• AVO

  • AVO gap

  • AVO bank to‘lov stikerlarini taqdim etdi

AVO bank to‘lov stikerlarini taqdim etdi

AVO to‘lovlarning qulayligi va xavfsizligini ta’minlaydigan yangi formatdagi to‘lov stikerini birinchilardan bo‘lib bozorga taqdim etdi.

AVO to‘lov stikeri o‘zi nima?

To‘lov stikeri — terminalga shunchaki tekkizish orqali xaridlarni amalga oshirish imkonini beruvchi ixcham vosita. U doimo yoningizda bo‘lishi uchun telefoningizning orqa qismiga yoki boshqa narsaga yopishtirish mumkin. Bu mahsulotning qulayligi va xavfsizligi xaridlarni yanada tezkor va qulay qilishga yordam beradi.

Stikerni qanday buyurtma qilsa bo‘ladi?

Stikerni AVO ilovasi orqali buyurtma qilish mumkin. «Mahsulotlar» bo‘limiga kiring, so‘ng «Hisoblar» qismiga o‘ting va «To‘lov stikeriga buyurtma berish» tugmasini tanlang. Endi siz O‘zbekistonda bu yangi moliyaviy yechimdan ilk foydalanayotgan insonlar qatoridasiz!

Stikerni bir zumda qo‘lga kiritish

Stikerni quyidagi manzildagi kartomatdan olish mumkin: Toshkent sh., Bunyodkor ko‘ch., 52-uy (Magnum gipermarketi, Integro savdo markazi). Qurilmada «Stikerni hoziroq olish» tugmasini bosing va ilova yordamida ekrandagi QR kodni skanerlang. Kartomat stikeringizni chiqarishini kuting — bu bor-yo’g’i bir necha soniya vaqt oladi.

Foydalanish osonligi

Himoya qatlamini olib tashlang va smartfon yoki har doim o‘zingiz bilan olib yuradigan boshqa buyumga stikerni yopishtiring. Terminal mavjud bo‘lgan har qanday joyda: do‘kon, kafe, metro va sevimli restoranlarda stiker bilan to‘lang. Stikerni terminalga tekkizing va signalni kuting — to‘lov amalga oshdi!

Xavfsizlik nazorat ostida

Stiker raqami, amal qilish muddati va CVC — barcha ma’lumotlar AVO ilovasida saqlanadi. Ilova orqali stikerga PIN-kod o‘rnatish, shuningdek, yo‘qolgan yoki boshqa holatlarda uni bloklash mumkin.

Nega AVO to‘lov stikerini tanlash kerak?

To‘lov stikeridan kredit karta yoki oddiy debet karta sifatida foydalanish mumkin. Ham kredit limitidan, ham shaxsiy mablag‘lardan foydalanish imkoniyati O‘zbekistonda naqd pulsiz texnologiyalardan foydalanishda yangi davrni boshlab beradi. U moliyaviy vositalarda qulaylik, tezkorlik va xavfsizlikni qadrlaydigan insonlar uchun yaratilgan. Vaziyatdan qat’i nazar, to‘lov stikeringiz doimo qo‘lingizda, operatsiyalar esa tez va ishonchli tarzda amalga oshiriladi.

Yangi avlod innovatsiyalari va qulayliklarini birinchi bo‘lib baholang!

20.11.2024
5 daqiqa
AVO bank press-markazi
Yangililklar muharriri

Bosh sahifa

Moliya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
AVO gapBankomatlar

UZ

  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Bank haqida
+998 (78) 888-78-87
+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Bank haqida

Internet-banking
  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • To'lov stikeri
    • Mikroqarz
    • AVO omonati
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2026,«AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 14/03/2026

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.