha narsalarni Yevropadan olib keladi va uning assortimentida qo‘lda yasalgan bezaklar hamda o‘yinchoqlar mavjud.

Yangi yilga uyni bezatish: g‘oyalar, qo‘lda yasalgan va zamonaviy bezaklar

Muallif: Viktoriya Erofeeva

GOODVEEN’dagi archalar yirik — 1,8 metrdan 4 metrgacha bo‘lib, juda sifatli va tabiiy archalarga maksimal darajada o‘xshaydi. Bunday zavq 12 million so‘mdan boshlanadi. O‘yinchoqlar xilma-xil: oddiyroqlari 45 000 so‘mdan boshlanadi. 300 000–500 000 so‘mlik mahsulotlar ham mavjud. Qo‘lda naqshlangan va bezatilgan noyob sharlar esa 1 donasi 800 000 so‘mdan 1,6 million so‘mgacha turadi. O‘yinchoqlar orasida menga ipak, marvarid va toshdan yasalgan qo‘ng‘izlar ko‘proq yoqdi. Ular go‘yo Toshkentga Venetsiya karnavalidan uchib kelgandek. Ularning narxi 1,5 million so‘mga yaqin. Gotik uslubidagi shamdonlar va munchoqli gulchambarlar kabi g‘ayrioddiy bezaklar ham bor. Narxi 150 000 dan 600 000 so‘mgacha bo‘lgan yumshoq o‘yinchoq ilonlar ko‘p. Dekabr oyining 20-kunlarida ular kichik tirik archalar va turli xil ignabargli kompozitsiyalarni sotuvga chiqaradi.

Yangi yilga uyni bezatish: g‘oyalar, qo‘lda yasalgan va zamonaviy bezaklar

Muallif: Viktoriya Erofeeva

GOODVEEN, shuningdek, archalarni bezash, xonalarni jihozlash va kompozitsiyalarni yig‘ish bo‘yicha xizmatlarni ham taklif etadi. Bu yerga noyob asarlar, Yevropa uslubi, ajoyib muhit va individual yondashuv izlab borish lozim.

Agar sizga mualliflik ishlari yoqsa-yu, ammo yevropacha hashamat uchun mablag‘ingiz yetmasa, mahalliy ustalardan munosib buyumlarni topishingiz mumkin. Samarqand Darvoza savdo markazining 2- va 3-qavatlarida «Sogdiana» kompaniyasi qo‘li ostidagi hunarmandlar o‘z mahsulotlarini sotmoqda. Bu yerda siz dekupaj texnikasida bezatilgan, qo‘lda ishlangan yoki munchoq bilan tikilgan archa o‘yinchoqlarini, to‘qilgan ilonchalarni va fonarlarni xarid qilishingiz mumkin. Ba’zi sharlarning naqshlarida milliy gullar mavjud bo‘lib, ular chiroyli sovg‘a qutilariga joylangan. Bitta bunday shar 120 000 dan 370 000 so‘mgacha, to‘plami esa 300 000 dan 1 million so‘mgacha turishi mumkin.

Yangi yilga uyni bezatish: g‘oyalar, qo‘lda yasalgan va zamonaviy bezaklar

Muallif: Viktoriya Erofeeva

Agar siz qo‘l mehnati mahsulotlarini yoqtirsangiz va mahalliy hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlashni istasangiz, bu yerga tashrif buyuring. Ustalar o‘z buyumlari haqida juda ta’sirli so‘zlab beradilar va ularni yaratish usulini tushuntiradilar. Ba’zi ishlarni uzsogda.com saytida ko‘rishingiz va sotib olishingiz mumkin.

Yangi yilga uyni bezatish: g‘oyalar, qo‘lda yasalgan va zamonaviy bezaklar

Muallif: Viktoriya Erofeeva

Ko‘rinib turibdiki, Yangi yil oldidan barcha xaridlar uchun ko‘p mablag‘ sarflanishi mumkin. Bayram arafasida ajoyib moliyaviy yordam sifatida AVO platinum kredit kartasidan foydalanish mumkin. U orqali 50 million so‘mgacha kredit olish imkoniyati mavjud bo‘lib, agar mablag‘lar 45 kungacha bo‘lgan imtiyozli davr ichida qaytarilsa, foizlar to‘lash shart emas.

Yangi yil bezaklari uchun pul kerakmi?

Hoziroq AVO'dan 50 mln so'mgacha kredit limitini oling

Buyurtma qilish

Byudjet cheklangan bo‘lsa 

Umidsizlanishning hojati yo‘q. Bugungi kunda do‘konlar va marketpleyslar har kimning didiga mos keladigan tovarlarning keng tanlovini taklif etmoqda.

Yangi yilga uyni bezatish: g‘oyalar, qo‘lda yasalgan va zamonaviy bezaklar

Muallif: Viktoriya Erofeeva

Uzum Market’da har xil o‘lcham va sifatdagi archalarning katta tanlovi mavjud bo‘lib, ularning narxi 150 000 so‘mdan 10 million so‘mgacha. Men uchun archani onlayn tanlash unchalik qulay emas, chunki mahsulotning sifati va ko‘rinishini darhol baholashni istayman. Shuning uchun, fikrimcha, agar arzon narxda xarid qilish kerak bo‘lsa, Uzum Market juda mos keladi. Ammo byudjetingiz 1 milliondan ortiq bo‘lsa, Home Market yoki firma do‘konlariga tashrif buyurgan ma’qul. Marketpleysda sharlar to‘plami ham mavjud. Ular arzon, lekin aksariyati bir xil. Yoqimli va o‘ziga xos narsalarni topish mumkin, ammo buning uchun bo‘limda uzoq vaqt qidirishga to‘g‘ri keladi.

