• AVO

  • AVO gap

  • Yangi yilga sovg'alar: yaqinlaringiz uchun qaysi gadjetni tanlagan yaxshiroq?

Yangi yilga sovg'alar: yaqinlaringiz uchun qaysi gadjetni tanlagan yaxshiroq?

Men yaqinlarimni bayramlarda sovg'alar bilan xursand qilishni yaxshi ko'raman. Lekin, to'g'risini aytganda, sovg'a tanlash jarayoni ba'zan haqiqiy sinovga aylanadi. Bu vazifani yengillashtirish uchun men ajoyib gadjetlarni o'z ichiga olgan kichik to'plam tayyorladim. Ular Yangi yil sovg'asi uchun ajoyib variant bo'lib, hamyoningizga ham zarar yetkazmaydi.

Simsiz quvvatlachli PowerBank

Bu qurilma — haqiqiy topilma! Uning egasi har qanday vaziyatda: safarda bo‘ladimi yoki divanda o‘tirib dam oladimi, doim aloqada qoladi. Telefonni quvvatlash uchun endi USB-kabelni qidirish yoki issiq joyingizdan turish shart emas. Eng muhimi, powerbank sotib olishdan oldin smartfon shunday funksiyani qo‘llab-quvvatlashini tekshiring.

Uzum Market'da narxi — 109 000 so'm

3D kristal sharchali tungi chiroq

Bu hozit eng trendbop sovg'alardan bo'lib, bir qarashdayoq o'ziga maftun qiladi! Uch o'lchovli dizaynga ega kristal sharcha interyerda zamonaviy aksent bo'ladi. Bunday tungi chiroq qulay muhit yaratadi va ichki yoritish tufayli ko'plab funksiyalarni bajaradi. Bu do‘stingiz, hamkasbingiz yoki o‘zingiz uchun ideal sovg'a bo'ladi.

Uzum Market'da narxi — 49 000 so'm

Qaynatgichli stakan

Sovg'a egasiga quvonch ulashuvchi iliq va mehrli sovg'a. Issiq choy yoki qahva doim tayyor turadi. Bundan tashqari, ha degan qaynoq suv izlab yurmaysiz.

OLX'da narxi — 120 000 so'm

Portativ blenderli shisha idish

Yangi siqilgan sharbat yoki kokteyllarni yoqtirasizmi? Ushbu mini-gadjet ularni istalgan joyda — uyda ham, yo'lda ham tayyorlash imkonini beradi. Hammasi oddiy: aralashtirasiz, qopqog‘ini yopasiz va zavqlanasiz!

Uzum Market'da narxi — 170 000 so'm

Yaqinlaringizga quvonch ulashing 🎁

AVO platinum kartasi bilan hozir sotib unumli narxda sotib oling, pulini esa keyin to'lang

Buyurtma qilish

Bagaj va buyumlar uchun treker

Sayohatni yaxshi ko‘radiganlar yoki tez-tez narsalarini yo‘qotadiganlar uchun bu haqiqiy yechim! Ushbu treker bagajni real vaqt rejimida kuzatib borishga yoki yo‘qolgan velosipedingizni topishga yordam beradi.

AliExpress'da narxi — 61 650 so'm

Aqlli lampochka

Agar uyda hali aqlli uy tizimi mavjud bo'lmasada, bunday sovg‘a hammaga mos keladi. Ilova orqali boshqarish, turli ranglar tanlovi, vaqt va quvvat tejamkorligi — har jabhada foyda!

Temu'da narxi — 56 000 so'm

Xiaomi Smart Band 9

Har qanday bayram uchun universal sovg‘a! Chiroyli dizayn, katta ekran, uzoq vaqtga yetadigan quvvat, mashg‘ulotlarda rivojlanishni kuzatish va boshqa ko'plab funksiyalarga ega.

Ozon'da narxi — 451 000 so‘mdan boshlanadi

Havo tozalagich

Bu gadjet — g‘amxo‘rlik va mehr ko‘rsatishning belgisi. Toshkent havosi sharoitida uyda havo tozalagich nafaqat foydali narsa, balki haqiqiy zaruratdir. Xiaomi’ning asosiy modellari kichik xonalar uchun mos keladi.

AliExpress'da narxi — 266 000 so‘mdan boshlanadi

Yaqinlaringiz uchun sovg‘a xarid qilish bu nafaqat quvonch, balki byudjet haqida g‘amxo‘rlik hamdir. Xarid jarayonini yanada qulay qilish uchun AVO platinum premium kartasidan foydalaning. Karta yordamida istagan gadjetingizni, hatto hisobingizda mablag‘ yetarli bo‘lmasa ham xarid qilishingiz mumkin. Qarzni 45 kungacha bo'lgan imtiyozli davr ichida foizlarsiz qaytarish imkoniyati esa siz uchun ajoyib yechimdir!

Mehr ulashing va bayramning yoqimli lahzalaridan zavqlaning 😊

*Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz.

*Maqoladagi fikr — muharrirning shaxsiy fikri bo'lib, u AVO bank pozitsiyasini ko'rsatmaydi. Bank ma'lumotlar to'g'riligi va undan foydalanish oqibatlari uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

*Maqolada tashqi resurslarga havolalar keltirilgan. AVO bank tashqi resurslardagi ma'lumotlar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

*Narxlar taxminiy va faqat nashr etilgan vaqtdagina amal qiladi.

Layfstayl
11.12.2024
8 daqiqa
Nikita Davidov
Maqola muharriri
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari sizning smartfoningizda

Saytdan foydalanishni yanada qulayroq qilish uchun cookie-fayllaridan foydalanamiz. Batafsil ma’lumot maxfiylik siyosatimizda

+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fikr-mulohazalar
AVO gapBankomatlar

UZ

+998 (78) 888-78-87
Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
Qarzdorlikni so'ndirish
Bank haqida
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2025, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Ko'proq maqolalar
  • Bosh sahifa • 07.09

    Vaqt va pul tejashning yana bir yo‘li: aerogrilda tayyorlanadigan 1 kunlik taomnoma

    Nasiba Kamilova

  • Bosh sahifa • 03.09

    Hayp yoki haqiqat: moliyaviy blogerlarga ishonsa bo‘ladimi 

    Imana Irmanova

  • Bosh sahifa • 01.09

    Dunyoda fintex qayerga harakatlanyapti: SI, texnologiyalar va raqamli etika 

    Mariya Levina

  • Bosh sahifa • 29.08

    Toshkentda O‘RVI bilan kasallanish qanchaga tushadi

    S.Aydin

  • Bosh sahifa • 27.08

    Ta’tildan keyin byudjetni qanday tiklash mumkin: shaxsiy tajribam

    S.Aydin

  • Yangiliklar • 26.08

    Firibgarlar haqidagi mini-serialning ikkinchi mavsumini boshladik

    AVO press-markazi


Blogdagi maqolalarBarcha maqolalar

331