Yangi yilga uyni bezatish: g‘oyalar, qo‘lda yasalgan va zamonaviy bezaklar

Muallif: Viktoriya Erofeeva

Uzum Market’da hozir «Yangi yil aksessuarlari», «Yangi yil karnavali», «Paypoqlar», «Ignabargli bezaklar» kabi bir nechta bo‘sh toifalar mavjud. Ehtimol, ular biroz keyinroq to‘ldirilishi mumkin.

Albatta, bozorlar ham bor, lekin bu yil ular haqida hech narsa ayta olmayman, chunki bormadim va bormoqchi ham emasman. Oxirgi marta yangi yil mollari uchun 2 yil oldin Parkent bozoriga borgan edim. O‘shanda balandligi 1 metrga yaqin archani taxminan 150 mingga, bir necha to‘plam archa sharlari, yaltiroq, qor parchalari va girlyandalarni sotib olganman. O‘sha paytda taxminan 300 000 so‘m sarflaganman. Hozir bozorlarga borish men uchun charchatadigan va noqulay.

Yangi yilga uyni bezatish: g‘oyalar, qo‘lda yasalgan va zamonaviy bezaklar

Muallif: Viktoriya Erofeeva

Bu yil men Wildberries, AliExpress, Temu kabi xorijiy marketpleyslarni ham ko‘rib chiqmadim, chunki vaqt juda oz qoldi va buyurtma Yangi yilgacha yetib kelishiga shubha qilaman. Ammo xaridlarni ertaroq boshlasangiz, u yerda maqbul narxlarda turli xil narsalarni sotib olish mumkin. Ehtimol, kelasi yili shunday qilarman.

Narxlarning taqqosiy jadvali

Mahsulot/Do‘kon
GOODVEEN
Scandi
Home Market
Magnum
Uzum Market
Archa
12 mln dan boshlab
2,7 mln
1,2–7,5 mln
350 000
150 000–10 mln
Kichkina archalar
-
23 000
50 000–950 000
-
30 000–320 000
Sharlar va boshqa archa bezaklari (dona)
45 000–1,6 mln
50 000–110 000
75 000–160 000
-
20 000–95 000
Sharlar to‘plami
-
65 000–320 000
50 000–500 000
25 000–115 000
20 000–950 000
Gulchambarlar, ignabargli novdalar va girlyandalar
-
200 000–300 000
140 000–350 000
-
50 000–770 000
Turli xil bezaklar (girlyandalar va hokazo)
50 000 dan boshlab
50 000 dan boshlab
7 000 dan boshlab
12 000 dan boshlab
7 000 dan boshlab

Bayramni yarating!

Bayram bezaklarida tejash va o‘zingiz uchun yangi narsalarni sinab ko‘rishning yana bir usuli — bu improvizatsiya qilish va qo‘l mehnati bilan shug‘ullanishdir. Internetda Yangi yil o‘yinchoqlari, shamlar yasash, sharlarni bezatish, xonalarni bezash bo‘yicha ko‘plab qo‘llanmalar mavjud. Uyni bir nechta kichik archalar yoki novdalar bilan bezatish, attorlik do‘konidan rang-barang lentalar, munchoqlar, yaltiroq toshlar va boshqa bezak buyumlarni, onlayn bozordan shamlar uchun materiallarni, badiiy do‘kondan bo‘yoqlarni sotib olish mumkin. Bunday jihozlar va internet yordamida o‘z qo‘lingiz bilan bayram yaratishingiz mumkin.

Uyingizni qanday bezashingizdan qat’i nazar — firma do‘konidan qimmatbaho yevropacha bezaklar, bozordan ko‘plab bezaklar, hunarmandlardan mualliflik o‘yinchoqlarini xarid qiling yoki o‘z qo‘lingiz bilan yasang — muhimi, bu jarayon sizga zavq berishi va Yangi yil kayfiyatini taqdim etishi kerak. Asosiysi, jarayon sizga zavq olib kelishi va Yangi yil tuyg‘usini taqdim etishi kerak ✨

*Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz.

*Maqolada tashqi resurslarga havolalar keltirilgan. AVO bank tashqi resurslardagi ma'lumotlar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

*Maqoladagi fikr — muharrirning shaxsiy fikri bo'lib, u AVO bank pozitsiyasini ko'rsatmaydi. Bank ma'lumotlar to'g'riligi va undan foydalanish oqibatlari uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

*Narxlar taxminiy va faqat nashr etilgan vaqtdagina amal qiladi.

💸 Pul
21.12.2024
15 daqiqa
Viktoriya Yerofeyeva
Maqola muharriri
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fikr-mulohazalar
AVO gapBankomatlar

UZ

+998 (78) 888-78-87
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
Qarzdorlikni so'ndirish
Bank haqida
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 21/10/2025

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Yangiliklar • 21.10

    AVO platinum tariflaridagi o‘zgarishlar

    AVO press-markazi

  • Bosh sahifa • 21.10

    O‘zbekistonda qanday qilib styuardessa bo‘lish mumkin? Osmon sari karyera zinapoyasi

    Nina Cherednikova

  • Bosh sahifa • 19.10

    O‘zbekistonda yosh oila qanday qilib uy sotib olishi mumkin?

    Yuna Korostelyova

  • Bosh sahifa • 17.10

    🍵 Uyda kuzgi shifobaxsh choylar damlaymiz 

    Kamilla

  • Bosh sahifa • 15.10

    Firibgarlar siz kutmagan yerdan chiqadi: aldanib qolishingiz mumkin bo‘lgan sohalar

    Nina Cherednikova

  • Yangiliklar • 14.10

    AVO sayohat finali 🎉

    Аvoboy


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

32